Ixtiyoriy diqqat qat’iy maqsad asosida yo’naltirilgan diqqatdir. Diqqatning
bu turi o’zini majbur qilib, zo’r berib ongni bir faoliyat ustida to’plab turishlikni
bildiradi. Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko’p va kam irodaviy
zo’r berish, jiddiylik (tanglik) bilan birga bo’lishidadir, bunda ixtiyoriy
diqqatning uzoq saqlanishi toliqishiga, ko’pincha jismoniy zo’r berishdagidan
ko’ra ko’proq toliqishga sabab bo’ladi. Shuning uchun o’qitish davrida
ixtiyoriy diqqatning kuchli to’planganligi ortiqcha davomli bo’lmasligi lozim.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi.
Bu, albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan obyektga yo’naltirilishi iroda
kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham
irodaning zo’ri bilan yo’naltirilgan obyektda to’planib turadi.
1-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |