Ixtiyoriydan so’nggi diqqat - diqqatning muayyan obyektga avvalo ixtiyoriy
ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib
boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi bo’lib, ushbu tushuncha psixologiya
faniga psixolog olim N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Ixtiyoriydan so’nggi
diqqat biror obyektga uzoq muddat qaratilishi bilan belgilanib, bunda hech qanday
sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflanmasa ham bo’ladi. Insonning yuqori
darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatini hamda barcha turdagi mehnatning
yuqori, samarali ko’rsatkichi diqqatning shu turi bilan bog’liq bo’ladi.
Diqqatning obyektga to’planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga
bog’liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining
ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish bevosita
va bilvosita shaklda namoyon bo’ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-
harakatlarning o’ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita
qiziqish esa, faoliyatning maqsadga, uning natijasiga yo’naltirilgan qiziqishdir.
Diqqat murakkab psixologik jarayon bo’lib, uning bir qancha o’ziga xos
xususiyatlari bor. Ulardan asosiylari quyidagilar:
2-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |