S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
-§. CHo‘kindi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
3-§. CHo‘kindi tog‘ jinslari asosidagi to‘ldiruvchilar.
CHo‘kindi tog‘ jinslari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchilar olishda asosan karbonat g‘ovak ohaktoshlar, chig‘anoqlar va krenezyom g‘ovak jinslar ishlatiladi. Ohaktoshlarni maydalashda zichligi 1800 kg/m 3 dan kam bo‘lgan va uylma zichligi 1000 kg/m 3 gacha bo‘lgan g‘ovak shag‘al (donalar orasidagi bo‘shliqlik 40- 50%) olinadi, bu material O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinslari asosida chaqiq tosh va shag‘al” bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchining klassifikatsiyasiga mos keladi. Ohaktosh chig‘anoqlar o‘zida cho‘kindi jinslarni kichik chig‘anoq, ohaktosh bo‘laklarining sementlashgan holatidagi yig‘indisini mujassamlashtiradi. Ular oddiy mayda g‘ovakli ohaktoshlardan yirik g‘ovakli strukturasi bilan farqlanadi. Ohaktosh chig‘anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m 3 ni tashkil etadi, bunda siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, oddiy g‘ovak ohaktoshlarda esa zichlik 1600-1800 kg/m 3 ni tashkil etib, bunda mustahkamlik chegarasi 25MPa gacha bo‘ladi. Bundan tashqari g‘ovak ohaktoshlarni boshqa turlari xam uchraydi, ohaktosh tuf zichligi 1400-1800 kg/m 3 bo‘lib, siqilishga mustahkamlik chegarasi 5-15MPa ni tashkil etadi. G‘ovak ohaktoshlarning mustahkamlik chegarasi 4-5chi darajali zichligiga proporsional bo‘lib, bunda mustahkamlikning pasayishiga g‘ovaklikning ta’siri 102 bo‘ladi, bunda pemza, lava tuflari va vulqon tufiga nisbatan kam mustahkamlikka ega. CHig‘anoqlarning zichligi pasayishi (5-6 baravar) bilan uning mustahkamligi ham pasayadi, bu esa chig‘anoq donalarining kompakt bo‘lmagan holda joylashgani bilan izohlanadi. Maydalangan bunday to‘ldiruvchining donalari mustahkamligi, tog‘ jinslari mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. SHu sababli g‘ovak ohaktosh va chig‘anoqlardan sement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m 3 va mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin. G‘ovak ohaktosh va chig‘anoq zahiralari asosan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda, Ukraina, Moldaviya va Ozarbayjonda mavjud. Ulardan asosan massiv tosh materiallar konlarda qolgan chiqindilarni maydalab va saralab beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar olinadi. CHo‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit, alevrolitni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan. Ularning katta zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m 3 , siqilishda mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Donalari strukturasi donador va mayda g‘ovaklikka ega. YUqorida ko‘rsatilgan jinslar tarkibida amorf kremnezem, opal va xalsedon ko‘rinishda uchraydi. Ular sement ishqorlari bilan aktiv bog‘lanadi. SHu sababli bu to‘ldiruvchilarning sementli betonda qo‘llash xavfli bo‘lib, unda emirilishni keltirib chiqaradi. Download 3.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling