S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


K ulrang g o ‘sht pashshalari (Sarcophagidae)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

K ulrang g o ‘sht pashshalari (Sarcophagidae) oilasi lichinkalari buzilayotgan 
g o ‘shtda, g o ‘ng va boshqa chiriyotgan organik moddalarda yashaydi. Ular o ‘rta 
mintaqalarda keng tarqalgan. K o ‘pchilik turlari tirik tug'adi.
192


G o ‘sht pashshasi fC alliphora ervthrocephala) ning bo'vi 7-1 4 mm, metallga 
o ‘xshash yaltiroq, boshining oxirgi qismi qizg‘ish, k o ‘krak qismi esa qora tusda. 
G o 'sh t pashshasi, ayniqsa, qushxonalarga tuxum qo'yish uchun uchib kiradi. Kat- 
taligi 1,5 mm keladigan ellipssimon shakldagi tuxumlarini 4 5 0 -6 0 0 tadan qilib
g o 's h t va boshqa hayvon mahsulotlariga q o ‘yadi.
Tuxum dan chiqqan lichinkalar 10-12 kun oziqlanib, g ‘umbakka aylanish ol- 
didan yerga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har xil yaralar va jarohatlarda 
soxta parazitlik qiladi.
Pashshaning lichinkalari toza sharoitda o ‘stirilib, tuzalishi qiyin b o ‘lgan os- 
teomiyelit kasalligini davolashda q o ‘llaniladi. Buning uchun yaraning ichiga 
lichinkalar yuboriladi. Lichinkalar kasallangan to'qim alam i iste’mol qiladi. Har
5 kunda lichinkalar almashtirilib turiladi. Bunday davolash yosh bolalarda 6 - 7 haf- 
ta, katta yoshdagi kishilarda k o ‘proq davom etadi.
Qon so ‘ruvchi pashshalar (Hvppoboscidae> oilasi vakillarining tuzilishi hay­
vonlar juni va pat qoplami orasida harakatlanishga moslashgan. Tanasi yassi va 
keng, qanotlari tanasiga tig‘iz tegib turadi, oyoq timoqlari o'tkir. Ayrim turlarida 
qanotlari reduksiyaga uchragan. Ular uzun xartumi bilan sutemizuvchilar va qush- 
lar qonini so ‘radi. Ayniqsa, q o ‘y pashshasi, ot pashshasi, it pashshasi k o ‘pchilikka 
m a ’lum.
Q o 'y pashshasi hayvonlar qonining kamayib ketishiga, terisining yallig'lanishi- 
ga va junlarining to ‘kilishiga sabab b o ‘ladi.
Pashshalarga qarshi kurashish uchun, avvalo, ular ko'payadigan joylardagi li- 
chinkalami to ‘liq y o ‘qotish, kir o ‘ralari, hojatxonalar va axlatxonalarni tez-tez to- 
zalab turish lozim. Quruq axlatni yoqib tashlash kerak. Chiqindilami kompostlash 
yoki dezinfeksiyalovchi moddalar bilan zararsizlantirish lozim. Ochiq tipdagi ho- 
jatxonalarda axlat ustiga so ‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohak sepib turish zarur. 
V oyaga yetgan pashshalarni qirish uchun binolarga insektitsidlar bilan ishlov be- 
rish lozim. Pashshalar yopishqoq qo g 'o z va pashsha tutqichlar bilan tutiladi. Ja- 
moat ovqatlanadigan korxonalarda, oziq-ovqat omborlarida, kasalxona va yotoq- 
xonalarda pashshani batamom qirib tashlash zarur. Buning uchun ularga qarshi turli 
insektitsidlar: xlorofos, geksoxloran va boshqa dorilar q o ‘llaniladi. Bino va oziq- 
ovqat mahsulotlarini pashshadan saqlash kerak. Yoz vaqtlarida derazalarga doka, 
sim to ‘r tutish, ovqatlaming va idishlaming ustini yopib qo'yish lozim.
B o‘ka!ar ham kaltamo'ylov doira chokli ikki qanotlilar kenja turkumiga kiradi. 
B o ‘kalam ing quyidagi 3 ta oilasi bor: oshqozon bo'kalari, teri osti b o ‘kalari va 
burun-halqum bo'kalari.
13 - P a r a z ito lo g iy a
193


B o ‘kalar lichinkalik davrida parazitlik qiladi. Voyaga yetgan hasharotlaming 
o g 'iz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi. Shuning uchun ular uzoq ya- 
shamaydi. Ularning lichinkalari chorva mollarida va yovvoyi hayvonlarda parazit­
lik qiladi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling