0 ‘quvchi:
— Yuragimda tulporlaring dukurlari,
Qaysi yurtning bordir buyuk Temurlari?
Olovlardan omon chiqqan Semurg‘lari,
Sen azizsan,
muqaddassan,
ey sajdagoh,
O'zbekiston,
ota makon, ona tuproq!
0 ‘quvchi:
— Kimlarningdir ko'kragida tum or bo'lding,
Kimlarningdir kiprigida g'u bor bo'lding,
Gohida mard bir o'g'longa xumor bo'lding,
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
O'zbekiston, ota makon, ona tuproq!
0 ‘quvchi:
— Asl farzand merosiga posbon bo'lgay,
Ozod elning orzulari osmon bo'lgay,
Bobolarim ismin aytsam doston bo'lgay,
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
O'zbekiston, ota makon, ona tuproq!
0 ‘quvchi:
— Ota uyin farog'atin bilmaganlar -
Ikkisi bir, biri ikki bo'lmaganlar,
Tuproqtegi bo'lib zor-zor yig'laganlar...
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
O'zbekiston, ota makon, ona tuproq!
0 ‘quvchi:
— Daryolaring izlarida daryo bo'lgay,
Daholarning avlodi ham daho bo'lgay!'
Fido bo'lsa, shu Vatanga fido bo'lgay,
Fido bo'lsa, shu Vatanga fido bo'lgay:
O'zbekiston, ota makon, ona tuproq!
Boshlovchi: — Mustaqil O'zbekiston Respublikasi o'z
davlat
ram zlari: m adhiyasi, g e rb i, b a y ro g 'i va bosh qom us —
Konstitutsiyasiga ega. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i
Oliy Majlisning navbatdan tashqari o'tkazilgan
VII sessiyasida
1991- yil 18- noyabr kuni tasdiqlangan.
O'quvchi: — Bayrog'imda moviy rang
Samodan berar darak.
Har rangida doimo,
Yaxshiliklar mushtarak.
O'quvchi: — Moviy rang — tiriklik manbayi bo'lgan obi-
hayotni, musaffo osmonimizni aks ettiradi.
0 ‘quvchi: — Bayroqdagi oq rang muqaddas tinchlik ramzidir.
Oq
rang poklik, beg'uborlik, soflikni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: