S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Baliqlarda parazitlik qiladigan monogenetik so ‘rgkichlilar vakillarini


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

6. Baliqlarda parazitlik qiladigan monogenetik so ‘rgkichlilar vakillarini 
ko‘rsating.
A. Baqa k o ‘p s o ‘rg ‘ichlisi
B. Girodaktilus
D. Amfilina
E. Daktilogirus
F. Pakana gijja
G. Nitsha
7. Parazit chuvalchanglarni ularning oraliq xo4javir.lari bilan juft- 
lab koTsating. A. Jigar qurti, B. Mushuk ikki so‘rg‘ichlisi, E>. Qon ikki 
so‘rg‘ichlisi.
1. Ayrim chuchuk suv qorinoyoqli molluskalari
2. Chuchuk suv shillig'i
3. Bitiniya va baliqlar
8. Yassi chuvalchanglar sinflari va ularning vakillarini juftlab k obrsating.
A. S o ‘rg‘ichlilar, B. Nematodalar, D. Qilchuvalchanglar, E. Tasmasimon chu­
valchanglar, F. Sestodasimonlar, G. Zuluklar, H. Monogenetik so‘rg‘ichlilar.
1. Askarida, rishta
2. Exinokokk, pakana gijja
3. Amfilina, girokotilid,
4. Qon ikki so 'rg ic h lisi, prostogonimus
5. C h o'chqa tasmasimoni, bankroft ipchasi
6
. Trixina, jigar qurti
7. Qum chuvalchangi, moniyeziya
8
. Daktilogirus, girodaktilus
9. S o ‘rgkichlilar sinlining qaysi vakillari ayrim jinsli?
A. M ushuk ikki so ‘r g ‘ichlisi
B. Jigar qurti
D. Lansetsimon ikki s o 'r g ‘ichlisi
E. Qon ikki so'rg'ichlisi
F. O 'p k a s o ‘i g ‘ichlisi
69


TASMASIMON CHUVALCHANGLAR (CESTODA) VA 
SESTODASIMONLAR (CESTODARIA) SINFLARI
Tasmasimon chuvalchanglarning о 'ziga xos tuzilish belgilari. Odam va hay­
vonlarda parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglarning hayot sikllari. 
Tasmasimon chuvalchanglar vakillarining odam va mahsuldor hayvonlarda 
qo ‘zg ‘atadigan kasalliklari. Sestodasimonlar sinfi vakillarining tuzilishi, ко ‘payishi 
va zararlari.
T A S M A S IM O N C H U V A L C H A N G L A R (CESTODA^ sinfi vakillarining 
morfologiyasi va biologiyasini o ‘rganishda shveysariyalik zoolog O. Furman o 'z
ishlari bilan fanga (XX asrda) katta hissa qo'shgan. Rossiyada parazit chuval­
changlar, shu jum ladan, tasmasimon chuvalchanglar faunasi rus olimlari N.A. Xo- 
lodkovskiy va V.A. K.ler tomonidan o'rganilgan. Akademik K.l. Skryabin rahbar- 
ligida yozilgan “ Sestodologiya asoslari” k o 'p tomlik asarlari M D H mamlakatlarida 
sestodologiya fanini rivojlantirishda asosiy rol o'ynaydi.
Tasm asim on chuvaichanglar yoki sestodalar endoparazitlar bo'lib , jin siy v o y a­
ga yetganlan ko'piab umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odam lar ichagida, 
kam dan-kam turlari esa boshqa organlarda parazitlik qilib yashaydi. Ularning tana­
si dorzoventral tomonga yassilangan.
Hozirgi vaqtda sestodalarning 3000 dan ortiq turi fanga m a 'lu m bo'lib, odam va 
chorva mollari uchun eng xavfli parazitlar hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglar 
gavdasining uzunligi 1 m m va undan ham kichik bo'igan juda mayda turlari bilan 
bir qatorda ju d a ulkan turlari, masalan, qoramol tasmasimoni, keng tasm asimon 
chuvalchanglarning uzunligi 10-15 m va b a ’zan 18-20 m gacha boradi. Kashalot- 
laming ichagida parazitlik qiladigan Polygonophorus giganticus turining uzunligi 
hatto 30 m gacha, eni esa 4,5 sm cha keladi.
Sestodalar ham boshqa yassi chuvalchanglar singari parenximatoz hayvonlardir. 
Ularda ham tana b o 'shlig 'i bo'lm aydi, y a ’ni tanasi parenxima hujayralari bilan 
to'lgan.
70


Sestodalaming parazitlik bilan hayot kechirishga ixtisoslashgan k o ‘pgina mos- 
lamalari mavjud, y a ’ni boshi (skoleks) va yopishuv organlari o ‘ziga xos tuzilgan. 
Gavdasi b o 'g 'im larg a (proglottidlarga) b o ‘lingan. Odatda har bir b o 'g 'im d a takror- 
lanadigan jinsiy organlari bor. Ovqat hazm qilish sistemasi reduksiyalangan va ni- 
hoyat rivojlanish sikllari murakkablashgan b o ‘lib, xo'jayin almashtirish y o ‘li bilan 
boradi.
Sestodalaming gavdasi uch qismdan, y a ’ni bosh (skoleks), bo'y in va b o 'g 'im li 
tanadan iborat. Gavdasining oldingi qismi ingichka ipsimon ko'rinishda bo'lib, 
uning uchida skoleksi va undan keyin esa bo'y in qismi joyiashgan. Skoleksi sesto­
dalaming yopishuv organlari hisoblanadi. Unda ixtisoslashgan yopishuv organlari, 
so'rg'ichlari, botridiylar va xitinli ilmoqlar bo'ladi. Umuman, sestodalar skolekslar 
yordamida o 'z xo'jayinlarining ichak devorlariga yopishib, uzun gavdasini tutib 
turadi. H am m a jinsiy voyaga yetgan tasmasimon chuvalchanglar o 'z xo'jayinining 
oshqozon va ichaklarida yashaydi.
Sestodalaming skolekslari va b o'g'im lari har xil shaklda tuzilgan (25-rasm).

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling