S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


-§. Dolomi ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

9-§. Dolomi ishlab chiqarish texnologiyasi 
Dolomitlar va dolomitli oxaktosh O‘zbekistonda keng tarqalgan. Bu tog‘ 
jinslari qurilishda yirik bloklar shaklida, hamda betonlarda chaqiq tosh sifatida 
ishlatiladi. Respublikamizda dolomit konlarida pardozlovchi plitalar ishlab 
chiqarish massa bo‘yicha 50% sanoat chiqindilari yuzaga kelib, ularning asosiy 
qismi maxsus chuqurlarga ko‘miladi.
Kuydirilgan dolomit asosida dolomit oxagi, kaustik dolomit va olovga 
bardoshli material olinadi.


175 
Dolomitni bog‘lovchi material sifatida qurilishda ishlatish chegaralangan. 
Dolomit xomashyo material sifatida uyilma zichligi 450-500 kg/m
3
g‘ovak 
to‘ldiruvchi ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Dolomit xomashyo asosida engil to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish, ularni 
betonda qo‘llash xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega.
Dehqonobod dolomiti 0,1 mm dan kichik o‘lchamli donalardan tashkil 
topgan bo‘lib, mayda krisstal strukturaga ega. Makrostrukturasi birjinsli bo‘lmay, 
g‘ovak tog‘ jinslari shaklida tabiatda uchraydi. Dolomit kristallari oq rangda 
bo‘lib, ba’zan sariq rangda va jigar rangda bo‘ladi. Bu esa xomashyo tarkibida 
metall oksidi mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Dehqonobod dolomiti konidan beshta namuna olinib, quyidagi xususiyatlari 
aniqlandi: 
7.6-jadval 
№ 
Uyilma zichligi, 
kg/m

Zichligi, 
g/sm

Suvshimuvchanligi, 


1880 
2,89 
8,34 

1870 
2,91 
8,94 

2030 
2.88 
7,97 

1983 
2.90 
8,16 

2015 
2.88 
8,04 
 
Dolomit xomashyosi mineralogik tarkibi 


176 
7.7-jadval 
№ 
Komponentlar 
Namunalar tartib raqami 






CaO 
30,2 
30,46 
29,87 
29,99 
30,12 

MgO 
20,8 
19,82 
20,82 
20,66 
20,01 

SiO

0,7 
1,72 
1,42 
1,28 
1,56 

Fe
2
O

0,1 
0,28 
0,06 
0,06 
0,16 

Al
2
O
3
0,85 
0,52 
0,40 
0,33 
0,54 

SO

0,65 
0,68 
0,98 
0,76 
0,67 

Na
2

0,22 
0,24 
0,31 
0,8 
0,28 

K
2

0,1 
0,15 
0,18 
0,12 
0,16 

P.p.p 
46,30 
45,58 
46,33 
46,60 
46,28 
10 
Σ 
99,82 
99,45 
99,76 
99,96 
99,78 
Dolomit xomashyosi asosida karboporit g‘ovak to‘ldiruvchi olishda 
maksimal zichlikka minimal xajmiy og‘irlikda erishish talab etiladi.
Dolomit sarfini oshishidan kuydirish jarayonida SO
2
ajralishi natijasida hajmiy 
og‘irlik keskin kamayadi. Karboporit g‘ovak to‘ldiruvchisi olishda massa tarkibida 
dolomit 50-60% va bentonit gili 40-50% qabul qilish istiqbolli hisoblanadi. 
Pishirishni yaxshilashda xomashyo tarkibidagi dolomitni yirikligi 0,5 mm gacha
darboza gilini 1,5 mm gacha tuyib, massa bo‘yicha miqdorlab, 17-19% namlikda 
granulalar olindi.
Dolomit ishlab chiqarishda granulalar tarelka tipidagi va shnekli 
granulyatorlarda qoliplanib, mufel pechida 1050, 1100, 1150 va 1200
0
S da 
pishirildi.


177 

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling