MAHALLAM OBOD - YURTIM OBOD
Maktab sahnasi bayramona bezatilgan. Sahna peshtoqida
« Q a d r-q im m a tim , ta y a n c h im
va iftix o rim s a n , m u s ta q il
0 ‘zbekiston!» shiori osiigan. Gullar, sharlar, turli dekoratsiyalar
k o 'ta r in k i
ruh
b a g ‘ is h la y d i.
T a d b ir d a v o m id a
m illiy
qadriyatlarimizga alohida e ’tibor qaratiladi.
Mayin musiqa sadolari ostida milliy libosda sahnaga o 'g ‘il
va qiz boshlovchilar kirib kelishadi.
Ular ona-Vatanni madh
etib she’r o'qishadi.
1- boshlovchi:
Jamolingni ko‘z-ko‘z qilay Vatanim,
Kundan-kunga jilvalanar oftobim.
Bag'ishlayman butun borim,
jon-tanim,
Asl yurtim, iftixorim, mohitobim.
2- boshlovchi:
Sog‘inaman, uzoqda ham boringni,
Mo'jaz uyim, kutar qutlug' ostonam.
Asaldayin shirin bog‘-u rog'ingni,
Vatan ishqin, qalbga solgan darsxonam.
1- boshlovchi:
Obod bo‘lding,
yurtlar aro yagonam,
Bayramlar ko‘p, yangrayversin taronam.
Qadamimiz mardlar kabi mardona,
Oayerda bor shunday qutlug1 zamona!
2 - boshlovchi:
Maqtayversak, maqtagulik Vatan bu,
Gulga to'lgan chaman ichra chaman bu.
Shukronalar
aytib kuylar vasfingni,
Kuchga to ’lgan, Boychibor-u Saman bu.
1- boshlovchi: — Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar!
2 - boshlovchi:
—
Assalomu alaykum, aziz ustozlar,
hurmatli aka-opalar! Qadrli d o ‘stlar!
1-
boshlovchi:
— Bugungi o'tkazilayotgan <'Mahallam
obod — yurtim obod» deb nomlangan bayramga xush kelibsiz!
( 0 ‘zbekiston R espublikasi Davlat m adhiyasi yangraydi.
Barcha unga jo 'r bo'ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: