S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning nazariy asoslari
O'zbekistonda elektrotexnikaning rivojlanishiga hissa
Download 0.68 Mb.
|
S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning
O'zbekistonda elektrotexnikaning rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlar to'g'risida O'zbekistonda energetika fanlari rivojlanishi XX asrning 30- yillariga to'g'ri keladi. Dastavval kichik bir olimlar guruhi sanoat xo'jaligi bilan hamkorlikda energetika muammolarini hal qilish ustida ishlar olib borishdi. Respublikamizda elektr energetika ilmining ilk maskani sifatida 1943 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida Energetika instituti tashkil etildi (hozirgi energetika va avtomatika instituti). Bu ilmiy dargoh oldida dastlab mavjud elektr sistemasidan foydalanishni yaxshilash, O'zbekistonning katta energetikasini barpo etish, sanoat korxonalarida elektr uskuna va qurilmalardan foydalanishni yaxshilash vazifalari turardi. ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI 18
davr talabi edi. Sohaga malakali, ilmiy-pedagogik va injener-texnik kadrlar tayyorlash vazifalari O'rta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent Davlat Texnika Universiteti), Suv xo'jaligi muammolari instituti va Energetika institutiga yuklatilgan edi. Urush yillari Moskva, Leningrad, Kiyevdan Toshkentga ko'chirib keltirilgan mashhur olimlar M.Kostenko, M.Shatelen, L.Neyman, N.Shchedrin va b. bilan bir qatorda O'zFA akademiklari A.Askochenskiy, V.Poslavskiy, R.Alimov va energetika instituti direktori O.Saidxo'jayevlar samarali tadqiqot olib bordilar. Ular Chirchiq, Bo'zsuv, Sirdaryo, Norin, Amudaryo suvidan energetika va sug'orishda kompleks foydalanish masalalarini tadqiq qilishdi. O'sha davrda M.Kostenko va yosh olim H.Fozilov o'tkazgan ilmiy izlanishlar mavjud GESlardan olinadigan quvvatni 20%ga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Urushdan keyingi davrlarda elektr energetika fanining asosiy ilmiy yo'nalishi N. Shchedrin va H.Fozilov tomonidan belgilandi va elektr stansiyalari elektr tarmoqlari va jihozlari ishlarini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini ko'tarishga qaratildi. Akademik H.Fozilov (1909-2003) rahbarligida (T.Nosirov, Q.Allayev, S.Solihov va b.) berilgan elektr sistemalarni optimal rejimlarini hisoblash sohasidagi ishlar katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etdi. Akademik G’.Rahimov (1905-1972) ning tashsbbusi bilan Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib "Elektrotexnikaning nazariy asoslari" kafedrasi (1934 y) tashkil etildi. Bu olim elektrotexnika fanini rivojlantirish sohasida ilmiy maktab yaratdi. Bu maktab ko'plab fan doktorlari (A.Karimov, P.Hasanov, Z.Ismoilov, T.Qodirov, M.Ibodullayev, Y. Rashidov va b.) hamda nomzodlarini tayyorladi. Zamonaviy eksperimental baza yaratish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashda N.Shchedrin, H.Fozilov, M.Homidxonov va Z.Solihovlarning xizmatlari katta bo'ldi. Elektroenergetika sohasini axborot va boshqarish sistemalarisiz tasavvur qilish mumkin emas. EHM yordamida energetika sistemalari rejimlarini operativ boshqarish bo'yicha ma'lumotlarni ishlab chiqish sistemasining matematik modelini akademik J. Abdullayev, elektr tarmoqlari optimal rejimini boshqarishni prof. E.Payziyev taklif etdi. Axborot va o'lchash texnikasiga doir yangi prinsipdagi birlamchi o'zgartkichlarni prof. M.Zaripov va b. ishlab chiqdilar. Elektr energiyasidan samarali foydalanish yo'nalishida akademik M.Homidxonov va uning shogirdlari (N.Usmonxo'jayev, O.Hoshimov, S.Usmonov, M.Xusanov, A.Dadajanov va b.), B. Umarov hamda A.Dzevenskiy olib borgan ishlar ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI 19
energetika va elektrlashtirish Vazirligi va uning sobiq vaziri A.Hamidov xizmatlarini alohida qayd etish joiz. Noan'anaviy energoreseruslardan, xususan, quyosh energiyasidan samarali foydalanish yo'nalishida akademiklar /.Umarov, R.Zohidov, P.Habibullayev, T.Risqiyev va b. izlanishlarini va ular rahbarligida yaratilgan jihoz va qurilmalarni ko'rsatish mumkin. Sanoat, transport, qurilish, qishloq va suv xo'jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiyasidan samarali foydalanish yo'nalishida professorlar A.Radjabov, M.Mamedshaxov, N.Bozorov, A.Muxammadiyev, M. Muxammadiyev, T.Kamolov, X.Karimov, N.Xamidov, M.Ismoilov, A. Xoliqov, S.Amirov va X.Murodov tadqiqotlarini qayd etish mumkin. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilangan vazifalarni amalga oshirish o'zbek tilida "Elektrotexnika" va "Elektrotexnikaning nazariy asoslari" fanlari bo'yicha yangi darslik va o'quv qo'llanmalarni nashr etishni taqozo etmoqda. Bu sohada professorlar A.Karimov. S.Majidov, X.Mansurov, U.Ibraximov va b. mehnatini alohida ta'kidlash zarur. ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI 20
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling