S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100
4-masala. Temir yo‘l boshqarmasi hisobotiga ko‘ra o‘tgan yilga 
nisbatan tashish xarajatlari 1250 ming so‘mga yoki 4% ga ko‘paygan. 
Umumiy yalpi tushumi 42250 ming so‘mni tashkil etdi. Tashish rentabellik 
darajasi o‘tgan yilga nisbatan 5 so‘mga ortgan. O‘tgan yilga nisbatan 
foydaning umumiy o‘zgarishini (ming so‘mda), shu jumladan tashish 
xarajatlar va rentabellik o‘zgarishi hisobiga aniqlang.
5-masala. Temir yo‘l boshqarmasi bashoratiga ko‘ra bajarilgan tashishlar 
bo‘yicha foyda 15180 ming so‘m miqdorida rejalashtirilgan edi, haqiqatda 
esa 3820 ming so‘mga ortgan. Tariflar (o‘rtacha daromadlilik stavkasi) o‘z-
garishi natijasida yalpi tushum 5000 ming so‘mga, tashishlar hajmi esa (tn-
km hisobida) rejaga nisbatan 6% ga ko‘paydi. Foyda summasi o‘zgarishiga 
ta’sir qilgan tashishlarning haqiqiy va reja tannarxining farqini aniqlang.
6-masala. Temir yo‘l boshqarmasi hisobotida quyidagi ma’lumotlar
132


berilgan, ming so‘m:
11.3.4-jadval 
Ko‘rsatkich 
Tasdiqlangan 
reja 
Haqiqiy transport 
ishiga reja 
Haqiqiy 
1. Bajarilgan transport ishi bo‘yicha 
umumiy xarajatlar summasi. 
2. Tashishdan olingan foyda
54400 
13600 
48000 
14100 
46000 
13800 
 
Transport ishi hajmi o‘zgarishi natijasidagi, foydaning haqiqiy 
summasini rejaga nisbatan o‘zgarishini aniqlang: 
a) umumiy; 
b) tariflar (o‘rtacha daromadlilik stavkasi), tashish tannarxi.
7-masala. MTUlar bo‘yicha yuklarni tashish rentabelligi to‘g‘risida 
quyidagi ma’lumotlar berilgan:
11.3.5-jadval 
MTU 
Tashish rentabelligi, % 
Bajarilgan tashishlar bo‘yicha xarajatlarning 
umumiy summasi, mln so‘m 
Buxoro 
25,0 
200 
Toshkent 
27,5 
345 
Qo’ng’irot 
23,0 
400 
 
Temir yo‘l bo‘yicha umumiy rentabellik ko‘rsatkichini hisoblang.
8–masala. Termez MTUning ikki oylik bajargan ishi bo‘yicha 
quyidagi ma’lumotlar berilgan:
11.3.6-jadval 
Ko‘rsatkich 
Yanvar 
Fevral 
Bajarilgan tashish ishlari uchun xarajatlar summasi, ming so‘m 
36200 
39600 
Bajarilgan tashish ishlari uchun tushum summasi, ming so‘m 
45250 
50688 
Aniqlash lozim: 
a) fevral oyida yanvar oyiga nisbatan tashish rentabellik ko‘rsatkichining 
o‘zgarishini;
b) tashish rentabellik va xarajatlar ko‘rsatkichlari o‘zgarishi natijasidagi 
foyda summasining o‘zgarishini. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling