S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.
CREATE^A&L^emp (
ename char (10), edept char (10) references dept(dname) ); {Birorta ham xizmatchi noma’lum bo‘limda hisoblanmasligi shart} 117 Cheklashlaming barcha turlari jadval egasi tomonidan yukla- nadi va keyingi ma’lumotlar bilan amallar natijasiga ta’sir qiladi. SQL-operatoming bajarilishi tugashidan awal mavjud cheklashlar tekshiriladi. Buzilishlar aniqlanganida MBBT nonormal tugallanish xususida xabar beradi va operator kiritgan o‘zgarishlami bekor qiladi. T a’kidlash lozimki, havolali cheklashni yuklash uchun havola qilinayotgan jadvalga nisbatan REFERENCES imtiyoziga ega bo‘- lish lozim (yuqoridagi misoldagi dept). Cheklashlami nafaqat yuklash, balki bekor qilish mumkin. Bunda cheklashlar orasida bog‘lanishlar boMishi mumkin va ulardan birining bekor qilinishi boshqa (havolali) cheklashlaming yo‘q qilinishini talab qilishi mumkin. Quyidagi misolni ko‘raylik: CREATE TABLE dept ( name char(10) NOT NULL, location char(20), CONSTRAINT dept_unique UNIQUE(name) ); CREATE TABLE emp ( name char(10), salary decimal(10,2), edept char(10) CONSTRAINT empFef REFERENCES dept(name) ); Agar dept_unique cheklashni yo‘q qilish talab qilinsa, quyidagi operatordan foydalanish mumkin: ALTER TABLE dept DROP CONSTRAINT dept_unique cascade; cascade so‘zi dept_unique bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq barcha cheklashlar yo‘q qilinishini bildiradi. Ushbu holda empref cheklash olib tashlanadi. Agar cascade o‘miga restrict ko‘rsatilsa, ya’ni faqat dept_unique cheklashni yo‘q qilishga urinilsa, MBBT xatolikni qaydlaydi. INGRES MBBTda cheklashlami nazoratlash bilan ishlash samaradorligini murosaga keltirishga uriniladi. MaTumotlami ommaviy nusxalashda cheklashlami nazoratlash o‘chirib qo‘yiladi. 118 Bu degani, nusxalashni yaxlitlikni tekshirishning global muolajasini ishga tushirish bilan to‘ldirish lozim. Qoidalar. Qoidalar ma’lumotlar bazasidagi ma’lum o‘zgarish- lar bo‘lganida berilgan harakatlami bajarilishini chaqirishga ixnkon beradi. Odatda, harakat - muolajani chaqirish. Qoidalar jadvallar bi lan assotsiatsiyalanadi va ushbu jadvallar o‘zgarganida ishga tushadi. Qoidalar faqat nisbatan oddiy shartlami nazoratlash vositalari hisoblanuvchi cheklashlardan farqli holda, bazadagi ma’lumotlar elementlari orasidagi xohlagancha murakkab o‘zaro bogManishni tekshirishga va madadlashga imkon beradi. Cheklashlar holidagiga o‘xshab qoidalami tekshirish nusxalashning ommaviy amallarida to‘xtatiladi. Ma’lumotlar bazasi ma’muri ham SETNOROLES ope- ratoridan foydalanib, qoidalami tekshirishni oshkora to‘xtatishi mumkin. SETRULES operatori qoidalar mexanizmi ishini tiklashi mumkin. Odatda ushbu mexanizm ulangan bo‘ladi. Qoidalami yo‘q qilish DROP RULE qoida operatori orqali amalga oshiriladi. Mos jadval yo‘q qilingan holda MBBT avtomatik tarzda qoidalaming yo‘q qilinishini ta’minlaydi. Shu tariqa jadvallar va qoidalar yaxlitligi ta’minlanadi. Axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan ta’kidlash lozimki, jad- val bilan assotsatsiyalangan qoidani mos muolajalami bajarish huquqini ushbu jadval egasi yaratishi mumkin. Harakati qoidani ishlashiga sabab bo‘luvchi foydalanuvchi faqat jadvaldan foyda- lanishning kerakli huquqlariga ega boiishi shart. Shu tariqa qoidalar oshkora bo‘lmagan holda foydalanuvchilar imtiyozlarini kengay- tiradi. Bunday kengayishlar qat’iy ma’muriy nazoratga ehtiyoj seza- di, chunki xatto qoidaning yoki assotsatsiyalangan muolajaning bi- roz o‘zgarislii ma’lumotlar himoyalanganligiga tubdan ta’sir etishi mumkin. Qoidalaming murakkab tizimidagi xatolik esa bashorat qilib bo‘lmaydigan oqibatlarga sabab bo‘ladi. Tuqori tayyorlikni madadlash vositalari. Tijoriy ilovalarda apparat-dasturiy komplekslaming yuqori tayyorligi muhim omil hisoblanadi. MBBTga muvofiq yuqori tayyorlikni madadlovchi vositalar apparat, ayniqsa disklarga tegishli buzilishlami neytral- lashni hamda xizmatchi xodim yoki tatbiqiy dastur xatoliklarini tiklashni ta’minlashi lozim. 119 Bunday vositalar boshidayoq kompleks arxitekturasiga o‘ma- tilishi sharL Masalan, ortiqcha disk massivlarining u yoki bu turidan foydalanish kerak. Albatta, apparat-dasturiy yechim qimmatlashadi, ammo ekspluatatsiya vaqtida bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarardan asraydi. Download 4.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling