S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100
Qurilish tannarxi statistikasi. U xarajatlar darajasi va tarkibini, ular 
dinamikasini, tannarxni kamaytirish topshirig‘ini bajarilishi, qurilish tan-
narxini pasaytirish yoki oshishga olib keluvchi sabablarni aniqlash, qurilish 
ishlari tannarxi indeksini hisoblashni o‘rganadi. Reja bajarilishini nazorat 
va tahlil qilish uchun qurilish-montaj ishlarning haqiqiy tannarxi umuman 
va xarajat elementlari bo‘yicha smetadagi va rejadagi tannarx bilan solish-
tiriladi. Qurilish-montaj ishlarining haqiqiy tannarxi ularning smetadagi 
tannarxi bilan solishtirilib, haqiqiy xarajatning smetadagi xarajatga nisba-
tan o‘zgarishi aniqlanadi. Xuddi shunday, haqiqiy tannarx rejadagi bilan 
solishtirilib, rejali jamg‘arish va qurilish- montaj ishlari qiymatini kamay-
tirish bo‘yicha reja topshirig‘i bajarilish darajasi aniqlanadi. 
Qurilish obyektlarini ishga tushirish rejasi bajarilishini baholash uchun
101


ular tayyorligi va ortiqcha bajarilgan ishlar ko‘rsatkichi aniqlanadi: tayyor-
lik koeffitsiyenti K
q
bu, obyekt qurilayotgandan beri bajarilgan ishlar smeta 
qiymatining ularning umumiy smeta qiymatiga nisbati; ortiqcha bajarilgan 
ishlar koeffitsiyenti K
s
bu, ortiqcha ishlarning umumiy ishlar qiymatiga 
nisbati. Statistikada, shuningdek chiqish koeffitsiyenti K
v
aniqlanadi. Bu 
koeffitsiyent – bajarilgan ishlar samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘lib, ishga 
tushirilgan asosiy fondlar qiymatining barcha bajarilgan ishlar qiymati 
nisbatiga teng. 
9.2. Harakatdagi tarkib, konteyner va uskunalar xaridi statistikasi 
 
Temir yo‘l transporti asosiy fondlarining kengaytirilgan qayta ishlab 
chiqarilishi, yangi harakatdagi tarkib, konteynerlar, turli uskunalar, asbob 
va inventarlar xaridi kapital qo‘yilmalar rejasi asosida amalga oshiriladi. 
Lokomotiv, vagon, konteyner, uskunalar yetkazib berish hisobi yil boshi-
dan bir tartibda amalga oshiriladi, bu esa plan bajarilishi darajasini baho-
lashga imkon beradi. Harakatdagi tarkib, konteyner va uskunalarni yetka-
zib berish statistik hisobi quyidagicha olib boriladi: umumiy bahodagi 
qiymat ifodasida va jismoniy birlikda; uskuna, asbob va inventarlar esa 
qiymat ifodasida. Statistikada, harakatdagi tarkibni yetkazib berish, uning 
quyidagi alohida turlari va rusmlari bo‘yicha hisobga olinadi: 
lokomotivlar, vagonlar, yo‘lovchi vagonlar. Lokomotivlar, o‘z navbatida
teplovoz, dizel-poyezd, elektrovoz, elektroseksiya, parovoz, avtomotritsa 
turlariga bo‘linadi. Har bir turning ichida esa rusumlarga bo‘linadi: yuk 
vagonlari – turlariga; yo‘lovchi vagonlar – xillarga bo‘linadi.  
Hisob momenti. Harakatdagi tarkib, konteyner va uskunalarni yetkazib 
berish, asbob-uskuna va inventar xaridi schetlar to‘lov momenti bo‘yicha 
hisobga olinadi. 
Dastlabki hisob manbai. Hisob shartnoma va boshqa buxgalteriya 
hujjatlari hisobning birinchi manbalari bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling