S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Sifat ko‘rsatkichlari. Yuk tashish sifat ko‘rsatkichlari qatoriga tashish
o‘rtacha uzoqligi, yuklarni yetkazish tezligi va davomligi, tashish zichligi, vagonning o‘rtacha yuklamasi va boshqalar kiradi. Yuk tashish o‘rtacha uzoqligi l g mamlakat iqtisodiyoti ahamiyatiga ega, chunki u ishlab chiqarish ratsional joylashuvini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich, shuningdek, temir yo‘l transporti foydalanuv ishi tahlilida qo‘llaniladi. Yuk tashish uzoqligi ko‘rsatkichi, temir yo‘l transporti doirasidagi yuk harakatining o‘rtacha masofasini ifodalaydi: l g = ∑ Pl / ( ∑P g gr + ∑P g pr ) km. Tashish o‘rtacha uzoqligi, hisobot davrida umuman barcha tashilgan yuklar va alohida yuk turlari uchun, hisoblanadi. Yuk tashish o‘rtacha uzoqligi o‘zgarishiga ikkita omil ta’sir etadi: mamlakat ishlab chiqarish kuchlari joylashuvining o‘zgarishi va tashilayotgan yuklar tarkibi. Yuklarni tashish zichligi – temir yo‘l transporti alohida bo‘linmala- ridagi yuk oqimi intensivligi, ya’ni jadalligini tavsiflovchi ko‘rsatkich. Yuklarni tashish zichligi temir yo‘l uchun , hisobot davrida bajarilgan ta-rif yuk aylanmasining ∑P g l foydalanilgan yo‘l uzunligi Le ko‘rsatkichi- ga nisbati tarzida aniqlanadi: f l = ∑P g l / Le tonna *km/ km Tashish zichligi, alohida yo‘nalish yoki uchastkalarda, foydalanuv brutto yoki netto yuk aylanmasini yo‘nalish uzunligiga nisbati tarzda aniqlanadi. Foydalanuv zichligi haqiqatdagi yuk oqimini, tashish brutto zichligi esa yo‘l yuklamasini tavsiflaydi. Yuklarni tashish zichligi miqdori, temir yo‘l texnik qurollanganligi, alohida yuklarni ishlab chiqarish va ite’mol qilishning joylashuvi, mamlakat rayonlari iqtisodiy rivoji va boshqalarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Yuk tashish zichligi to‘g‘risidagi statistik Hisobot ma’lumotlari, tahlil va amaliy foydalanish uchun, ma’lum dastur asosida tuzilgan karidiogrammalar bo‘yicha guruhlanadi. Karidiogrammalarda, temir yo‘l alohida uchastkalari doirasidagi yuklar harakati har bir yo‘nalishi bo‘yicha, yuk oqimi quvvati belgilangan masshtabda ko‘rsatiladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha notekislik, yuk tashish kichik zichligini katta zichlikka nisbati tarzda, aniqlanadigan koeffitsiyent bilan tavsiflanadi. Notekislik koeffitsiyenti 0-1 orasida tebranishi mumkin. 45 Yuklarni eltib berish davomligi t d va eltib berish o‘rtacha tezligi S d, yuk jo‘natuvchi va yuk oluvchi nuqtai nazarida temir yo‘l transporti ishi, samaradorligini tavsiflaydi. Yuklarni olib borib qo‘yish davomiyligi mud- dati bajarilmasa, yuk oluvchi oldida, temir yo‘l moddiy javobgarlikka tortiladi. Yuklarni eltib berish davomiyligi t d , ko‘rsatkichi, temir yo‘l vositalari bilan manzil bekatda yuk tushirish yoki tushirishga olib kelish sanasi bi-lan, agar u yuk oluvchi vositalari bilan bajarilayotgan bo‘lsa va yuk jo‘na-tishga qabul qilingan sana ayirmasi tarzda aniqlanadi hamda sutkada o‘l-chanadi. Har bir aniq jo‘natma bo‘yicha, tashish javobgarligi belgilangan. Yuklarni eltib berish S Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling