S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100
 
10.4. Mehnat unumdorligi statistikasi 
Mehnat unumdorligi – ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan mehnat 
sarfining samaradorligidir. Mehnat unumdorligini oshirish esa doimiy jara-
yon hisoblanadi. Kishilar doimo mavjud resurslarni tejab-tergab saflagan 
holda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladilar. Shu maqsadda 
ish qurollari, asbob uskunalar takkomilashtirilib boriladi. Mehnat unum-
dorligining o‘sishi xalqning turmush farovonligiga va uning o‘sishiga olib 
keladi. Biz moddiy va ma’naviy boyliklarni qanchalik ko‘p va arzon ishlab 
chiqaradigan bo‘lsak ularni shunchalik ko‘p iste’mol qila olamiz. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida kishilar talab va ehtiyojlarining miqdori ko‘payib-
gina bormay ularning tarkibi ham o‘zgarishda bo‘ladi. Mehnat unumdorli-
gining o‘sishi ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlar sonini 
Ish vaqtininig 
kalendar fondi
Bayram va dam 
olish kunlari
Tabel fondi 
Navbatdagi ta’til 
Maksimal 
imkoniyatli ish 
vaqti fondi 
Haqiqiy ishlagan ish vaqti 
(kishi-soat) 
Ish vaqtidan sababli 
foydalanmaganlik 
Ish vaqti yo’qotilishi 
Sababli ishlagan ish 
vaqti (kishi-soat) 
Kasalligi, kelmasligi 
Xomiladorlik ta’tili 
O’qish ta’tili 
Qonun bo’yicha 
ishga kelmaslik 
Sababli 
foydalanilmagan 
smena vaqti 
Kasallik 
Alohida xodimlar 
uchun ish kuni 
qisqartirishi 
Boshqalar 
Ish vaqti kunlik 
yo’qotishlar 
Sababsiz ishga 
kelmaslik 
Bir kunlik bekor 
turish 
Ma’muriyat ruxsati 
bilan 
Ommaviy ishga 
chiqmaslik 
Smena 
Smena 
davomi
yligida 
bekor 
turish 
Kech 
kelish 
va 
ishdan 
erta 
ketishi
115


kamaytirib, uning bir qismini xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda aholining asosiy qismi xizmat ko‘rsatish 
korxonalarida band bo‘ladi. Mehnat unumdorligining mutasil oshib borishi 
kishilarning turmush darajasi va farovonligining oshishiga olib keladi 
hamda davlat tomonidan aholini ijtimoiiy himoya qilish, ijtimoiy ta’minot 
va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish imkonini beradi. 
Mehnat unumdorligini oshirish uchun unga ta’sir etuvchi omillarni 
aniqlash lozim bo‘ladi. Statistika ana shu omillarni maxsus statistik usullar 
yordamida tahlil qiladi hamda mehnat unumdorligini oshirish imkoniyat va 
rezervlarini aniqlashga imkon beradi. Mehnat unumdorligi mahsulot 
miqdorini oshiribgina qolmay uning sifatini ham oshiradi hamda ishlab 
chiqarish samaradorligining oshishiga olib keladi. Shu bilan birga mehnat 
unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligining muhim ko‘rsatkichlaridan 
biri hisoblanadi.
Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini 
ifodalovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. «Iqtisodiyot» fani mehnat 
unumdorligi muammolarini o‘rganishni XIX asr oxirida boshlagan. 
Mehnat unumdorligini hisoblash bir ishlab chiqarish ishchisiga nisbatan 
natural ifodada o‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish tarzida amalga oshirila 
boshladi. Bu ko‘rsatkichlar sanoatning alohida tarkibi jihatidan bir xil 
(galogen) tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotning eng muhim tur-
lari bo‘yicha aniqlandi. So‘ngra iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mah-
sulot ko‘rsatkichlari hamda mehnat sarflari hisob-kitobining rivojlanishi 
mehnat unumdorligini faqat natura ifodasida emas, balki pul ifodasida va 
faqat sanoatda emas, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida, xizmat 
ko‘rsatish sohasini ham qo‘shgan holda hisoblab chiqish imkonini berdi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi darajasini 
taqqoslash, shuningdek, uning dinamikasini o‘rganish ishlari boshlanib 
ketdi. Dastlabki bosqichlarda unumdorlik mehnat unumdorligi sifatida o‘r-
ganildi, keyinchalik mehnat unumdorligini ishlab chiqarishning boshqa 
omillari unumdorligiga o‘xshash xususiy unumdorlik sifatida talqin qiladi-
gan global unumdorlik konsepsiyasi umum qabul qilingan konsepsiyaga 
aylandi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda milliy hisobchilik tizimi-
ning paydo bo‘lishi va rivojlanishi unumdorlikni o‘rganish sohasidagi ish-
larga yangi turtki bo‘ldi, chunki bu tizim ma’lumotlari mehnat unum-
dorligini tarmoq va butun iqtisodiyot darajasida tadqiq qilish imkonini 
beradi, shuningdek, xalqaro taqqoslashlar uchun asos yaratadi. 
Ma’lumki, statistikada mehnat unumdorligi deganda, faqat jonli aniq 
mehnat unumdorligi tushuniladi. «Stastistika»da unumdorlikni faqat jonli 
emas, balki moddiylashgan mehnat sarfini ham hisobga olib o‘rganadigan
116


qator ishlar bor.
Hozirgi kunda iqtisodchilarning aksariyat ko‘pchiligi, unumdorlik ish-
lab chiqarish va jonli mehnat sarflari natijalarining nisbatini, iqtisodiy sa-
maradorlik esa ishlab chiqarish natijalarining jonli va moddiylashgan meh-
nat sarflariga munosabatini ifodalaydi, deb hisoblaydi. Jonli mehnat sarf-
lari xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatidagi soni yoki ishlangan kishi/kunlari, 
kishi/soatlari soni ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. 
O‘tgan asrning 50-yillari oxirigacha sotsialistik davlat statistikasida 
mehnat unumdorligini hisoblashda ishchilar mehnat sarfigina hisobga 
olingan. 60-yillardan boshlab, ishlab chiqarish xodimlarining barcha toifa-
lari (sanoatda-sanoatning ishlab chiqarish xodimlari; qishloq xo‘jaligida 
chorvachilik va dehqonchilikda band bo‘lgan xodimlar; qurilishda qurilish-
montaj ishlarida, yordamchi ishlab chiqarishda band bo‘lganlar va ularning 
mehnat sarflari) e’tiborga olina boshladi. Mehnat unumdorligi darajasi 
qilingan mehnatdan olingan samarani (mahsulot yoki xizmat) baholab 
borishi lozim. Shuning uchun bu ko‘rsatkichni hisoblashda sarf qilingan 
mehnat – T, natijaviy ko‘rsatkichlar – Q lar nisbati olinadi.
Mehnat unumdorligini oshirishda eng muhim omil bu mehnat 
sharoitlaridir. Ayrim olimlar uni beshta guruhga bo‘ladilar: 

psixologiya va fiziologiya; 

sanitariya va gigiena; 

ijtimoiy psixologik va estetik; 

iqtisodiy tashkiliy; 

texnik texnologik. 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tarmoq va sohalarda faoli-
yat ko‘rsatayotgan korxona va firmalar har bir tarmoqning xusussiyatini 
hisobga olish bilan birga ana shu omillarni tashkil qilishni o‘z joyiga qo‘y-
salar o‘z-o‘zidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga erishadilar.
Hozirgi kunda mehnat unumdorligi darajasi, dinamikasini tarmoqlar va 
butun iqtisodiyot bo‘yicha tavsiflashda milliy hisoblar tizimi ma’lumotla-
ridan keng foydalaniladi. Global yoki total unumdorlik omillari indekslari-
ni aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlar, ya’ni sof ichki mahsulot , mehnat 
sarfi, oraliq iste’mol, asosiy kapital iste’moli va boshqa omillar sarfining 
dinamik qatorlarini joriy qoida qiyoslanadigan narxlarda oldindan tuzish 
tavsiya etiladi. Bunda sof ichki mahsulot omillari qiymati bo‘yicha baho-
lanadi.
Aytish lozimki, bazis davri uchun omillarning global unumdorligi birga 
teng, chunki mahsulotning narxlar omili bo‘yicha qiymati omillar sarflari 
yig‘indisiga teng. Boshqa davrlar unumdorligining darajalari qiyoslanadi-
gan narxlar omilidagi mahsulot qiymatini omillarning qiyoslanadigan 
117


narxlardagi sarflariga bo‘lishdan olinadigan natija sifatida aniqlanadi. Bu 
indekslarni hisoblashni soddalashtirish va har bir omilning yaqqol ta’sirini 
ko‘rish maqsadida yuqoridagi indekslarga o‘zgartirish kiritiladi:
1. O‘zgaruvchan tarkibli mehnat unumdorligi indeksi: 
Bu o‘zgaruvchilar 
T
q
=
W
. Bundan 
T

=
q
ikkinchi o‘zgarish shundan 
kelib chiqadiki,
W =
W T
T
0
0
0
0




1
1
1
1
T
T
W
=
W

bu o‘rtacha tortilgan arifmetik usul. 
O‘rtachaning ayrim matematik xususiyatlaridan biri shundan iboratki, 
agar «soizmeritel» qandaydir bir xil doimiy songa ko‘paytirilib yoki 
bo‘linsa o‘rtacha miqdor o‘zgarmaydi. Shuning uchun T uning salmog‘i 
tenglashtirilib olinadi. 
Bu yerda: birinchi omil (W
0
va W
1
); 
ikkinchi omil (
0
T
d
d
T0 
va 
1
T
d
). 
Birinchi omilning ta’sirini o‘rganish uchun ikkinchi omil o‘zgarmas 
tarkibda olinadi. Doimiy tarkibli indeks: 








=
=
÷
0
1
T
0
T
1
1
1
1
1
1
0
1
1
1
d
d
W
T
T
=
Iw

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling