S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

va boshqalar) hisoblanadi. Shistosomalar qon parazitlari bo'lib, odam va hayvon­
iarda ichak, jigar va siydik pufaklarining qon tomirlarida yashaydi. Asosan issiq 
iqlimli mamlakatlarda, ya'ni Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. 
Ular ayrim jinsliligi bilan boshqa so'rg'ichlilardan farq qiladi. Erkagining tanasi 
ancha y o 'g 'o n , 10-15 mm uzunlikda bo'ladi, ularning qorin tom onida maxsus tar- 
novsimon chuqurchasi bo'lib, unga uzun (20 mm dan ortiq) va ingichka urg'ochisini 
joylashtirib birga yashaydi. Bularning so'rg'ichlari kuchsiz rivojlangan yoki butun- 
lay bo'lm aydi.
Shistosomalar odamning qorin b o 'shlig'idagi yirik vena qon tomirlarida, 
shuningdek, buyrak, qovuq venalarida yashaydi. Shistosomalar, y a ’ni qon ikki 
so'rg'ichlilari biogelmintlar bo'lib, ularning rivojlanishida oraliq xo'jayin sifatida 
planorbis uru g 'ig a mansub molluskalar qatnashadi (2 1 -rasm).
U rg'ochi chuvalchang odam qon tomiri devorini yemirib, qovuq devorining 
biriktiruvchi to'qim asiga tuxum qo'yadi. Buning natijasida qovuq yallig'lanadi va 
kasallanadi. Miratsidiy lichinkasi bo'lg an tuxumlari ichak va siydik pufagi devor- 
larini teshib, uning bo'shlig'iga, undan xo'jayin axlati va siydigi orqali tashqariga 
chiqadi. Suvga tushgan tuxumlardan miratsidiy chiqib, oraliq xo'jayini - qorinoyoq- 
li molluskalar tanasiga kirib oladi. Shundan s o 'n g molluskalar jigarida dastlab ona
60


sporotsistalar, keyin qiz sporotsistalar, rediyalar va oxiri esa dumlari ayrisimon ha- 
rakatchan serkariylar hosil bo'ladi.
M olluska organizmida bitta miratsidiydan 200 mingtagacha serkariylar ye- 
tishadi.
21-rasm . S histosom atoz q o ‘z g ‘a- 
tuvchilari (S ch istosom a in anson i m i- 
solida) ning h ayot sikli:
a -a s o siy x o 'ja y in ; l a - u r g ‘o c h i v a
e rk a k p a ra z itla rn in g k o p u ly a ts iy a s i; 1 b- 
Sh. m a n s o n in in g tu x u m i; 2 -m ira ts id iy ; 
b -riv o jla n is h sik li n a m u n a s i; 3 -P la n o r- 
b is u r u g 'ig a m a n s u b m o llu s k a ; 3 a -b i- 
rin c h i y o sh d a g i s p o ro tsista ; 3 b -ik k in c h i 
y o s h d a g i sp o ro tsista ; 4 -s e rk a riy .
b
Serkariy asosiy xo'jayinga, y a ’ni odamga cho'milish paytida yoki serkariylar 
mavjud bo'lgan botqoqliklarda ishlayotganda (sholipoyada) serkariylar stileti yor- 
damida xo'jayini terisini teshib, qon aylathsh sistemasiga o'tadi va butun organizm 
bo'ylab migratsiyalanadi. Parazit 4 3 -5 5 kundan keyin jinsiy voyaga yetib, tuxum 
q o 'y a boshlaydi. Shistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz deyi- 
ladi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining m a ’lumotlariga qaraganda, yer yuzida 
700 mln. dan ortiq odam shistosomoz kasalligidan azob chekadi.
Odamlarda, asosan Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobium, Schisto­
soma japonicum turlari ko'proq parazitlik qiladi. Braziliyada shistosoma mansoni 
turi bilan 4 mln. dan ortiq kishi, Misr 
va 
boshqa arab mamlakatlarida Shistosoma 
gcmatoibium tu n 
b i la n
16 mln. kishi kasallangan. Braziliyada 5 0 -7 0 % aholi ichak 
shistosomczi biian kasallangan. Misrda b a’zi qishloqlarda aholining 60 -95 % 
u s h b u
kasallik 
bilan 
zararlangan. Shistosomalar bemoriar tanasida 5 -1 0 yilgacha 
p a r a zi t l i k qiladi.
Shistosomalar odamlarning qovuq, buyiak va siydik nayining devorini jaro- 
hatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi. Zararlangan organlarning
61


yallig‘lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlaming to'planishi tufayli 
qovuqda tosh hosil b o iis h ig a olib kelishi mumkin. Bu parazitlar bilan kasallan­
gan odamlarga ambilgar, antiomalin, miratsil-D, ginanton, metrifonat kabi dorilar 
q o ‘llaniladi. Chorva mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari qon 
tomirlarida parazitlik qiladigan qon ikki so'rg'ichlilardan yana biri Oriyentobilgar- 
siyadir (Orientobilharzia turkestanica, 22-rasm).

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling