S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov
QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPI
Download 5.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISHNI BAJARISH TARTIBI
QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPI
Ishda qo’llaniladigan qurilmaning shemasi 1 – rasmda ko’rsatilgan. Tahtacha ustida metall trubka o’rnatilgan bo’lib, uning bir uchi vint bilan qo’zg’almas qilib mahkamlangan. Ikkinchi vint esa soat tipidagi indikatorga mahkamlangan. Indikatorning bir bo’limi 0,01 mmga teng. Tajriba boshlanishidan avval metall trubaning uzunligi l0 ruletka yoki oddiy chizg’ich yordamida o’lchab olinadi. So’ngra ikkinchi vint yordamida indikator uning prujinali mehanizmi metall trubaning ohiriga tegadigan qilib o’rnatiladi, indikatorning tashqi halqasi harakatlanadigan bo’lganligi uchun uni o’ng yoki chapga burib, strelkani «0» belgiga qo’yish mumkin. Metall trubaning ikkinchi uchi rezina nay orqali kolbaga ulangan. Kolbadagi suv isitgich yordamida qaynatiladi va hosil bo’lgan suv bug’i metall truba orqali o’tadi. Bu vaqtda metall truba bug’ temperaturasigacha qiziydi. SHundan so’ng indikatorning ko’rsatgichi yozib olinadi. Bug’ning temperaturasi bosimga bog’liq bo’lganligidan barometrdan atmosfera bosimini bilib, unga mos temperaturani jadvaldan aniqlab olinadi. ISHNI BAJARISH TARTIBI: Termometrdan hona temperaturasi yozib olinadi, metall trubaning uzunligi o’lchanadi va indikator o’rnatilib, uning strelkasi 0 – ga keltiriladi. Isitgichni tokka ulab kolbadagi suv qaynatiladi va metall truba qiziguncha kutib kuriladi. Indikatorning ko’rsatgichi yozib olinadi. Bosimni bilgan holda bug’ning temperaturasini jadvaldan aniqlanadi. (1) formula yordamida tekshirilayotgan metall trubaning chiziqli kengayish koeffisienti hisoblanadi. Tajriba kamida 3 – marta takrorlanishi kerak va shu asosda absolyut va nisbiy hatolar topiladi. Berilgan natijalar quyidagi jadvalga yozilishi kerak.
Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling