S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Fyulleborn va Shcherbovichlarning standartizatsiya qilingan usullari


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Fyulleborn va Shcherbovichlarning standartizatsiya qilingan usullari. 
O 'tkazilgan gelmintsizlantirish qanchalik foyda berganligini aniqlashda, hayvon- 
lami gelmintsizlantirishgacha va undan keyin tekshirilganda Stoll usulidan foy- 
dalanish shart emas. Hayvon tezagi bilan chiqarilayotgan gelmint tuxumlarining 
kam ayganligiga ishonch hosil qilish uchun Fyulleborn va Shcherbovichlarning 
yoki boshqa har xil sifatiy usullami standartizatsiyalash kifoya. Bunda ham m a tek- 
shirishlar uchun bir xil tezak, bir xil idish, tindirish yoki namunalarning sentrifu­
gada aylantirish vaqti bir xil bo'lishi va diametri bir xil bo'lgan ilmoqlar ishlatilishi 
kerak. M ikroskopda ko'rib bo'ladigan joydagi tuxumlarning sonini taqqoslab yoki 
gelmintsizlantirishgacha va undan keyin bir tomchi yuzaki pardadagi tuxum lam ing 
soniga qarab gelmintsizlantirish qanchalik foyda berganligi aniqlanadi.
Miqdoriy gelmintolarvoskopik tekshirish uchun yuqorida aytib o'tilgan Stoll 
usuli q o ilan ilad i, lekin lichinkalaming buzilmasligi uchun 0,1 normal natriy 
ishqorini oddiy suv bilan almashtirish kerak yoki Berman—Orlovning standartiza­
tsiya qilingan usulidan foydalanish mumkin.
H am m a vaqt tekshirishlarda tezakni bir xil miqdorda olish, suv temperaturasi- 
ning bir xil bo'lishi va voronka ham da stakanchalardagi tezakni bir xil muddatda 
saqlash kerak.
Bir hayvondan olingan turli miqdordagi tezakda gelmint lichinkalarining soni 
keng k o 'lam d a o'zgaradi - tezak xuddi gelmintooskopik usuldagidek miqdoriy 
gelmintolarvoskopiya usulida tekshirish ham muhim ahamiyatga ega. Bir qancha 
guruh hayvonlarni kamida uch marta tekshirgandagina ozm i-ko'pm i to 'g 'r i natija 
olish mumkin.
Tekshirish uchun namuna olish va uni laboratoriyaga yuborish. Tuproqda, 
g o'n g d a va m oixonapollarida ju d a k o 'p miqdorda, ju da mayda erkin hayot kechiruv- 
chi nematodlar, ularning tuxum va lichinkalari uchraydi. Ular tezakka tushishi bilan 
tezda ko'payadi va tekshirishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun gelmintokoprologik 
tekshirishda hayvon tezagi namunasini bevosita to 'g 'ri ichakdan olish kerak. Ayrim 
vaqtda laboratoriyaga yuboriladigan namunani bir necha usul bilan tekshirishga 
to 'g 'r i keladi, shuning uchun har bir tezak namunasi 3 0 -5 0 g dan kam bo'lm asligi 
kerak.
142


Har bir tezak namunasini q o g 'o z xaltachaga solish kerak. Bunda pergam ent 
q o g ‘ozidan foydalanish mumkin. Q o g 'o z xaltachaning tezak tegm agan chetiga 
(bir necha joyiga) qalam bilan nam una raqami yoziladi. Suyuq tezak esa bankacha- 
larda yuboriladi. Tekshirishga yuboriladigan naniunaga x o ‘jalikning nomi, n am u ­
na olingan kun va agar kerak b o ‘lsa, hayvonning laqabi va raqamini yozib yubo- 
rish kerak.
Tezak namunasi tezda laboratoriyaga jo'natilishi va imkon boricha tezroq tek- 
shirilishi lozim, chunki 20° issiqda 16-18 soatdan s o ‘ng nematod tuxumlaridan 
lichinkalar paydo bo'ladi. Shuning uchun kechikkan tekshirishlar Fyulleborn usuli- 
da n o to 'g 'ri natijalar berishi mumkin. Shu davrda diktiokaula lichinkalari birinchi 
tullashga tayyorlanayotgan va kam harakatchan bo'ladi, shuning uchun Berman 
usuli bilan tekshirilganda noto‘g ‘ri natija berishi mumkin. Shuningdek, kechikish 
natijasida strongilyat tuxumlaridan ham lichinkalar paydo bo'lib, tekshirishni yana- 
da qiyinlashtiradi. Agar olingan namunani tez yuborish yoki laboratoriyada tezroq 
tekshirish imkoni bo'lm asa, u xolodilnikda 10° dan yuqori bo'lm ag an temperatu- 
rada saqianadi. Odatda, x o ‘jalikdagi ham ma mollami tekshirishning hojati y o 'q , 
faqat ayrim poda yoki qo'tondagi mollarning qancha foizi kasallanganligini aniq­
lash kerak. Buning uchun har qaysi boqilayotgan guruh hayvonlardan 2 5 -5 0 tasini 
tekshirish kifoya.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling