S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Asosiy vositalar kapital ta’miri va yangi texnika statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100
9.3. Asosiy vositalar kapital ta’miri va yangi texnika statistikasi 
Bino va inshootlar kapital ta’mirida, odatda, eskirgan konstruksiya va 
detallar olib tashlanadi va ular ta’mirlanayotgan obyektlar ekspluatatsiya 
imkoniyatini yaxshilovchi yanada mustahkam va tejamlisiga almashtiri-
ladi. Undan tashqari, kapital ta’mir mablag‘i hisobidan bekatlarni kengay-
tirish, ikkinchi yo‘llarni qurish ishlari amalga oshiriladi. Bino va inshootlar 
kapital ta’miri xo‘jalik va pudrat usulida, ya’ni ixtisoslashgan maxsus ta’-
mir korxonasi bajaradi. Harakatdagi tarkib kapital ta’miri, odatda, ixtisos-
lashgan zavodda markazlashgan remont ishlar fondi hisobidan bajariladi. 
Dastlabki hisob manbai. Kapital ta’mir hisobining dastlabki manbai 
bo‘lib, ishlarni qabul qilish Dalolatnomasi xizmat qiladi. 
102


Kapital ta’mir statistikasining vazifasi temir yo‘l transporti asosiy vosi-
talari kapital ta’miri bo‘yicha belgilangan reja bajarilishini hisobga olish va 
bajarilgan kapital ta’mir ishlar hajmini tavsiflashdan iborat. Asosiy vosita-
lar kapital ta’mir rejasi temir yo‘l, sanoat korxonalari, qurilish va temir 
yo‘l transporti boshqa tashkilotlari uchun bir yilga joriy yilning smeta 
narxlarida va jismoniy birlikda belgilanadi. Kapital ta’mir ish hajmi ta’mir 
obyektlari, xo‘jalik tarmoqlari, ish turlari, reja tituli bo‘yicha guruhlanadi. 
Xo‘jaliklar bo‘yicha asosiy vositalar kapital ta’miriga ishlatilgan 
mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin va ular katta ahamiyatga ega.
Yangi texnika statistikasi. Ishlab chiqarish jarayonining texnik dara-
jasini baholash muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish jarayoni texnik 
darajasini baholashda umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar sifatida mehnat 
unumdorligi, mahsulot tannarxi qo‘llaniladi. Xarajatlar umumiy tejami va 
ishchi kuchi nisbiy kamayishi ilg‘or texnologiyani, ishlab chiqarishga 
mexanizatsiya va avtomatizatsiyani, elektron hisoblash texnikasidan 
foydalanishni joriy etish, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish va 
uskunalar modernizatsiyasini egallash natijasida erishiladi. 
Temir yo‘l qayta qurollanganligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar 
qatoriga quyidagilar kiradi: umumiy ish hajmida, progressiv tortish kuchi 
(elektr va dizel) bilan bajarilgan yuk aylanmasi va yo‘lovchi aylanmasi-
ning ulushi hamda manyovr ishi; avtoblokirovka va markazlashgan dis-
petcherlik, avtomatlashgan lokomotiv signali va avtostop uskunalari bilan 
jihozlangan uchastkalarning temir yo‘l umumiy foydalanuv uzunligidagi 
ulushi; optik-simli aloqa liniyasi uzunligi, R-75 relsli temir yo‘l izi 
uzunligi; ulovsiz yo‘l izi uzunligi; yuqori quvvatli, katta yuklamali va 
ishonchli lokomtivlardan foydalanish ulushi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling