S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Terini onxotserkozga tekshirish


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Terini onxotserkozga tekshirish. Mikroonxotserkalar, odatda, terming nozik 
joylarida to'planadi. Bulami topish uchun teri biopsiya qilinadi: qorin devorlarining 
pastki qismida bir oz joyining juni qirqilib, dezinfeksiya qiluvchi eritmalar bilan 
artiladi, so'ngra teri pinset yordamida ushlanib, Kuper qaychisi bilan suli doni kat- 
taligida qirqib olinadi va yod eritmasi suriladi. Teri parchasi esa probirkaga solinib
og'zi namlangan paxta bilan mahkam berkitiladi. Laboratoriyada bu teri parchasi 
soat oynasiga quyilgan fiziologik eritmaga joylashtiriladi. Qaychi va preparoval 
igna bilan mayda tolalarga ajratiladi, so'ngra namunaning hammasi sentrifuga pro- 
birkalariga solinib, bir necha soat 37-38° li termostatga qo'yiladi. Teridan chiqqan 
mikroonxotserkalaming harakatchanligini saqlab qolish uchun fiziologik eritma
144


teng miqdorda qon zardobi bilan aralashtiriladi. Namuna tennoslatda turgandan 
keyin teri tolalari olib tashlanib, qolgan qismi suziladi yoki sentrifugada aylantirilib, 
ch o ‘km a mikroskopda tekshiriladi. Mikroonxotserkalar ju d a harakatchan b o ig a n i 
uchun osonlik bilan topiladi.
Gelmintozlarni immunologik usulda aniqlash. Xuddi yuqumli kasalliklar sin- 
gari, gelmintoz kasalligida ham turli darajada immunitet b o ‘ladi va antitela paydo 
b o ii s h i kuzatiladi. Hozir ko'pgina gelmintoz kasalliklarda immunologik diagnos- 
tika metodi ishlab chiqilgan va ular tajribada tekshirilgan. Lekin bu usullarning 
ko'pchiligi hozircha veterinariya tajribasida qo'llanilmaydi, chunki bu biopreparat- 
lar sanoatda yctarli miqdorda ishlab chiqarilmayotir.
Gelmintozlarni epizootik aniqlash. Ayrim vaqtlarda olingan epizootologik 
m a'lum otlarga asoslanib, b a ’zi gelmintoz kasalliklariga taxminiy tashxis qo'yish 
murnkin. Bu tashxisni tirik yoki o 'lgan hayvonlarda o ‘tkazilgan maxsus tekshirish- 
lar bilan tasdiqlash kerak.
!. Moliari moniyezioz bilan zararlangan xo'jaliklarda may. iyun oylarida qo'zilar 
ko'plab o'ladi. Shularga ko'ra moniycziozga taxminiy tashxis qo'yish mumkin.
2. 
Telyazioz avj oladigan iyun, avgust oylarida xo'jalikdagi jud a k o 'p qoramol- 
larda konyunktivit va keratit belgilari kuzatiladi. Shunga k o'ra telyaziozga taxmi­
niy diagnoz qo'yish mumkin.
K o'pgina gelmintoz kasalliklarning aniq klinik belgilari m a ’lurn vaqtda paydo 
bo'ladi. Kasallikning avj olishi mamlakatning turli mintaqalarida turli vaqtlarga 
to 'g 'ri keladi. Taxminiy tashxis qo'yishda yilning fasli hisobga olinib, m a ’lum joy- 
lar uchun xos sharoitlarni hisobga olish kerak.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling