S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/63
Sana26.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1723069
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

«Ingliz tili» kitobi: Barakalla, bolajonlar, ingliz tili fanidan 
yana nimalarni bilasizlar?
O'quvchilar ingliz tilida sanaydilar, inglizcha qo'shiqlar ijro 
etishadi.
9 - o'quvchi:
Savodxonlik bayrami 
Tugab borar shu onda.
Dil so'zlari aytdik biz,
Rahmat deymiz hammaga.
10- o'quvchi:
Ona yurtim, omon bo‘l,
Shudir yolg'iz tilagim.
Sen uchun, xalqim uchun,
Yonib yashar yuragim.
1 1- o'quvchi:
Xayr, aziz mehmonlar,
Ota-ona, ustozlar,
Tilda zavq, dilda surur,
Tashrif uchun tashakkur.
Barchangizga ming rahmat,
Bo'ling doim salomat!
40


14- yanvar — Vatan himoyachilari kuni
«VATAN XIZMATIGA 
HAMISHA SHAYMIZ»
Sinf bayram ona bezatilgan, o'quvchilar musiqa sadolari 
ostida O'zbekiston Respublikasi bayrog'ini olib kiradilar.
O'zbekiston Respublikasining madhiyasi ijro etiladi.
1- boshlovchi:
Assalom, ustozlar, aziz mehmonlar,
Davraga yig'ilgan qalbi quyoshlar.
Sizga dildan ta ’zim, dildan ehtirom,
Bayramga jam bo'lgan do'stlar, assalom.
2 - boshlovchi: — Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, 
qadrli mehmonlar, aziz o'quvchilar.
1 - b o s h lo v c h i: — B ugun Vatan h im o y a c h ila ri kuni 
munosabati bilan Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 23 
yilligiga bag'ishlangan tadbirimizga...
Birgalikda: — Xush kelibsiz.
2 - boshlovchi: — 1991- yil 1- sentabr. Asriy orzu-umidlar 
ushaldi. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi qo'lga kiritildi. 
Mustaqil davlat sifatida o'z tili, bayrog'i, gerbi va madhiyasiga 
ega bo'ldi.
1- 
boshlovchi: — Xalqimiz o'zining ulug' maqsadi — ozod 
va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish yo'lida ulkan 
ishlarga bel bog'ladi.
0 ‘quvchi:
Shukrkim, sendayin bir jahonim bor,
Onamday mehribon jonajonim bor.
Seni kuylayman va sen uchun yashayman,
Toki qalbda qonim, tanda jonim bor.
Ey mening shuurim, so'nmas iymonim,
Sadqadir senga jon, O'zbekistonim.
O'quvchi: — Vatan muqaddas dargoh. Uning har bir qarichi 
biz uchun azizdir. Shu yurtda tug'ilib, o'sib, shu yurtda kamol 
topgan zot borki, umr bo'yi unga nisbatan buyuk muhabbat 
bilan yashaydi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling