S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Ish vaqtidan foydalanish statistik usullari


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
 
10.3. Ish vaqtidan foydalanish statistik usullari 
 
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tamoni 
hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafini 
belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti 
fondlarining tarkibini o‘rganishi, ish kuni va ish davri uzunligi, ishlagan 
ish vaqti hajmiga har xil omillar ta’sirini o‘rganishni taqozo qiladi. Ish 
vaqti statistikasi mehnat statistikasining muhim bo‘limi hisoblanadi.
Ish vaqtining yo‘qotilishini o‘rganish mehnat muammolari bilan 
shug‘ullanuvchi davlat organlari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, kasaba 
uyushmalari, korxona va tashkilotlar rahbarining doimiy e’tiborida bo‘ladi.
Ish vaqti sarflangan mehnat me’yorlarini ifodalaydi va u amaliyotda 
ikki ko‘rsatkich yordamida o‘lchanadi: 
1) ishlangan kishi/kuni xodimning korxona ro‘yxatida turgan va ishga 
kelgan kunlarni bildirib, unga ish vaqti davomida haqiqiy ishlangan va 
ishlanmagan soatlar kiradi. Ishlangan kishi kunlarga shu korxonada o‘z 
xodimlari tomonidan amalda ishlangan kishi kunlari, bu korxona 
yollanmasi bilan boshqa korxonada ishlangan kishi/kunlari,shuningdek, 
xizmat safarida bo‘lgan xodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi. 
2) ishlagan kishi/soati ish vaqtining aniq o‘lchov birligi hisoblanadi
chunki uning tarkibida tanaffus vaqtlari, kechikib kelish va erta ketib 
qolish holatlari kiritilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi 
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi: 

Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi uzunligidan 
foydalanish koeffitsiyenti

Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsiyenti; 
113



Ish vaqtidan to‘liq foydalanish koeffitsiyenti;
Bir ishchi tamonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun 
korxonada ishlangan barcha kishi/kunlar soni o‘rtacha ro‘yxatdagi 
xodimlar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichlarning amaldagisini bazis 
darajasi bilan solishtirilib, birinchi koeffitsiyent aniqlanadi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling