S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Maydalagichlar turlari va qisqacha ta’rifi


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

 
 Maydalagichlar turlari va qisqacha ta’rifi 
Maydalagichlar konstruksiyasi va maydalash prinsipi bo‘yicha jag‘li, konusli, 
valkali, bolg‘ali turlarga bo‘linadi.
 Jag‘li maydalagichlar 
Erkin tebranadigan jag‘li maydalagichlarda material ikkita jag‘ orasiga tushib 
eziladi, ulardan bittasi siljimaydigan, ikkinchisi siljiydigan-tebranadigan. 
Tebranadigan jag‘ harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan o‘qga sharnir osib 
qo‘yilgan va damaki-damaki siljimaydigan jag‘ga yaqinlashadi va uzoqlashadi. 
Maydalanadigan material (shag‘al) ikki jag‘ orasiga yuqoridan tushadi. 
Maydalangan maxsulot siljiydigan jag‘ orqaga qaytganda maydalagichdan pastga 
tushadi. 
Maydalangan maxsulotda parchalar maksimal yirikligi jag‘lar orasidagi
chiqish joyidagi tirqish eni bilan ifodalanadi.


88 
Rasm -4.3. Jag‘li maydalagich 
 Konusli maydalagich  
Konusli maydalagich uzining tipovoy o‘lchamlari tartibi bo‘yicha yirik, 
o‘rtacha va mayda maydalash turlariga bo‘linadi.
Konusli maydalagichning asosiy maydalash harakati – ezish b’zida 
parchalash. Materialni maydalash uzluksiz davom etadi, bu esa jag‘li 
maydalagichga nisbatan materialni maydalash kamerasida ko‘proq vaqt bo‘lishini 
ta’minlaydi.
Rasm -4.4. Konusli maydalagich 


89 
Rotorli maydalagich 
Rotorli maydalagich yumshoq materiallarni maydalashga mo‘ljallangan. 
Rotorli maydalagich shuningdek kam abraziv (charxlash, silliqlash asboblari 
uchun ishlatiladigan mayda donador qattiq materiallar) materiallarni maydalash 
uchun ishlatiladi. 
Qattiq jinslarni rotorli maydalagichda maydalash samarasizdir, chunki 
maydalash elementlari tezda ishdan chiqadi. 
Rotorli maydalagichlarning afzalliklari: 
- ishlab chiqarish quvvati yuqoriligi (yuqori samarador); 
- konstruksiyasi soddaligi; 
selektiv maydalash imkoniyati ( mustahkamligi bo‘yicha yumshoqroq zarralar 
yaxshi maydalanadi).

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling