S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi


Bevosita ma’lumotlar bazasi doirasida


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/58
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1790085
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

Bevosita ma’lumotlar bazasi doirasida
(ma’lumotlar bazasi 
vositalari yordamida autentifikatsiya). Autentifikatsiyaning ushbu 
sxemasida ma’lumotlar bazasi o‘zining shaxsiy autentifikatsiyalash 
mexanizmidan foydalanib, foydalanuvchi bildirgan identifikatoming 
haqiqiyligini tekshiradi (verifikatsiyalaydi).
Yuqorida tilga olingan autentifikatsiya servislaridan bo‘lma- 
ganida bittasi mos ma’lumotlar bazasi tomonidan taqdim etilishi 
shart. Himoyaga ehtiyoj axborot texnologiyasining aktivlari MBBT 
doirasida saqlanuvchi, konfidensialligi, yaxlitligi yoki foydalanuv- 
chanligi obro‘sizlantirilishi mumkin bo‘lgan axborotdan iborat. 
Ma’lumotlar bazasi obyektlari va ma’lumotlar bazasining ushbu 
obyektlari doirasidagi ma’lumotlar axborot texnologiyasining aktiv­
lari hisoblanadi.
M a’lumotlar bazasining boshqa obyektlaridagi ma’lumotlar 
qismlarining birlashmasi ma’lumotlar bazasining obyektlari bo‘lishi 
mumkin. Boshqarish ma’lumotlari MBBT tomonidan ma’lumotlar 
bazasi obyektlarini tashkil etish va himoyalash uchun ishlatiiadi. 
Ma’lumotlar bazasi auditining ma’lumotlari MBBT tomonidan 
uning ishlash jarayonida generatsiyalanadi.
Quyida MBBT xavfsizligiga tahdidlar va ushbu tahdidlami 
yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan buzg‘unchilar aniqlangan.
Ushbu tahdidlarga quyidagilar qarshi tura oladi
:
- MBBT taqdim etgan xavfsizlikning texnik choralari;
- bazaviy tizim taqdim etgan xavfsizlikning texnik choralari;
128


- muhitdagi texnik bo‘lmagan xavfsizlikning amaliy choralari 
(personalga tegishli muolajaviy, fizik choralar).
Quyidagilar buzg ‘unchi bo 'lishi mumkin:
- bazaviy tizimdan (operatsion tizimdan va/yoki tarmoq 
servislaridan va/yoki maxsus ta’minotdan) vakolatsiz foydalanuvchi 
shaxslar;
- bazaviy tizimdan vakolatli foydalanuvchi shaxslar.

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling