S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
- Bu sahifa navigatsiya:
- Argaz kanalari (A rgasidae)
Hvalomma plumbeum gavdasi birmuncha katta bo'ladi, ikki xo'jayinli kana.
Urg'ochilari 10-16 mingtagacha tuxum qo'yadi. Kananing imagolari qoramol, ot, eshak, qo'y , echki, buyvol, cho'chqa, it, tovuq va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Lichinka va nimfalari har xil yovvoyi parrandalar, quyon, tipratikan, b a ’zan qoramollar va otlarning qonini so'radi. Bu tur kanalar Shimoliy Kavkaz, Qrim, Markaziy Osiyo respublikalarining dasht va chala dasht mintaqalaridagi butazor o'n n o n larid a keng tarqalgan. Jinsiy voyaga yetgan kanalar qoramollarga teylerioz, otlarga nutallioz va piroplazmoz qo'zg'atuvchilarini yuqtiradi. Argaz kanalari (A rgasidae) oilasining deyarli ham ma vakillari parazitlik bi lan hayot kechiradi. Argaz kanalarining tanasi yumshoq va cho'ziluvchan. Ular- ning dorzal va ventral qalqonlari bo'lmaydi. Tanasining yumshoqligi kananing tezda tortilib kichrayishi yoki katta bo'lishiga imkon beradi. Och kanalarning ta nasi yassi. oval yoki ellips shaklida. Tanasining eldingi tomoni ancha tor va uchli bo'lib, orqa tomoni yoysimon kengaygan. Ko'zlari yo'q. Imago va nimfalarida 4 juft oyoqlari bor. Argaz kanalarida jinsiy dimorfizm unchalik sezilmaydi. Erkak- lari urg'ochilaridan birmuncha kichikroq. Bu kanalar molxona devorlarining yoriqlarida, y a ’ni berk joyiarda yashashi bilan iksod kanalardan ajralib turadi. Odam, turli sutemizuvchilar va qushlarga tashlanib, 2 -5 daqiqa qon so'radi. Ular 1000 tagacha tuxum qo'yadi. Bir oy o'tgach, tuxum- laridan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar faol oziqlanadi va nimfaga aylanadi. A r gaz kanalarda nimfa 3-5 marta tullab, imagoga aylanadi. Argaz kanalari 20-25 yil yashab, 10-1 i yil ochlikka chidashi mumkin. Argaz kanalari ektoparazitlikdan tashqari odam va hayvonlarga har xil o g 'ir kasallikiarni ham yuqtiradi. Argaz kanalarining eng muhim turlariga persid kana si (Argas persicus) va omitodorus (Ornithodorus papillipes) kanasi kiradi. Persid kanasi, asosan, tovuqlar tanasida parazitlik qiladi, ayrim hollarda esa o'rdak, g'oz, ot, qoramol, cho'chqa va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Download 6.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling