S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/63
Sana26.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1723069
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

2- 
boshlovchi: — Yana bir bor qutlug' bayram bilan tabriklar 
ekanmiz, Siz, aziz ustozlarga tuganm as sog‘lik, baxt, uzoq 
umr, sharafli kasbingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! 
Xayr, omon bo‘ling!
(Tadbir «Ustozlar» q o ‘s h ig ‘i bilan yakunlanadi).


USTOZIM, SIZGA TA’ZIM
(Zal bayramona bezatilgan, ustoz va murabbiylarni ulug‘lovchi 
shiorlar va hikmatli so ‘zlardan namunalar osilgan. «Ustozlar» 
qo'shig'i ohista taraladi. Sahnaga ikki boshlovchi chiqadi).
1- boshlovchi:
Go‘daklarga mehr bergan muallim,
Qo'llariga kitob tutgan muallim,
Navoiydek dono etgan muallim,
Shogirdlar sizga qilurlar ta ’zim.
2- boshlovchi:
Sarvari jahonda guldir muallim,
Bezabonga zabon, bulbul muallim.
Donishmanddek ochiq ko'ngil muallim,
Shogirdlar sizga qilurlar ta’zim.
1- boshlovchi: Assalomu alaykum, mehri daryo, qalbi 
quyosh, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek ezgu ishga qalb 
qo'rini, bor mehrini baxshida etib faoliyat ko'rsatayotgan jonkuyar, 
fidoyi muallimlar, aziz ustozlar!
2- boshlovchi: — Assalomu alaykum, aziz mehmonlar hamda 
o'quvchilar! Xalqimizda o ‘qituvchilik azal-azaldan e ’tiborli kasb 
hisoblanadi. Dunyoning hech qaysi mamlakatida o'qituvchi- 
m u ra b b iy la rg a nisbatan bu q a d a r e ’tib o r q a ra tilm a g a n . 
Respublikamiz Prezidentining Farmoni bilan 1997- yildan boshlab
1- oktabr — 0 ‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami 
sifatida nishonlanmoqda.
1- boshlovchi: Ustozlarga 
bag'ishlab o ‘tkazilayotgan 
b ug u ng i bayram kecham izni Davlatirm z m adhiyasi bilan 
boshlaymiz.
(O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi, hamma 
unga jo 'r bo'ladi).
2- boshlovchi: 
— Sharafli kasbi faxru g'ururiga aylangan 
fidoiy ustozlarimizning nomlarini iftixor bilan tilga olsak, ularni har 
qancha e ’zozlasak arziydi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling