S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Teri osti b o ‘kalari (H vpoderm atidae)


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

Teri osti b o ‘kalari (H vpoderm atidae) oilasi vakillarining urg'ochilari tuxum- 
larini hayvonlar juniga qo'yadi. Lichinkalari teri ostida parazitlik qiladi.
Q oram ol b o ‘kasi (H vpoderm a bovis) Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoda 
keng tarqalgan.
Teri bo'kasi qoramollarda surunkali kechadigan gipodermatoz kasalligini pay­
do qiladi. Gipodermatoz O 'zbekistonda ham keng tarqalgan bo'lib, chorvachilik 
xo'jaliklarga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu kasallik oqibatida hayvon terisining 
sifati pasayadi, go'sht, sut va boshqa mahsulotlaming miqdori kamayib ketadi.
Teri bo'kasining tanasi sariq va qora tuklar bilan qoplangan, uzunligi 4 mm dan
16 mm gacha boradi. Bosh qismida ko'zlari, 1 juft m o'ylovi va o g 'zi joylashgan. 
K o'krak qismida 1 juft qanotlari bor. Oyoqlarining uchi timoqlar bilan tugaydi. 
Gipodermatoz kasalligini uning lichinkasi keltirib chiqaradi. Teri bo 'k asi yil da­
vomida 1 marta avlod beradi. Havo isib ketishi bilan b o'kalar paydo b o'ladi va 
urug'langan urg'ochilari qoramollaming orqa oyoqlari va qorin junlariga tuxum 
qo'yadi. Har qaysi teri bo'kasining q o 'ygan tuxumi 450 tagacha boradi. Oradan
2-A
kun o'tgach, tuxumdan mayda lichinkalar chiqib, terini teshadi va uning os- 
tiga o'tadi, so 'n gra teri osti biriktiruvchi to'qimalari orqali hayvonning b o 'y n i to- 
monga siljiydi. Qizilo'ngach devoriga o'tib, u yerda 5 oy yashaydi, keyinchalik 
molning orqa tomoni teri ostiga qarab ko'chadi. Bu yerda lichinkalar p o 's t tashlab, 
ikkinchi lichinkalik davriga o'tadi. Lichinka atrofida biriktimvchi to 'q im ad an max- 
sus kapsula vujudga kelib, terida n o 'x at kattaligida shishlar hosil bo'ladi. Nafas 
olishi uchun tanasining oldidagi o 'tk ir ilmoqlari, tana tuklari va fermentlar bilan 
hayvon terisini teshadi va atmosfera havosi bilan nafas ola boshlaydi. Oradan 2 0 -
30 kun o'tgach, lichinkalar ikkinchi marta tullab, uchinchi lichinkalik davriga o'tadi. 
Keyinchalik lichinkalar shishdagi teshikdan tashqariga chiqib, yerga tushadi. Yerda 
g 'u m b ak k a aylanib, 3 -5 hafta ichida g'um bakdan qanotli b o 'k a chiqadi (76-rasm).
Uning o g 'iz apparati yaxshi rivojlanmagani uchun oziqlanmaydi. Shuning uchun 
qanotli b o 'k ala m in g umri ju d a qisqa bo'lib, ular bir necha kun yashaydi va shu davr- 
da juftlashib, urg'ochilari mol terisiga tuxum qo'yishga ulguradi. U rg 'o chi bo 'k ala r 
tuxum q o'yish uchun yaylovlardagi qoramollarga kelib qo'nganda, ular chaqmasa 
ham mol ju d a bezovtalanadi va o'tlam ay qo'yadi. K o'pincha mollar b o 'k a tufayli 
yaylovlardan qocha boshlaydi.
194



Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling