S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


-§. Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

4-§. Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish 
G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish, bu ularning zichligi va mustahkamligi 
bo‘yicha bir jinsliligini oshirish, donalar shaklini yaxshilash va chang miqdorini 
kamaytirishdan iborat. Zich jinslardan olinadigan to‘ldiruvchilarni boyitish 
jarayoni g‘ovak to‘ldiruvchilarga ham taaluqlidir. 
Biroq engil g‘ovak to‘ldiruvchilarning xususiyatlarini aniqlashda, boshqa 
boyitish usullaridan foydalaniladi. 
Masalan, suvli muhitda aniqlanuvchi ishlar havo muhitida bajariladi. Buning 
uchun pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinalardan foydalaniladi (rasm-5.1). 


103 
Rasm-5.1. Pnevmatik cho‘ktiruvchi mashinaning sxemasi: 
1- ventilyatorda havoni uzatish; 2-klapanlar; 3-panjara; 4- yuklash; 5- o‘ta 
og‘ir donalarni saralash; 6- nisbatan og‘ir donalarning chiqishi; 7-engil 
mahsulotlarning chiqishi; 8-changlangan havo. 
 
 
Rasm-5.2. G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish uchun ishlatiladigan 
separatorning sxemasi: 
1-panjara; 2-filtr; 3-xavo uzatish; 4-qum; 5- to‘ldiruvchilarni yuklash; 6-
engil maxsulotning chiqishi; 7-nisbatan og‘ir maxsulotning chiqishi. 


104 
 
Ventilyatordan tushuvchi havo oqimi bir klapandan boshqa mashina 
klapaniga ketma-ket uzatiladi va panjarada material qavatida pulsatsiya sodir 
bo‘ladi. Natijada havo oqimi tasirida material ikkita engil va og‘ir qismlarga 
ajraladi. Bunda og‘ir donalar pastga va engillari yuqoriga chiqadi. To‘ldiruvchilar 
og‘ir va engiliga ajratiladi va shu bilan birga changdan tozalanadi. 
Og‘ir to‘ldiruvchilarni ajratish suvli suspenziyada bajarilsa, g‘ovak 
to‘ldiruvchilarni ajratish pnevmosuspenziyada bajariladi. Bu qurilma (rasm- 8.2) 
quyidagicha ishlaydi: filtr orqali havo qum qavatiga uzatiladi va natijada qum 
qaynaydi. Qumning zichligi va yirikligi bo‘yicha kerakli zichlikdagi suspenziyaga 
moslab tanlanadi, bu erda yirik g‘ovak to‘ldiruvchi bir qismi cho‘kadi, qolgani 
qumning yuzasiga chiqadi. Ikkita sinfga ajratilgan yirik to‘ldiruvchi qum bilan 
birga olinib, elak(groxot)dan o‘tkaziladi. Qum yana qurilmaga qaytariladi. 
To‘ldiruvchilarni sinflarga ajratish havo oqimi ta’sirida ham bajariladi (rasm-5.3). 
Rasm-5.3. G‘ovak to‘ldiruvchilarni havo oqimi ta’sirida ajratish: 
1-engil maxsulot; 2-nisbatan og‘ir maxsulot; 3-ventilyator; 4-ta’minlovchi 
 
Bunday usulda yirik to‘ldiruvchilarning zichligi bo‘yicha sinflarga ajratish 
mumkin. YUqorida sanalgan barcha usullarda g‘ovak to‘ldiruvchilarni ikki sinfga 


105 
ajratish mumkin, ya’ni uni bir jinslilikka keltiriladi va og‘ir qo‘shimchalardan 
xalos etiladi. 
Masalan, pemzada og‘ir vulqon shishasi(obsidian) donalari mavjud bo‘lib, 
ularni olib tashlab to‘ldiruvchining sifatini oshirish mumkin. G‘ovak tog‘ jinslari 
asosidagi chaqiq tosh dona shakli bo‘yicha O‘zRST9758-96 “Qurilish ishlarida 
ishlatiladigan g‘ovak anorganik to‘ldiruvchilar. Sinash usullari” ga ko‘ra to‘rrtta 
guruxga bo‘linadi, ya’ni plastinkasimon shakldagi donalarning massa ulushi 
bo‘yicha: oddiy-30% dan ko‘p emas; yaxshilangan – 20% gacha; kub shaklidagi – 
15% gacha; qirrali – 10%gacha. 
G‘ovak chaqiq toshning donalarini shaklini yaxshilash, olinadigan tog‘ jinsini 
maxsus baraban turidagi maydalagichda maydalab erishiladi. 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling