S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


-§. Kul va kul-shlakli aralashmalar


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

4-§. Kul va kul-shlakli aralashmalar. 
Har yili ko‘mir, slanets yoki torfda ishlaydigan issiqlik elektrostansiyasi 
pechlaridan katta miqdorda kul chiqadi. Biroq undan kam foydalaniladi. Ilmiy 
tadqiqotlar va ishlab chiqarish tajribasidan ma’lumki issiqlik elektrostansiyasi 
kullari betonlar uchun mayda to‘ldiruvchi sifatida yoki to‘ldiruvchilar ishlab 
chiqarish uchun xomashyo sifatida ishlatish mumkin. 


112 
Kul dispersli material bo‘lib, asosan 0,16 mm dan kichik bo‘laklardan tashkil 
topadi. 0,16mm ko‘zli elakda qolgan qoldiq 20-40% ni tashkil etadi. Kul bo‘laklari 
g‘ovak strukturaga ega. Quruq kulning uyilma zichligi yoqilg‘i turi va uni yoqish 
sharoitidan kelib chiqib 600-1300 kg/m
3
ni tashkil etadi. 
O‘zRST 694-96 “Betonbop issiqlik elektrostansiya kul-changi. Texnik 
shartlar” ga ko‘ra kuldan mayda to‘ldiruvchi sifatida tabiiy yoki maydalangan 
qum, hamda granullangan shlak bilan aralashtirib betonda foydalanish yaxshi 
samara beradi. Bu sement sarfini kamaytirishga va beton xususiyatlarini 
yaxshilashga olib keladi. 
Hozirgi vaqtda kuldan zich va yacheykali kulbetonlarda, hamda mayda 
to‘ldiruvchi sifatida og‘ir va engil betonlarda foydalaniladi. 
Kuldan foydalanishdagi qiyinchiliklar asosan issiqlik elektrostansiyasi 
pechlarida kullar suv ta’sirida tozalanadi. Kulning esa quruq holatida sifati va 
samaradorligi yuqori bo‘ladi. 
Konstruksion-issiqlikdan 
himoyalovchi 
engil 
betonlarda 
issiqlik 
elektrostansiyasi kullaridan mayda to‘ldiruvchi sifatida ishlatishdagi texnik 
shartlarda uning donadorlik tarkibi va undagi xavfli qo‘shimchalar keltirilgan. 
Sifati past ko‘mirni yoqishda hosil bo‘lgan kulning tarkibida yonmagan 
yoqilg‘i miqdori 5% gacha, tosh ko‘mir va antratsitni yoqishda hosil bo‘lgan kul 
tarkibida esa 12 % gacha (massa bo‘yicha) standartda ruxsat etiladi. 
Ko‘p hollarda kul tarkibida yonmagan yoqilg‘i miqdori 20% gacha, ba’zan 
esa 40% gacha tashkil etadi. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling