S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


HALQALI C H U V A L C H A N G L A R (ANNELIDES)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

HALQALI C H U V A L C H A N G L A R (ANNELIDES) tipi, Z U L U K L A R  
(H1RUD1NEA) sinfiga 450 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan chuchuk suvlarda, bir 
qismi esa dengizlarda yashaydi. Umurtqali hayvoniarda vaqtincha ektoparazitlik 
qilib yoki yirtqichlarcha hayot kechiradi. Ular asosan qon so'rib yoki m ayda hay­
vonlar bilan ovqatlanadi. Ayrimlari quruklikda yashashga ham moslashgan. Masa­
lan, tropik nam o'rmonlarda, quruklikda - Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiva va 
boshqa janubiy mamlakatlarda 3 -5 sm li q o nx o 'r ja g 'li zuluklar daraxtga yopish- 
gan holda hayvon yoki odam o'tishini poylaydi va ko'pincha ularga tashlanib, azob 
beradi.
Zuluklar ju d a ham harakatchan, suv ostida o'rmalab yoki suvda suzib yashaydi. 
Ularning tanasi yelka qorin tomonga yassilanganligi bilan boshqa halqali chuval- 
changlardan farq qiladi. Tanasining oldingi uchida muskulli s o 'rg 'ich i bo'lib, uning 
o'rtasida og'iz teshigi joyiashgan. Gavdasining kevingi uchida esa ju d a yaxshi rivoj­
langan orqa so 'rg 'ich i joyiashgan. Orqa so'rg'ichining yelka tomonida anal teshigi
120


bor. Zuluklar boshqa halqali chuvalchanglardan ana shu so ‘rg‘ichlarining b o ‘lishi, 
ularda parapodiyalar, jabralar va boshqa qillarining b o im a s lig i (qillar faqat primi- 
tiv turlaridan - qildor zuluklardagina saqlangan) bilan keskin farq qiladi. Bundan 
tashqari, zuluklar gavdasining tashqi halqalari ichki halqalariga to ‘g ‘ri kelmaydi, 
y a ’ni tashqi segmentlari bilan ichki segmentlarining mosligi buzilgan. Zuluklam ing 
turli vakillarida har qaysi haqiqiy ichki segmentiga 3 tadan 5 tagacha tashqi seg- 
mentlar to 'g 'r i keladi (tibbiyot zulugida 5 ta tashqi segment t o 'g ‘ri keladi). Zuluk- 
larning tashqi halqalanishi tashqi muhitga moslashish xususiyatlaridan b o ‘lib, bu 
qalinlashib ketgan teri-muskul qopchig‘ining egiluvchanligini ta ’minlaydi.
Zuluklar tanasining uzunligi 1 sm dan 30 sm gacha boradi. Laboratoriya sha- 
roitida 1,5 yil davomida 44 sm ga yetadigan zuluk o ‘stirilgan. Zuluklar harakatlan- 
ganida, oldin orqa so ‘r g ‘ichi bilan biror narsaga yopishib olib, gavdasini oldinga 
cho'zadi. shunda oidingi o g ‘iz so'rg'ichi bilan boshqa narsaga yopishib oladi. Bu 
vaqtda orqa s o Lr g ‘ichi narsadan ajraladi va gavda bosh tomonga qarab tortilib, il- 
moq kabi egiladi. Shu tariqa ular qadamlab harakat qiladi. Ular suzganda butun 
gavdasi bilan to ‘lqinsimon harakat qiladi, bunda zuluk tanasining orqa va qorin 
tomonlari bukiladi.
Zuluklaming haqiqiy ichki segmentlari doimiy b o ii b , ulaming soni 33 ta bo4adi 
(qildor zuluklar turkumi vakillarida segmentlar soni 30 ta). Bunda gavdasining oi­
dingi 4 ta segmenti o g ‘iz so ‘r g ‘ichini tashkil qiladi, 22 ta segmenti gavda bo'lim ini 
va 7 ta oxirgi segmentlari qo'shilib orqa so ‘r g ‘ichini hosil qiladi.
Zuluklar turli usulda ovqatianishi munosabati bilan ularning ovqat nazm qilish 
sistemasi bir qator xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Zuluklaming oidingi 
so'rg'ich i tubida ularning og'zi joylashgan. O g'izdan so 'n g ovqat hazm qilish or- 
ganining oidingi bo'limi boshlanadi. Bu boMim ektoderma bilan qoplangan bo'lib, 
u o u 'iz bo'shlig'i, muskulli tomoq va kalta qizilo'ngachdan iborat.
Xartutuli va iag'li zuluklaming o g 'iz bo 'sh lig'i va tomog'i har xil tuzilgan. Ma- 
saian, xartumli zuluklaming o g ‘iz bo*shiig‘i orqa tomonga qarab o ‘sgan va xuddi 
qinga o 'xshab tomoqni o'rab, sermuskul tomoq xartumchasiga aylanadi, Bu xar- 
t u m c h a l a r a l o h i d a
muskullar vositasida tashqanga clnqarilishi va ichkariga tortili- 
shi mumkin. 
B u n d a y
zuluklar xartumlari bilan turli hayvonlarning. masalan, mol- 
luskalarning yupqa terisini teshib, ichiga kirib. oziqni so'rib ovqatlanadi. Jag'li zu- 
K ik la n n n g
(tibbiyot zuiugi) og'iz bo 'sh lig 'id a esa uchta bo'ylam a muskulli valik- 
l a n
bor. Bu valiklaming qirralari 
b i r - b i r i g a
qaragan bo'lib, j a g ‘ hosil qiladi. Qattiq 
x itin ia s h g a n v a
muskulli j a g i a m i n g ustki tomonida o'tkir - arrasimon tishchalar


bor. Zuluklar ana shu j a g i a r i bilan odam va hayvonlarning terisini jarohatlaydi. 
Tibbiyot zulugi shu xilda qon so'rib ovqatlanadi.
Zuluklam ing tom og'iga ko'pin ch a o g 'iz bo 'sh lig 'inin g chekkasidan bir juft bez 
ochilgan. Bu bezlar ishlab chiqargan modda (so'lak) gemofilin yoki girudin deyi- 
ladi. Girudin moddasi odam qoniga t a ’sir etib, uni ivib qolishdan saqlaydi. Shu 
sababli tibbiyot zulugidan tibbiyotda foydalaniladi.
Qon so'ruvchi zuluklaming jig'ildoni ju d a rivojlangan bo'lib, u tarmoqlanib 
yonbosh ju ft o'sim talar hosil qiladi. Masalan, tibbiyot zulugi o 'rta ichagida 10-
11 
ju ft yonbosh o'simtalari bo'lib, bu o'sim talam ing oxirgi bir jufti yaxshi rivoj­
langan va u ikki у onga joylashgan holda gavdaning keyingi uchigacha cho'ziladi. 
O shqozonning (o'rta ichakning) bu o'simtalarida zaxira qon ivimagan holda uzoq 
vaqt saqlanadi va ichakning pastki bo'limlariga tushib turadi hamda hazm bo'ladi. 
Zuluklarda oziq (qon) asosan keyingi ichakda hazm bo'ladi va so'riladi. Keyingi 
ichak dum tomonida joylashgan ektodermadan hosil bo'lgan kalta to 'g 'r i ichakka 
qo'shiladi va anal teshik bilan keyingi so'rg 'ich n in g tepasida ochiladi.
Zuluklar 2 -3 yilda voyaga yetadi va 15-20 yil umr ko'radi.
Zuluklar sinfi 2 ta kenja sinfga bo'linadi:
1. Qadimgi zuluklar (Archihirudinea) kenja sinfi;
2. Haqiqiy zuluklar (Euchirudinea) kenja sinfi.
Qadimgi zuluklar kenja sinfiga q ild o r z u lu k la r (A c a n th o b d e lia) turkumi kira­
di. Bu turkumga faqat 2 ta tur kirib, ular losos baliqlarida parazitlik qiladi. Tana 
uzunligi 3 sm gacha boradigan bu zuluklarda oz qilli halqali chuvalchanglarga xos 
tashqi belgilari, jumladan, bosh tomonidan 2 segmentdan 6 segmentgacha har bir 
segmentida 4 juftdan yirik qilchalari bo'ladi. Ularning gavdasi 30 ta segmentdan 
tashkil topgan. Tanasining oldingi uchida o g 'iz so'rg'ichi y o'q, faqat dum tom o­
nida kichik orqa so 'rg 'ich i bo'ladi.
Qildor zuluklaming asosiy vakili Acanthobdella peledina asosan losossimon 
baliqlam ing suzgichlariga yopishib, ularning tana suyuqligi, qonini so 'rib ovqat­
lanadi. Ularning bosh qismida joylashgan qillari baliq tanasiga yopishishga xizmat 
qiladi.
Qildor zuluklami rus zoologi N .A.Livanov har tomonlama o'rgangan. Bu olim- 
ning ko'rsatishicha, qiidor zuluklaming ichki organlarida ham oz qilli halqalilar va 
zuluklam ing xususiyatlari saqlangan, y a ’ni bularda ham ikkilamchi tana b o 'sh lig 'i 
mavjud.
Qildor zuluklar Osiyo va Yevropaning shimoliy qismida, ayrim daryo va katta 
k o ‘! havzalarida tarqalgan. Ular bahqlarda bahorning oxiri va yoz oylarining boshi-
122


da paydo b o 'la boshlaydi. Bu vaqtda ularning har birining og'irligi 5 -1 0 mg atrofi­
da bo'ladi. Kuz oxiriga kelib, ular voyaga yetadi (og'irligi 200 mg atrofida bo'ladi) 
va o 'z xo'jayinlarini tashlab ko'paya boshlaydi. Acanthobdella peledina shimoliy 
o 'lkalarda va Sibir ko'llarida, Acanthobdella ivanovi esa Kamchatka ko'llarida 
baliqlarda parazitlik qiladi.
Haqiqiy zuluklar kenja sinfi o 'z navbatida 2 ta turkumga - xartumli zuluklar va 
ja g 'li zuluklarga bo'linadi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling