S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


E. Hayvonlarni noto‘liq gelmintologik yorib tekshirish


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

E. Hayvonlarni noto‘liq gelmintologik yorib tekshirish
F. Parsial gelmintologik yorib tekshirish
G. Gelmintolarvoskopik tekshirish
H. Gelmintozlami immunologik usulda tekshirib aniqlash
6. Gelm intoovoskopiyaning qanday tekshirish usullari mavjud?
A. Fyullebom usuli
B. Berman-Orlov usuli
D. Sherbovich usuli
E. Vayda usuli
F. Gorkina usuli
G. Miqdoriy gelmintokoprologik tekshirish
H. Hayvon tezagini ketma-ket yuvib tekshirish
7. Gelmintolarvoskopiyaning qanday tekshirish usullari m avjud? (6-top- 
shiriqqa qarang)
154


PARAZIT BO‘G ‘JMOYOQLILARNING UMUMIY TAVSIFI 
VA TASNIFI. PARAZIT QISQICHBAQASIMONLAR VA 
ORGIM CHAKSIM ONLAR
Parazit b o ‘g ‘imoyoqlilarning umnmiy tavsifi va tasnifi. Parazit qisqichbaqasi- 
monlarning tuzilishi, ko'payishi va baliqchilik xojaliklariga keltiradigan zarari. 
Parazit kanalarning tuzilishi, biologiyasi, larqatadigan kasalliklari va ularning 
oldini olish choralari.
B O ‘G ‘IM O Y O Q L iL A R (A R TH R O PO D A ) tipi hayvonot olamida turlarining 
ko'pligi jihatidan dunyo miqyosida birinchi o'rinda turadi. Ayni vaqtda, ularning
1,5 tnln. dan ortiq turlari fanga m a ’lum. B o‘g ‘imoyoqlilar evolutsiya taraqqiyoti 
jarayonida turli rnuhit sharoitda yashashga moslashgan hayvonlar hisoblanadi. Ular 
dengiz va okeaniarda, chuchuk suv havzalarida, tuproq ustida va ostida, havoda 
yashaydi. Bir qancha turlari esa odam va hayvoniarda parazitlik qiladi. Bu tipda 
parazit turlari asosan hasharotlar, o ‘rgimchaksimonlar va qisman qisqichbaqasi- 
monlar sinflarida uchraydi.
Q IS Q IC H B A Q A SIM O N L A R (CRUSTACEAN jabra bilan nafas oluvchilar 
(Branchiata) kenja tipining yagona sinfi b o ‘lib, ularning deyarli hammasi suv hay- 
vonlari hisoblanadi. Qisqichbaqasimonlar sinfiga 40 mingga yaqin tur kiradi.
Qisqichbaqasim onlam ing ayrim turlari suv hayvonlarida, jum ladan, baliqlarda 
parazitlik qiladi, shunga ko'ra, ularda gavdasining k o i i n is h i va tuzilishi tub- 
dan 
o '
zgarib ketgan va tashqi k o ‘rinishidan mutlaqo qisqichbaqasimonlarga 
o'xsham aydi. Parazit turlari ayniqsa kurakoyoqlilar (Copepoda, 1000 dan ortiq 
turi bor), karpxo‘rlar (Branchiura, 130 ta turi bor), m o ‘ylovoyoqlilar (C im p ed ia, 
54 ta turi bor) va tengoyoqlilar (Isopoda, 430 ta turi bor) turkum lan orasida keng 
tarqalgan.
Kurakov.oqliSar (C o p ep o d a) turkumiga kiruvchi bir qancha turlari har xil
hayvoniarda, k o'proq baliqlarda parazitlik qiladi. Parazitlik qilib hayot kechiri-


shi munosabati bilan bunday qisqichbaqasimonlaming tana tuzilishi turli darajada 
o ‘zgarishga uchragan. Baliqlaming jabralarida sikloplarga o ‘xshaydigan Ergasilus 
hamda tashqi k o ‘rinishi boshqa qisqichbaqasimonlardan farq qiladigan Lampro- 
glena va Achteres parazitlik qiladi.
Parazit kurakoyoqlilar baliqlarda ektoparazitlik qilishdan tashqari, k o ‘pchilik 
umurtqasiz hayvonlar (marjonpoliplar, halqali chuvalchanglar, molluskalar), 
boshqa tur qisqichbaqasimonlarda va ninaterililarda ham tekinxo'rlik qilib hayot 
kechiradi.
Parazit kurakoyoqlilar parazitlik qilib yashash sharoiti ta ’sirida o 'zig a xos mos- 
lamalar hosil qilgan. Ularning antenulla va antennalari x o ‘jayiri organlariga yopishib 
olish va uning to ‘qimalaridan shiralami so'rib olishga turlicha moslashgan. Parazit 
kurakoyoqlilarning b a ’zi erkin yashovchi kurakoyoqlilarga o ‘xshashligi birmun- 
cha saqlangan. Boshqa parazit kurakoyoqlilarda tanasining tuzilishi shu qadar 
k o ‘p o ‘zgarganki, ularni nafaqat kurakoyoqlilarga, balki qisqichbaqasimonlaming 
boshqa turlariga ham o'xshatib b o im a y d i. Masalan, treska baliqlarining jabralarida 
kurakoyoqli qisqichbaqasimonlardan Lemaeocera branchialis turi parazitlik qiladi. 
Baliq jabrasiga yopishib olgan parazit gavdasining shakli uzun xaltaga o'xshaydi. 
Jinsiy bezlari rivojlanganligidan gavdasi shishib turadi. Oyoqlari bo'lm aydi. G av­
dasining oldingi uchida esa yopishish organlari bor, bu organlar shoxlanib ketgan 
ildizlarga o'xshaydi. Bu hayvonning rivojlanishi o'rganilgandan keyingina, uning 
kurakoyoqli qisqichbaqasimonlarga kirishi m a ’lum bo'ldi.
Kurakoyoqlilar baliqlar terisi, jabrasi, k o 'zi va o g ‘iz bo'shliqlarida parazitlik 
qilib, xilma-xil jarohatlarni hosil qiladi. Natijada baliqlaming teri, jab ra va mus- 
kullari shishib ketadi. Jabrada qon aylanish va nafas olish funksiyalari buziladi. Ja- 
rohatlangan joydan qon oqishi yoki o 's h a jo y d a n har xil m ikroblam ing organizmga 
kirishi sodir b o ‘ladi. Parazitlar bir necha yuztadan 3000 tagacha uchraydi. Ular 
baliqlami mexanik jarohatlashdan tashqari. o'zlaridan har xil toksinlar ajratib zahar- 
laydi. Kasallangan baliqlar ozib, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib ketadi.
Karp biti yoki karpxo'rlar turkumi vakillari asosan karpsimon baliqlar ek- 
toparazitlari hisoblanadi. Gavda tuzilishi tubdan o ‘zgargan. Boshko‘kragi yaxlit. 
Faqat qorin qismining uchi erkin holatda. Gavda o ‘simtalaridan s o 'rg 'ich lar va 
boshqa yopishuvchi organlar hosil b o'lg an (57-rasm).
Parazitlikda bayot kechirish sharoiti karp bitlarining ichki tuzilishini ham 
o'zgarishiga olib kelgan. Jumladan, o ‘rta ichak shoxlangan bo'lib, unda faqat oziq 
m oddalam i zaxira qilib oladi. Karp bitlarining 60 dan ortiq turi baliqlardan tashqari 
molluskalar va amfibiyalarda ham parazitlik qiladi.
156



Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling