S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


-rasm . O dam da p arazitlik q ilad i-


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

64-rasm . O dam da p arazitlik q ilad i- 
gan kanalar: A -u rg ‘ochi q ich im a kanasi 
(Sarcop tes 
scabiei), 
qorin 
tom on id an  
ko'rin ish i; B -h u sn b u zar kanasi (D em o- 
dex folliculoru m ).
Bu tur kana odamda uchraydigan qichima-qo‘tir kasalligining q o ‘z g ‘atuvchisidir. 
Bu kana ju d a kichkina - urg‘ochisining uzunligi 0,2-0,5 mm, erkaginiki 0 ,2 -
0,3 mm keladi. Tanasi ovalsimon k o ‘nnishda, rangi xira oq, xitini ko 'proq b o ‘lgan 
qismi bir oz jigar rangli. Ulaming embrional rivojlanishi 2 - 4 kun davom etadi. K a­
naning tuxum q o ‘yishdan imagogacha b o ‘lgan rivojlanish davri 9 -1 2 kun davom 
etadi. Voyaga yetgan kana 1,5 oygacha yashaydi.
Q ichim a-qo‘tir kanalari teri epidermiysining shox qavatida yashaydi. Q o ‘tir 
kanalari terining nozik joylarida, y a ’ni barmoqlar orasida, bilak bilan tirsak o'rta- 
sida, q o ‘ltiq ostida va boshqa joylarda parazitlik qiladi. Q o ‘tir kasalligi odamga 
k o ‘p azob berib, darmonini quritadi, ish qobiliyatini pasaytirib joiboradi. Bundan 
tashqari, terining shikastlanishi va qichishidan turii mikroblaming organizmga ki­
rishi uchun y o ‘l ochiladi.
Qichima kanalardan Sarcoptes equi - ot va eshaklarda, Sarcoptes suis -
ch o ‘chqada, Sarcoptes caprae —echkida, Sarcoptes ovis —q o ‘yda, Sarcoptes bovis — 
qoramolda, Sarcoptes cameli - tuyada, Sarcoptes cani - itda va boshqa hayvon- 
larda parazitlik qiladigan turlari bor.
Qichima kana bilan kasallangan odam qichigan joylarini qashiganda kanalar tir- 
noq orasiga kiradi, odam bu kanalami badanining boshqa joylariga yuqtiradi. Kasai 
odam bilan q o ‘l orqali k.o‘rishganda yoki uning kiyimlaridan foydalanganda ham 
yuqadi. Bu kasallik kishilar o ‘rtasida sanitariya-gigiyena, avvalo, shaxsiy gigiyena 
qoidalariga amal qilmaslik natijasida paydo bo'ladi.
O dam terisidagi y o g ‘ bezlari va soch xaltasida husnbuzar kanasi (Demodex fol­
liculorum) parazitlik qiladi. Bu kana ayrim odamlarning yuzida, terisining turli jo y ­
larida, b a ’zan, bezlaming k o ‘payishi natijasida husnbuzar toshib ketishiga sabab 
b o ‘ladi (64-B-rasm).
167


G A M A Z K A N A L A R (G A M A S O ID E A ) katta oilasi vakillari iksod va argaz 
kanalaridan farq qilib, juda mayda bo'ladi. Tanasi 0,2-2.5 mm kattalikda. Gamaz 
kanalar katta oilasiga 20 dan ortiq oilalar kiradi. Bu kanalar ichida erkin yashay- 
diganlari va parazitlari bor. Ularning teri qoplami kuchsiz xitinlashgan. rangi sarg‘ ish 
va bir oz q o ‘ng'ir. Tanasi gnatosoma va idiosomalardan iborat. Unda sezgi organi 
vazifasini bajaruvchi har xil shakldagi tukchalar joylashgan. Xartumi va oyoqlari 
uzun. Xelitserasi ingichka, uzun ignaga o ‘xshash, terini teshib qon so ‘rishga mos- 
lashgan. Haqiqiy tanasi oval shaklda, b a ’zan uzunchoq. Jinsiy dimorfizm yaxshi 
seziladi. Erkaklari urg'ochilariga nisbatan ancha kichkina.
G am az kanalar tuxum qo'yib ko'payadi, ammo tirik tug'adiganlari ham bor. 
Tuxum dan chiqqan 6 oyoqli lichinka tullab, birinchi va ikkinchi nim faga va undan 
key in imagoga aylanadi.
Gamaz kanalar tuproqda, o'rm on, yaylov, hayvon uyalari va molxonalarda 
yashaydi. U larningxo'jayinlari xilma-xii hayvonlar: kemiruvchilar, hasharotxo'rlar, 
mayda yirtqichlar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisoblanadi.
G amaz kanalaridan tovuq gamaz kanasi (Dermanyssus gallinae) tovuq va boshqa 
uy parrandalari hamda yovvoyi qushlarda parazitlik qiladi. Tovuqlar bu kanalardan 
katta zarar k o ‘radi, oriqlab ketaai, kam tuxum qo'yadi, ayrim vaqtlarda halok 
b o ‘ladi.
Har xil kasalliklarni q o ‘z g ‘atuvchi viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar, parazit bir 
hujayrali hayvonlar, kanalar yoki hasharotlar orqali yUqadigan kasalliklar transm is- 

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling