S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


O’z-o’zini tekshirish uchun savollar


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: 
1. Sanoat chiqindilari asosida qanday g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqariladi? 
2. G‘ovak tog‘ jinslari chaqiq toshini yumshash koeffitsienti qanday chegarada 
bo‘lishi kerak? 
3. G‘ovak to‘ldiruvchilar qanday sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha markalanadi? 
4. Sanoat chiqindilaridan foydalanish ekologiya va iqtisodiyotga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi? 
5. Metallurgiya shlaklari qaysi xomashyo asosida olinadi? 
6. Domna shlaki asosida chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasini keltiring? 


116 
7. Granullangan shlak qanday olinadi? 
8. Metallurgiya shlaki va yoqilg‘i shlaki nima? 
9. YOqilg‘i shlaklari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchini keltiring? 
10. Yirik va changsimon yoqilg‘ilardan qanday shlaklar olinadi? 
11. YOqilg‘i elektrostansiyalari kullari nimalardan iborat? 
12. YOg‘och va boshqa sanoat chiqindilari asosida to‘ldiruvchilarni keltiring?
13. Yig‘ma temir-beton sanoati chiqindilari. 
14. Asbestotsement buyumlari chiqindilari. 
15. Sanoat 
chiqindilari 
asosidagi 
to‘ldiruvchilar 
qanday
betonlarda ishlatiladi? 
16. Ikkilamchi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilarni keltiring? 


117 
 
 
1-§. Umumiy ma`lumotlar
 
YEngil g‘ovakli to‘ldiruvchilarini qo‘llanilishi issiqizolyasiya, devor 
panellari, yaxlit devorlar va turli yuk ko‘taruvchi samarali engil betonlarni olish 
mumkin. Og‘ir to‘ldiruvchilarni yengil to‘ldiruvchilarga almashtirish natijasida 
betonning xususiyatlarini kerakli darajada o‘zgartirish, zichligini kamaytirish
issiqlik o‘tkazuvchanligi va boshqalarni yaxshilash mumkin. Issiqlikni izolyasiya 
qiluvchi devorbop panellar, monolit devorlar va har xil yuk ko‘taruvchi 
konstruksiyalar tayyorlashda yengil g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlatib, samarali 
yengil betonlar olish imkonini beradi. SHuningdek ayrim g‘ovak to‘ldiruvchilarni 
etarli mustahkamligi asosida yuqori mustahkamlikdagi konstruksion yengil
betonlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar betonda 
qo‘llanilishi bo‘yicha yuqori sifat va samaradorligi bilan ajralib turadi. 
Respublikamizda tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar zahirasi yetarli bo‘lmaganligi 
sababli sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi, ayniqsa sanoat 
chiqindilari asosida g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. 
SHu sababli O‘zbekistonning turli rayonlarida sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab 
chiqaruvchi korxonalar qurilgan. Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish 
korxonalari xomashyo (mahalliy xomashyodan foydalanish) bor, hamda suv, gaz, 
elektr tarmoqlari mavjud va ularga talab bo‘lgan rayonlarda quriladi. Sun’iy 
g‘ovak to‘ldiruvchilarning tannarxi tabiiy to‘ldiruvchilarga nisbatan yuqori, lekin 
chetdan keltiriladigan to‘ldiruvchilarga nisbatan arzonroqdir.
Beton uchun qo‘llaniladigan sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar turlari ko‘p: 
keramzit, agloporit, kamporit, shlakli pemza, kupchitilgan perlit, dolomit, 
karboporit va b.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling