S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalaridan birini tashkil


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100
kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalaridan birini tashkil 
etadi? 
a) o‘rash; 
b) kamaytirish; 
c) *qurish; 
d) guruhlash.
6. Kapital mablag‘larni o‘zlashtirish asosiy shakllari bo‘yicha guruh-
lash, kapital qo‘yilmalar nimasini tavsiflashgan imkon beradi? 
a) suratini; 
b) ta’mirini; 
c) *tarkibini; 
d) mahsulotini.
7. Kapital qo‘yilmalar, birinchi navbatda, ishlab chiqarish jarayonini 
nima qilishga yo‘naltiriladi? 
a) tekislashga; 
b) ta’mirlashga; 
c) *avtomatlashtirishga; 
d) ochishga.
106


8. Kapital ta’mir mablag‘i hisobidan bekatlarni nima qilish ishlari 
amalga oshiriladi? 
a) qisqartirish; 
b) asfaltlash; 
c) *kengaytirish; 
d) ochish.
9. Kapital qo‘yilmalar nimasi bo‘yicha rekonstruksiya va texnik qay-
ta qurollanish turlariga ajratiladi? 
a) valyutasi; 
b) mahsuloti; 
c) *yo‘nalishi; 
d) banki.
10. Temir yo‘l qayta qurollanganligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsat-
kichlardan biri bu, umumiy ish hajmida progressiv tortish kuchi 
(elektr va dizel) bilan nima qilingan, yuk aylanmasining ulushi? 
a) yuklangan; 
b) o‘lchangan; 
c) *bajarilgan; 
d) qoplangan.
107


10-bob. Mehnat resurslari statistikasi 
 
10.1. Mehnat resurslari statistikasi, uning ahamiyati va vazifalari 
Mehnat va ish haqi statistikasi iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan mehnat 
resurslarini, ularning taqsimlanishi va foydalanishni o‘rganadi.
Eng ahamiyatli masalalari: mehnat resurslarining mavjudligi, ularning 
tarkibi, taqsimlanishi, ish haqi fondi, uning dinamikasi, mehnat 
unumdorligi ko‘rsatkichilari, ularning dinamikasi va h.k.
Temir yo‘l transportida mehnat va ish haqi statistikaning asosiy 
vazifasi mehnat resurslarini, ish haqi fondini va mehnat unumdorligi 
ustidan nazorat qilishdan iboratdir. 
Mehnat va ish haqi statistikasining vazifasi - temir yo‘l transportida 
ishlovchilar va xodimlarni statistik o‘rganishdir.
Kuzatish obyekti - temir yo‘l transportidagi har xil toifadagi 
ishlovchilar va xodimlar soni, ularning ish haqlari.
Kuzatish birligi - har bir ishlovchining ish vaqti va ish haqi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorida yuz berayotgan 
jarayonlarni tahlil qilishning muhim quroli bo‘lib, o‘rtacha yillik 
miqdorlardagi 1.01 va 1.07.ga nisbatan tuziladigan mehnat resurslari 
balansi hisoblanadi. U mehnat resurslarining soni va tarkibi, ularning 
milliy iqtisodiyot tarmoqlaridagi va mulk shakllari bo‘yicha taqsimoti, 
ishsizlar va iqtisodiy nofaol aholi haqidagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, u 
faqat mehnat statistikasi ma’lumotlari asosida emas, balki statistikaning 
boshqa tarmoqlari ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. U jamiyatning 
ijtimoiiy tuzilishini, mehnatbozoridagi talab va taklifni o‘rganish uchun 
muhim qurol bo‘lib hisoblanadi.
Mehnat resurslari balansi bir-biri bilan bog‘liq bo‘limlardan iborat: 
uning birinchi bo‘limida mehnat resurslarining soni va tabiiy takror paydo 
bo‘lishi, ikkinchi bo‘limida mehnat resurslarining sohalar va faoliyat 
turlari bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi.
Mehnat resurslari balansi chizmasini quyidagicha ifodalash mumkin: 
I.Mehnat resurslarining paydo bo‘lish manbalari jami mehnat resurs-
lari, shu jumladan: 
− mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi; 
− iqtisodiyotda band bo‘lgan o‘smirlar; 
− iqtisodiyotda band bo‘lgan keksa kishilar va ishsizlar
II.Mehnat resurslari taqsimoti: 
a) jami iqtisodiyotda band bo‘lganlar, shu jumladan; 
b) iqtisodiyot tarmoqlarida; 
c) xususiy uy xo‘jaligini yuritish uchun yollanganlar; 
108


d) doimiy yo‘nalish va boshqa soha xodimlari; 
e) mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarishdan holi holda 
o‘qiyotganlar; 
f) mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, lekin iqtisodiy faoliyat va 
o‘qish bilan band bo‘lmaganlar. 
Bu ma’lumotlar tahlil qilinib, bandlik darajasi aniqlanadi, mehnat 
resurslari taqsimlanishidagi nisbatlar o‘rganiladi. Balans ma’lumotlari bir 
necha yillar bo‘yicha taqqoslanib, bu masalar dinamikasi o‘rganiladi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling