ruhida tarbiyalashda q o 'lg a kiritgan
ulkan m uvaffaqiyatlari
evaziga davlatimizning faxriy unvonlariga sazovor bo'lishadi.
2 -
boshlovchi (shoir Abdulla Oripovning «Muallimlarga»
she’rini aytadi):
— Olamda ko'p erur muborak onlar,
Tabarruk zotlar ham garchand ko'p erur.
Sizgadir
ilk rahmat, aziz insonlar,
Munis
muallimlar, sizga tashakkur.
1- boshlovchi: — Aziz ustozlar,
siz bizni ilk bor maktab
bag'rida tabassum va mehrli nigohlar bilan qarshi oldingiz.
Bizning jajji qo'llarim izga ilk bor qalam tutqazib, o'qish va
yozishni o'rgatdingiz. Siz tufayli savodimiz chiqdi.
2 - boshlovchi: — Bugun esa a ’lo baholarga o'qib,
kelajakda
ota-onam iz orzu qilganidek, Vatanimizga
m unosib farzand
bo'lishga, unga sidqidildan xizmat qilishga intilmoqdamiz.
1-
boshlovchi: — Shuning uchun ham sizlarga hurmatimiz
cheksiz.
(O'quvchilar Po'lat M o ‘minning ustozlarni ulug'lab yozgan
sh e ’rini ifodaii o'qishadi).
Ustoz yo'li porloqdir, ustoz yo'li yorug'dir,
Ustoz ko'ngli — xazina, saxovatga to'liqdir.
Yetsang
ustoz qadriga, eling seni ardoqlar,
Mo'min, bilsang ustozing otangdayin ulug‘dir.
(Ilyos Muslim sh e ’ri, F. Nazarov musiqasi bilan aytiladigan
«Maktabim» q o ‘s h ig ‘i ijro etiladi. Navbat yana o ‘quvchilarga
beriladi. Ular ustozlari haqida m aqol va hikm atli so ‘zlardan
namunalar aytishadi).
1- o'quvchi: — Ustoz otangday ulug‘ .
2 - o'quvchi: — Ustozsiz shogird — jonsiz terak.
Do'stlaringiz bilan baham: