S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


SHag‘alni yuvish va boyitish


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

SHag‘alni yuvish va boyitish
SHag‘alni gidromexanizatsiyalashgan qazib olishda yuvish ishlari
changsimon, gilsimon va loysimon bo‘laklarni olib tashlash birgalikda bajariladi. 
Konlarni quruq usulda qayta ishlashda olingan shag‘al elash jarayonida suv bilan 
yuviladi. 
Biroq ko‘p hollarda shag‘alda tozalash qiyin bo‘lgan gilli qo‘shimchalar 
mavjud bo‘ladi, ularni tozalashda nafaqat suvda yuviladi, balki maxsus 
mashinalarda mexanik ta’sir ko‘rsatiladi. 
Rasm-3.5. SHag‘al yuvuvchi skrubber-butardaning sxemasi: 
1-ortish novi; 2-tishli po‘lat baraban; 3-panjara qism(butarda); 4-suvni 
uzatish. 
 
Masalan, 
skrubber-butarda 
(rasm-3.5) 
yirik 
shag‘allar barabanning 
aylanishida qayta ishlanadi, bunda baraban ichi tishli po‘lat list bilan qoplanadi, 
natijada dona yuzasidagi gil plyonkasi olib tashlanadi. 
K-12 va K-14 markali shag‘al yuvgichlarda yirikligi 40mm gacha bo‘lgan 
materiallar tozalanadi va uning mahsuldorligi 70-100 m
3
/soat ni tashkil etadi. 
Yuvish davomiyligi 2-3 min, suv sarfi esa 2,5-3 m
3
/tonna. 
Hozirgi vaqtda truba shaklidagi ishchi organli titratib-yuvuvchi mashinadan 
samarali foydalanilmoqda. Titratib-yuvuvchi mashina yirikligi 20-120mm 


78 
yiriklikdagi materiallarni yuvishda ishlatiladi, bunda o‘rtacha va qiyin yuviladigan 
qo‘shimchalar 10-12% ni tashkil etishi kerak. 
Titratib-yuvuvchi mashinaning mahsuldorligi 30-70 m
3
/soat, suv sarfi esa 40-
100m
3
/soat ni tashkil etadi. Bunday mashina sxemasi rasm-3.6 da keltirilgan. 
Rasm3.6. Titratib-yuvuvchi mashina: 
1-qoplangan tarnov; 2-suvni jo‘natish; 3-prujinali osma; 4- titratgich; 5-
shag‘alni ortish 
 
Rasm-3.7. Shag‘al donalarining elastikligi bo‘yicha ajratish mashinasi: 1-
yuqori sifatli shag‘alni boyitish; 2-keyingi sinf; 3-past sifatli shag‘al; 4-elastik 
plita; 5-qayta ajratishga jo‘natish; 6-ta’minlovchi; 7- sarflanuvchi shag‘al. 


79 
SHag‘alni yuvish qoplangan qiya joylashtirilgan tarnovlarda bajariladi. 
Tarnovda titratish natijasida shag‘al bo‘sh holatga keladi, vint shaklidagi 
harakatlanishi sababli, to‘kish qismiga joylashadi. 
Donalar o‘zaro ishqalanishi va suv qo‘shilishida gilli qo‘shimchalardan 
tozalanadi. 
SHag‘alni va chaqiq toshni boyitish jarayoni bir qancha usullarda bajarish 
mumkin: elastiklik xususiyati, dona zichligi va boshqa. 
SHag‘alni elastikligi bo‘yicha ajratishning eng oddiy va keng tarqalgan usuli 
rasm-3.7 da keltirilgan. 
SHag‘al donalari ta’minlovchi yordamida kichik qavatlarga taqsimlanadi va 
pastga uloqtiriladi. Qiya po‘lat plitaga ma’lum balandlikdan tushayotgan shag‘al 
donalari o‘zining elastiklik kuchi ta’sirida turli burchak ostida otiladi, bunda 
donalar turlicha tezlik va traektoriyaga ega bo‘ladi. 
O‘ta mustahkam va elastik shag‘al donalari uzoqroqqa otilsa, nisbatan 
bo‘shlari-yaqinroqqa va alohida bunkerda yig‘iladi. 
Bu holatda, donalarning harakat tezligi ularning elastikligi bilan birga dona 
shakli va yirikligiga bog‘liq. Biroq bo‘sh donalarning boyitilgan 
shag‘al bunkeriga tushishi ehtimoli kam. Sanoat tajribasidan ma’lumki 
boyitishning bunday usuli etarlicha samara beradi. 
Alohida donalarni turli ishqalanishi bo‘yicha boyitish, boyitilgan materialning 
tabiiy (rasm-4.8) burchagi bo‘yicha amalga oshiriladi. Donalarning qiya yuzasi 
bo‘yicha harakatlanishi tezligi asosida ma’lum bunkerga tushadi. 
Baraban tipidagi separator po‘lat silindrdan iborat bo‘lib, material
oqimiga qarshi aylanadi (rasm-4.9). Boyitiliayotgan material yo‘naltiruvchi 
varonka bo‘yicha barabanga uzatiladi. Nisbatan mustahkam donalar bir tomonga 
tushsa, nisbatan bo‘sh donalar esa boshqa tomonga tushadi. 


80 
Rasm-3.8. Shag‘alni (chaqiq toshni) 
 donalari harakati tezligi bo‘yicha 
ajratish 
Rasm-3.9. Baraban tipidagi 
separator 
 
Rasm-3.10.Titratishda 
qavatlanishia-boshlang‘ich; b-
yakuniy holati 
Rasm-3.11. Porshenli cho‘ktiruvchi 
mashina: 1-porshen; 2-engil fraksiya; 3-
og‘ir fraksiya; 4-qo‘zg‘almas panjara; 5-
suv 


81 
Shag‘al donalarini zichligi bo‘yicha ajratish, gravitatsion ham deb ataluvchi 
usul shunga asoslanganki, bunda mustahkam donalar nisbatan zich bo‘ladi, 
bo‘shlari esa nisbatan g‘ovak, engil bo‘ladi. 
Gravitatsion usulda shag‘alni og‘ir muhitda cho‘ktirish va boyitish mumkin. 
Cho‘ktirish muhiti quyidagilardan iborat. Agar bir jinsli bo‘lmagan materialni tez-
tez titratib turilsa qavatlanish yuzaga keladi, ya’ni og‘ir donalar pastga cho‘kadi, 
engillari esa yuqoriga chiqadi (rasm-3.10, a). 
Agar aralashma bir xil yiriklikdagi og‘ir va engil donalardan (rasm-5.10. a) 
tashkil topsa, u holda ko‘p martali titratishda qavatlanish chizig‘i balandlik 
o‘rtasida (rasm-3.10, b) hosil bo‘ladi. 
Sanoatda shag‘alni cho‘ktirish suvli muhitda bajariladi. SHag‘al cho‘ktirish 
mashinalari qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas panjarali bo‘ladi. 
Qo‘zg‘almas panjarali shag‘al cho‘ktirish mashinasining sxemasi (rasm- 3.12) 
da keltirilgan. Bunda porshen yoki diafragmani harakatlanishi suv pulsatsiyasida 
yuzaga keladi. 
Boyitilayotgan material qavati chiquvchi suv oqimida ko‘p marta titratiladi va 
tindiriladi. Material to‘la qavatlangandan so‘ng qavatlar alohida ajratiladi.
 
Rasm-3.12. Qo‘zg‘aluvchan panjarali shag‘al(chaqiq tosh)ni cho‘ktiruvchi 
mashina: 1-yuklash tarnovi; 2-panjara; 3-yuvilgan qoldiq(shlam); 4-og‘ir 
fraksiya; 5-engil fraksiya; 6-tarmog‘. 


82 
 
Rasm-3.13. To‘ldiruvchilarni og‘ir muhitda ajratuvchi separator: 
1-suspenziyani uzatish; 2-cho‘kgan fraksiya; 3-baraban; 4-suzib chiqgan 
fraksiya. 
Shag‘alni boyitish xuddi shunday qo‘zg‘aluvchan panjarali cho‘ktiruvchi 
mashina (rasm-5.13) da ham bajariladi, faqat bu holatda suvning va boyitilayotgan 
materialning nisbiy harakatlanishi krivoship-shatun mexanizmi yordamida 
panjaraning pulsatsiyasi orqali bajariladi. 
Og‘ir muhitda shag‘alni ajratish yanada samarali hisoblanadi. U 
quyidagilardan iborat. 
Agar donalari zichligi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmagan materialni zichligi 
boyitilayotgan materialning engil donalari zichligidan katta va og‘ir donalari 
zichligidan kichik suyuqlikka joylashtirilsa, u holda engil (nisbatan bo‘sh) donalar 
yuzaga suzib chiqadi, og‘irlari esa cho‘kadi. 
Ajratuvchi muhit sifatida suv va magnetit kukuni (ρ = 4,9-5,2 g/sm
3
), 
ferrosilitsiy (ρ = 6,3 g/sm
3
) yoki boshqa og‘ir materiallar suspenziyasi ishlatiladi. 
Bu materiallar o‘ta mayin tuyilgan bo‘lishi shart. SHag‘alni og‘ir muhitda 
boyitishda rasm-6.13 da keltirilgan separatorlar ishlatiladi. 


83 
Separatorga solingan shag‘al donalari barabanning aylanishida uning 
spiraliga joylashadi. Suspenziyaga cho‘kgan donalar elevator yordamida tarnovda 
uzatiladi. Suspenziya to‘xtovsiz barabanga kelib tushadi va suzib chiqgan donalar 
bilan oqib chiqadi. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling