S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Xodimlar tarkibi va soni statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   100
 
10.2. Xodimlar tarkibi va soni statistikasi 
 
Temir yo‘l transportida mehnat va ish haqi statistikasi quyidagi 
bo‘limlarga ajratiladi: 
− Xodimlar mavjudligi, harakati va tarkibi statistikasi; 
− Mehnat unumdorligi statistikasi; 
− Ish haqi fondi statistikasi. 
Xodimlar mavjudligi, harakati va tarkibi statistikasida temir yo‘l 
transporti korxonalarida ishlovchilarning soni, ularning o‘zgarishi, ish 
toifalari, ish staji, yoshi, mutaxassisligi bo‘yicha taqsimlash masalalari 
o‘rganiladi. 
Boshlang‘ich hujjatlari: 
− buyruqlar;
− Mehnat kitobchalar; 
− Mehnat vaqtini hisobga olish varaqlari (tabel); 
− Mashinist marshruti v.b.
1. Asosiy statistik ko‘rsatkich – ro‘yxatdagi xodimlar soni. Uning 
tarkibiga doimiy, mavsum yoki vaqtincha ishga qabul qilingan xodimlar 
soni kiradi. Ushbu ko‘rsatkich amalda oy (chorak, yil) boshiga (oxiriga) 
hisoblanadi. 
Ro‘yxatdagi xodimlar soni ko‘rsatkichi xodimlarni ishga qabul qilish 
va ishdan bo‘shatish natijasida doimo o‘zgaradi. 
2. O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni ko‘rsatkichi
− X
r
= ∑X/t , kishi 
− bu yerda: 
− Xr - o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni
− 
∑X – hisobot davrida hujjatlar asosida hisoblangan xodimlar soni 
(bayram va dam kunlari bilan birga); 
− t – hisobot davri.
3. Statistik hisobotlarda ish kunida haqiqiy ishga kelganlar soni statistik 
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu deganda aniq ish kuni davomiyligida 
ishlaganlar xodimlar sonidir.
109


− Lokomotiv va poyezd brigadalardagi xodimlar soni ish vaqtini hisobga 
olish varaqchasi bo‘yicha, yo‘lovchi vagonlardagi provodniklar soni 
esa poyezd marshruti hujjati asosida aniqlanadi.
− Temir yo’l transporti mehnat va ish haqi statistikada xodimlar soni 
faoliyat va xo‘jalik turi, personal toifasi, kasbi, ishlab chiqarish toifasi 
bo‘yicha guruhlanadi. 
− Faoliyat va xo‘jalik turi (foydalanishdagi kontingent, yo‘llarni bino, 
inshootlarni ta’mirlash, qurilish, yuk ortish-tushirish va h.k.). 
− Xo‘jalik turi (lokomotiv, vagon, yo‘lovchi, aloqa, yordamchi-
ko‘makchi va h.k. xo‘jaliklari). 
Ishga yo’llash davri uzunligiga qarab korxona xodimlari quyidagi 
guruhlarga ajratiladi:

doimiy xodimlar; 

vaqtinchalik xodimlar; 

mavsumiy xodimlar; 

uchrab qolgan ishlarni bajarish uchun qabul qilingan xodimlar
Bajarayotgan funksiyasiga qarab, korxonalar xodimlari ikki guruhga 
bo‘linadilar: ishchi va xizmatchilar. Xizmatchilar guruhida 3 ta toifa 
ajratiladi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar. “Ishchilar” 
kategoriyasiga bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi. “Rahbarlar” toifasiga korxona va uning 
tarkibiy tizimlari boshliqlari kiradi. “Mutaxassislar” toifasiga muhandis 
texnik iqtisodiy ijtimoiy va boshqa maxsus bilim talab qiluvchi kasb bilan 
shug‘ullanuvchi xodimlar kiradi. Oxirgi “xizmatchilar tarkibiga kiruvchi 
boshqa xodimlar” toifasiga hujjatlarni rasmiylashtiruvchi, hisob-kitob, 
tekshiruv, xo‘jalik xizmatidagi xodimlar (ish yurituvchilar, kotiblar, 
tabelchilar, hisobchilar va h.k) kiradi.
Xodimlar soni ma’lum momentda (ma’lum kunga nisbatan) va davr 
oralig‘i uchun aniqlanadi (o‘rtacha miqdor sifatida). Ma’lum kunga 
nisbatan xodimlar soniga quyidagilar kiradi: 

ro‘yxatda turgan xodimlar; 

boshqa korxonalardan ishga olingan o‘rindoshlar; 

fuqarolik huquqiga ega bo‘lgan ishlarni bitim asosida bajaruvchi 
xodimlar. 
Har kungi ro‘yxatdagi xodimlar tarkibiga shtat jadvali asosida doimiy, 
mavsumiy yoki vaqtincha ishga qabul qilingan kishilar, shuningdek, ish 
haqi olib ishlovchi shu tashkilot, korxona egalari ham kiradi.
O‘rindoshlar ham qo‘shiladi, lekin ularning mehnat daftari asosiy ish 
joyida saqlanadi. 
Shartnoma asosida-maxsus yoki xo‘jalik ishlarini bajaruvchi (ta’mir,
110


maslahat berish va h.k) kishilar ro‘yxatdagi xodimlarga kiritilmaydilar.
Ro‘yxatdagi xodimlar soni korxona ixtiyoridagi har kungi mavjud 
bo‘lgan mehnat resurslari salohiyati haqida fikr yuritish imkoniyatini 
beradi. Shu va boshqa ko‘rsatkichlar momentli ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularni 
soni har kuni o‘zgarib turadi. Shuning uchun ma’lum iqtisodiy tahlilni 
amalga oshirish uchun (o‘rtacha mehnat unumdorligi, o‘rtacha ish haqi va 
h.k.) o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni aniqlanadi. Buning uchun har 
kungi ro‘yxatda turgan xodimlar sonini qo‘shib, kalendar kunlari soniga 
bo‘linadi (28,29,30,31). Bunda shanba va yakshanba kunlar uchun juma 
kunida ro‘yxatda turganlar soni aniqlanadi. Agar korxona oy davomida 
to‘liq ishlamagan bo‘lsa ham o‘rtacha aniqlashning bu usuli o‘zgarmaydi. 
Masalan, korxona 25 iyundan ishlay boshlagan.Ro‘yxatdagi xodimlar 
soni quyidagicha bo‘lgan: 25 iyun (seshanba) 200 kishi,26 iyun (chorshan-
ba) 200 kishi,27 iyun (payshanba) 203 kishi 28 iyun (juma) 209 kishi. Oy-
ning oxirgi ikki kuni (29 va 30) dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan.U holda
T= (200+200+203+209+209,2)/30=1230/30= 41 kishi 
Har kungi ro‘yxatdagi xodimlar soni ishga kelgan va kelmaganlardan 
tashkil topadi, shuning uchun kelganlar va kelmaganlar sonini qo‘shib, 
kalendar kunlari soniga bo‘linadi. 
Masalan, korxona bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (kishi/ 
kunlar); ishga kelishgan soni - 3010, ish kunlari kelmasliklari soni-70, dam 
olish va bayram kunlari ishga kelmaslik-1600. U holda
T = (3010+70+1600)/30= 156 kishi 
Bir necha oylardan iborat davr uchun o‘rtachani aniqlash o‘rtacha 
arifmetik formuladan foydalaniladi. 1chi chorakda o‘rtacha ro‘yxatdagi 
xodimlar soni 612 kishi: aprelda 610 kishi, mayda 610 kishi, iyunda 604 
kishi. U holda, 
T = 
ΣΧ‚Π / ΣΠ=(612‚3+610+610+604)/ 6=610 kishi 
Mehnat resurslaridan foydalanish darajasini tahlil qilish uch xil 
yo‘nalishda amalga oshiriladi: 

soni bo‘yicha;

ish vaqti bo‘yicha; 

mehnat unumdorligi bo‘yicha. 
Soni bo‘yicha korxonada mehnat potensialidan foydalanishni o‘rganish 
uchun ro‘yxatdagi xodimlar sonidan foydalanish koeffitsiyenti aniqlanadi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling