S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Rasm - 4.7. Valsli maydalagich


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

 
Rasm - 4.7. Valsli maydalagich 
 
 
Sortirovkalash (groxotlash) 
Groxotlash (elash) – sochilma materiallarni groxotda zarralarini yirikligi 
bo‘yicha ajratish (sortirovkalash) jarayonidir.
Texnologik vazifasiga ko‘ra groxotlash: 
- yordamchi, shuningdek dastlabki – mayda klasslarini ajratib maydalagichga 
yo‘naltirish (ochiq siklda maydalaganda); 
- nazorat va tekshiruv – maydalangan materialning mayda klasslarini ajratish
(berk siklda maydalaganda); 
- birlashtirilgan – kompleks (dastlabki va nazorat) – ikkita jarayon bittaga 
birlashtirilgan (berk siklda maydalaganda); 


92 
- tayyorlov – turli klass yiriklikdagi maxsulotni ajratib maydalash maqsadida 
ajratish; 
- mustaqil yoki mexanik sortirovkalash – tayyor maxsulot (sortlar bo‘yicha)
olish va iste’molchiga yuborish.
- Yiriklikni tartibga solish uchun, o‘z vaqtida, maydalashga yo‘naltirilayotgan 
materialning miqdorini to‘g‘ri ta’minlashda elash ishlari bajariladi. 
- Texnologik sharoitga bog‘liq holda quyidagi turdagi elash ishlari bajariladi: 
dastlabki, nazorat va yakuniy (tayyor mahsulot). 
Dastlabki elash, maydalashga tushayotgan materialdan mayda sinfga 
mansub 
bo‘laklarni 
ajratish 
uchun 
bajariladi 
(rasm-4.3). 
Natijada 
maydalagichlarning ishlash sharoiti yaxshilanadi va mahsuldorligi ortadi. 
Nazorat elash, yopiq siklda qayta maydalashga yo‘naltirilgan mahsulotdan 
alohida sinflarni ajratib olish uchun xizmat qiladi. YOpiq sikl maydalashning 
yakuniy bosqichida nazarda tutiladi (rasm-4.4). YOpiq siklda maydalashda kerakli 
fraksiyaning chiqishi ortadi va chaqiq tosh dona shakli yaxshilanadi. 
YAkuniy elash, iste’molchiga tovar fraksiyali chaqiq toshni olish va jo‘natish 
(rasm-4.4) uchun bajariladi. 
- Barcha tog‘ konlari u yoki bu darajadagi mustahkamligi bo‘yicha bir jinsli 
bo‘lmagan toshlardan tashkil topgan. 
-


93 
Rasm-4.8. Har bir bosqich 
maydalash oldidan elash sxemasi: 
1- g‘alvir; 2- maydalagichni 
chetlab o‘tish uchun transportyor; 3- 
maydalagich: “+” va “-” panjara usti 
va panjara ostidagi (mayda sinflar) 
mahsulotlarga mos keladi. 
Rasm-4.9. Maydalashning yakuniy 
bosqichida yopiq sikl sxemasi: 
1-nazorat elash;
2-yakuniy (tovar) elash. 
 
CHaqiq toshni boyitish yuqorida keltirilgan kabi shag‘al singari amalga 
oshiriladi. 
CHaqiq tosh uchun saylanma maydalash prinsipi asosida boyitish maqsadga 
muvofiqdir. Bu usul quyidagilarga asoslangan. Maydalanayotgan toshning 
maydalik darajasi nafaqat maydalagich turi, ishlash rejimi va uni to‘g‘irlashga, 
balki toshning mustahkamligiga bog‘liq. 
Agar doimiy rejimda ishlayotgan maydalagichdan turli mustahkamlikdagi 
toshlarni o‘tkazsak, u holda tosh mustahkamligi qancha kichik bo‘lsa, 
maydalangan mahsulot ham mayda bo‘ladi. SHu sababli maydalagandan so‘ng 
mahsulotdan mayda fraksiyani elashda, panjara ostida qoladigan mahsulot nisbatan 
bir jinsli va mustahkam hisoblanadi. 
Bu erda qo‘shimcha elashning yana bir afzalligini ko‘rish mumkin, ya’ni 
mustahkamligi 
past fraksiyalarniajratib, yakuniy mahsulotni boyitish 
imkonini beradi ( rasm-4.10). 

Rasm-4.10. Saylanma maydalash prinsipi bo‘yicha chaqiq toshni boyitish: 
 1-kichik 
mustahkamlikdagi 
mahsulotning 
chiqishi; 
2-yuqori 
mustahkamlikdagi mahsulotning chiqishi; 


94 
 
Saylanma 
maydalash 
samaradorligi 
kuch 
ta’sirida 
ishlaydigan 
maydalagichlarda yuqori bo‘lib, toshlar kuch ta’sirida maydalanadi. SHu 
maqsadda maxsus bolg‘ali, rotorli maydalagichlar, dezintegratorlar ishlatiladi. 
CHaqiq toshni yuvish qachonki unda chang miqdori O‘zRST 8267-93 
“Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” talabidan oshsagina 
bajariladi. Bu esa, ho‘l elash jarayonida bajarilib, suv g‘alvirlar ostidan sepiladi. 
CHaqiq toshni quruq usulda havo ta’sirida changsizlantirish istiqbolli hisoblanib
elash jarayoni bilan birgalikda bajariladi. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling