Natija: Ali – 4 ball, Vali – 3 ball, Soli – 5 ball.
2-Misol. Ali aytdi “Xalil 3 balldan past baho oldi”. Vali ayti “Xalil 4 balldan past baho oldi ”. Soli aytdi “Xalil 5 balldan past baho oldi”. Faqat bittasi yolg‘on bo‘lsa Xalil necha baho oldi.
Yechish.
Ali olgan baho Vali olgan baho Soli olgan baho
Xalil 3 ball past ball olgan Xalil 4 ball past ball olgan Xalil 5 ball past ball olgan
Xalil 3 ball past ball olgan Xalil 4 ball past ball olgan Xalil 5 ball past ball olgan
Xalil 3 ball past ball olgan Xalil 4 ball past ball olgan Xalil 5 ball past ball olgan
Birinchi holda Alini mulohazasini yolg‘on, qolganlarini rost deb qaraymiz. Ali aytdi “Xalil 3 balldan past baho oldi” mulohazasi yolg‘on, demak u 3 ball olgan. Vali ayti “Xalil 4 balldan past baho oldi ” va Soli aytdi “Xalil 5 balldan past baho oldi” mulohazalar rostligi ma’lum bo‘lsa, Xalil 3 ball olgan bo‘ladi.
Natija: Xalil 3 ball olgan.
Mustaqil yechish uchun misollar:
1. Ali, Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi: 3 yoki 4 yoki 5. Quyidagi mulohazalarning faqat bittasi rostligi ma’lum: “Ali 5 ball olmagan”, “Vali 4 ball olmagan”, “Soli 4 ball olgan”. O‘quvchilar olgan ballarni aniqlang.
2. Ali, Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi: 3 yoki 4 yoki 5. Quyidagi mulohazalarning faqat bittasi yolg‘onligi ma’lum: “Ali 5 ball olmagan”, “Vali 4 ball olmagan”, “Soli 4 ball olgan”. Agar Ali 4 ball olmagani ma’lum bo‘lsa, u holda o‘quvchilar olgan ballarni aniqlang.
3. Ali Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi: 3 yoki 4 yoki 5. Quydagi mulohazalardan faqat bittasi yolg‘on bo‘lsa: “Ali 3 ball olgan”, “Vali 4 ball olgan”, “Soli 5 ball olmagan”. Agar Ali 4 ball olmagani ma’lum bo‘lsa, u holda o‘quvchilar olgan ballarni aniqlang.
4. Ali aytdi “Xalil 3 balldan past baho olmadi”. Vali ayti “Xalil 4 balldan past baho oldi ”. Soli aytdi “Xalil 5 balldan past baho oldi”. Faqat bittasi yolg‘on bo‘lsa Xalil necha baho oldi.
5. Ali aytdi “Xalil 3 balldan past baho oldi”. Vali ayti “Xalil 4 balldan past baho oldi ”. Soli aytdi “Xalil 5 balldan past baho oldi”. Faqat bittasi rost bo‘lsa Xalil necha baho oldi.
Mulohazalar ustida amallar bajarishga doir misollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |