S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


TIK A N B O SH LI C H U V A L C H A N G L A R yoki SK R EBN IY LA R (ACAN-


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/133
Sana29.10.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1733023
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

TIK A N B O SH LI C H U V A L C H A N G L A R yoki SK R EBN IY LA R (ACAN-
ГH О С EP H A L A ) tipi vakillari ancha ixtisoslashgan chuvalchanglar bo'lib, hozir- 
gi vaqtda 500 dan ortiq turi fanga m a ’lum. Ular baliqlar, suvda ham quruqlikda 
yashovchilar, sudralib yuruvehilar, qushlar hamda sutemizuvchilarda parazitlik qi­
ladi.
Akantotsefalalar haqidagi dastlabki m a ’lumot Redi tomonidan 1684-yilda e ’lon 
qilingan. Rudolf1 XIX asrning boshlarida skrebniyning 50 ta turini o'rganib, ular- 
ni bitta turkumga kiritadi. Leykart bu guruh parazitlarning biologiyasini o'rganib, 
ular oraliq xo'jayin orqali rivojlanishini aniqlaydi. 1956-1958-yillarda prof. 
V.I. Petrochenko akantotsefalalarning M DHda uchraydigan turlari, ularning tarqa­
lishi. rivojlanish sikli, keltirib ehiqaradigan kasalliklarini o'rganib, “ Uy va yovvoyi 
hayvonlar akantotsefalalari” nomli ikki jiidlik monograr.yasini yaratdi.
Bu tipga faqat bitta sinf, y a ’ni T IK A N B O SH L IL A R (A C A N T H O C E P H A ­
LA) sinfi kiradi.
Akantotsefalalarning gavdasi ipsimon, silindrsimon, qopsimon va ovalsimon 
ko'rinishda bo'lib, kattaligi 1,5 mm dan 68 sm gacha (Macracanthorhynchus hiru- 
dinaceus) boradi.
Gavdasi xartum va haqiqiy tanaga bo'linadi. Tanasining oidingi qismida xitinli 
ilmoqchalar bilan qurollangan xartumi, xartum qini va bo'yindan iborat, haqiqiy 
tana b o ‘limida esa hamma qolgan ichki organlari joylashgan. Skrebniylarda ovqat 
hazm qilish organlari reduksiyalangan, shunga ko'ra ular ovqatni butun tana yu- 
zasi orqali diffuziya holda qabul qiladi. Ularning xartumi xo'jayini ichagi devori- 
ga yopishish uchun xizmat qiladi. Xartumdagi xitinli ilmoqlaming shakli, katta-
! ! 7


kichikligi, soni va joylashish tartibi har xil turlarda turlicha bo'lib, skrebniylarning 
sistematikasini hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Xartumi ju da harakatchan bo'lib, 
tez-tez qiniga kirib-chiqib turadi.
Akantotsefalalar ayrim jinsli, odatda urg'ochilari yirik, xartumlari yaxshi rivoj­
langan. Akantotsefalalar biogelmintlar bo'lib, bunda umurtqali hayvonlar asosiy 
xo'jayin, umurtqasiz hayvonlar (molluskalar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar) 
esa oraliq xo'jayin hisoblanadi. Ular nihoyatda serpusht bo'lib, bitta urg'ochisi bir 
kecha-kunduzda 580 mingtagacha tuxum qo'yishi mumkin.
Rivojlanishi metamorfozli. Asosiy xo'jayindan tashqi muhitga chiqqan tuxum- 
larda lichinkalar to'liq shakllangan bo'ladi. Oraliq xo'jayinlari shunday tuxumlarni 
yutib yuborganda, tuxumdan lichinka chiqadi. Bu lichinka akantor deyiladi. Akan- 
torlar ichak devori orqali tana b o 'sh lig 'ig a o'tib, rivojlanishni davom ettiradi va 
navbatdagi lichinkalik davriga, y a ’ni preakantellaga aylanadi. U ham rivojlanib, 
keyingi yuqumli (invazion) lichinkalik davr, y a ’ni akantellani hosil qiladi. Ana 
shunday zararlangan oraliq xo'jayinlarni har xil umurtqali hayvonlar suv va oziq 
bilan yeb yuborsa, akantotsefalalami o'zlariga yuqtiradi. Asosiy xo'jayinlarda 
akantotsefalalar bir yildan ortiqroq yashaydi.
Bu sinfning eng keng tarqalgan turlaridan biri cho'chqada parazitlik qiladigan gi- 
gant tikanbosh - makrakantorinx (Macracanthorhynchus hirudinaceus) bo'lib, u uy 
va yovvoyi cho'chqa, burunduq, olmaxon va krotlar ingichka ichaklarida parazitlik 
qiladi (41-rasm).
Bu parazit bilan b a’zan odamlar, maymunlar, qoramollar va itlar ham zararlani- 
shi aniqlangan. Erkaklarining uzunligi 7-15 sm, urg'ochilariniki esa 70 sm gacha 
boradi. Xartumida 36 ta ilmoqlari bor. Makrakantorinxning oraliq xo'jayinlari may 
q o 'n g 'iz i, tilla q o 'n g 'iz , shoxli q o 'n g 'iz va go 'n g q o 'ng'izlarining lichinkalari, 
g'um baklari va imagolari, y a ’ni voyaga yetganlari hisoblanadi.
C ho'chqalar zararlangan q o 'ng'izlarning lichinkalarini, g'urnbak va imago davr- 
laridagilarini yeb. parazitni o'zlariga yuqtiradi. Asosiy xo'jayini ovqat hazm qilish 
organida hasharotlar hazm bo'ladi, lichinkalar esa ingichka ichakda xartumini qi- 
nidan chiqarib, ilmoqlari bilan ichak shilliq pardasiga yopishib olib rivojlanadi va 
jinsiy voyaga yetadi. Invazion lichinkaning asosiy xo'jayini organizmiga tushib. to 
voyaga yetguncha 70-100 kun vaqt o'ladi.
Tikanboshli chuvalchanglardan ayrim turlari, masalan, Pomphorhynchus lae- 
vis chuchuk suv baliqlari, shu jum ladan. m o'vlovdor baliqlar ichagida parazitlik 
qilib. ichak devorini yaralaydi, bunda ko'plab baliqlar qirilib ketadi. Ayrim hol- 
larda m o'ylovdor baliqlar ichagida parazitlar miqdori 300 tagacha yetishi mumkin.



Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling