S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100
Sifat ko‘rsatkichlari: daromad stavkalari (d) – tashish daromadliligini 
tavsiflaydi va bir tonna ortilgan yoki tushirilgan yukdan olingan daromad 
miqdori hamda yuk (10 tkm) va yo‘lovchi (10 passajiro-km) birligi 
harakati bilan o‘lchanadi. 
O‘rtacha daromad stavkasi, yuk va bagaj tashish to‘lovi summasini 
mos tarzda yuk aylanmasiga, yo‘lovchi tashish bo‘yicha esa - tashish to‘-
lovi summasi va qo‘shimcha to‘lovlarni yo‘lovchiaylanmasiga nisbati tarz-
da aniqlanadi. Daromadlar bir necha xususiyatlari bo‘yicha quyidagicha 
guruhlanadi: yo‘nalish turi, yuk toifasi va tarif turi. Temir yo‘l daromadi-
ning hajm va sifat ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liq, shuningdek ular yuk va 
yo‘lovchi tashish hajm va sifat ko‘rsatkichlari bilan ham uzviy bog‘liqdir. 
Umuman tashish bo‘yicha daromad stavkasi 10 shartli *tkm - ga 
hisoblanadi: 
d = (
∑D / ∑ (pl)
pg 
) * 10
Bu ko‘rsatkich ko‘pgina omillarga bog‘liq: yuk aylanmasi tarkibi, 
tashish uzoqligi, amaldagi tariflar tizimining o‘zgarishi va boshqalar. 
Xarajatlar, ishlab chiqarish faoliyati jarayonida o‘tkazilgan, jonli va 
moddiylashtirilgan mehnat xarajatlarining qiymatini ifodalaydi. 
Temir yo‘l transporti asosiy faoliyati turlari xarajatlari Nomenklatura-
siga muvofiq quyidagi xarajat turlari farqlanadi: ishlab chiqarish va 
realizatsiya bilan bog‘liq (odatdagi faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar); o‘z 
tarkibiga realizatsiyadan tashqari, operatsiyali va favqulotdagi xarajatlarni 
oluvchi boshqa xarajatlar. 
Ishlab chiqarish jarayoniga bo‘lgan aloqasiga ko‘ra xarajatlar quyidagi 
turlarga bo‘linadi: ushbu jarayoni bilan bevosita bog‘liq xarajatlar; 
umumxo‘jalik xarajatlari, ya’ni ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish va 
boshqarish bo‘yicha xarajatlar. 
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq xarajatlar o‘z navbatida 
quyidagilarga bo‘linadi: maxsus (to‘g‘ri) xarajatlar bu, xarajatlar paydo 
bo‘lish joyiga ko‘ra; umumiy xarajatlar – barcha paydo bo‘lish joylariga 
ko‘ra faoliyat turlari bo‘yicha. 
Maxsus (to‘g‘ri) ishlab chiqarish harajatlari faoliyat turi, temir yo‘l 
transportining xo‘jalik sohalari bo‘yicha, lokomotiv xo‘jaligi bo‘yicha esa 
tortish kuchi turlari bo‘yicha guruhlanadi. 
Umumxo‘jalik xarajatlar ikki guruhga ajratiladi:
a) umumxo‘jalik xarajatlar boshqaruv apparati xarajatlarisiz; 
b) boshqaruv apparati xarajatlari. 
Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq xarajatlar, iqtisodiy 
mazmuniga ko‘ra xarajat elementlari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: 
mehnat haqi xarajatlari (33%), moddiy xarajatlar, shu hisobda materiallar, 
129


yoqilg‘i, elektroenergiya, boshqa moddiy xarajatlar; ijtimoiy sug‘urta 
ajratmalari va ta’minot (umumiy ijtimoiy soliq); amortizatsiya (30 %) va 
boshqa xarajatlar(8 % va undan ortiq). 
Realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
9 to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzlari va to‘lovi noreal bo‘lgan 
boshqa qarzlar; 
9 hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillarning shtraf, peniya, jarimalari; 
9 moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish va kamomad zararlari; 
9 sud harajatlari; 
9 kurs farqlari va boshqalar. 
Operatsiya xarajatlariga quyidagilar kiradi: 
9 konservatsiyalangan quvvat va obyektlar; 
9 soliq va yig‘imlar; 
9 kredit va zayomlarga xizmat ko‘rsatish; 
9 kredit tashkilotlari xizmatlari haqini to‘lash; 
9 baholash rezervlari va boshqalar. 
Favqulotdagi xarajatlarga, favqulotdagi holatlar(tabiiy ofat, yong‘in, 
avariya va boshqalar) natijasida vujudga kelgan xarajatlar kiradi. 
Buxgalteriya va moliyaviy hujjatlar, xarajatlarni hisobga olishda, 
birinchi manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Korxonaning, shu qatori temir yo‘l transportining samaradorligi 
mehnat unumdorligining ortishi hamda mahsulot tannarhi pasayishi bilan 
bog‘liqdir. Temir yo‘lning muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri bu, tashish 
tannarhi. Tashish tannarhi, foydalanish harajatlari summasining tashish 
hajmiga nisbatini ifodalaydi. 
Tannarh yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha, shuningdek, umuman 
shartli yukaylanmasi bo‘yicha aniqlanishi mumkin. Tannarh 10 tkm yuk 
tashish va 10 passajiro-km yo‘lovchi tashish yoki 10 tkm shartli mahsulot 
uchun aniqlanadi. 
Yuk tashish tannarxi: 
C

= (
∑E
g

∑P
g
l)*10 
Yo‘lovchi tashish tannarxi: 
C

= (
∑E
p

∑P
p
l)*10 
Shartli mahsulot tannarxi:
C
pg 
= (
∑E
pg 

∑P
pg
l)*10 
Foyda muhim moliyaviy ko‘rsatkichdir 
Foyda, xarajat va daromad orasidagi ayirma pul mablag‘idan iborat. 
Moliya-xo‘jalik faoliyat bo‘yicha foyda, realizatsiyadan tushgan prot-
sentli olinadigan va to‘lanadigan foyda, boshqa tashkilotlar daromadidagi 
ishtirokdan shakllanadi.
130


Hisobot davri foydasi, moliya-xo‘jalik faoliyat foydasiga operatsiya 
daromadlari va xarajatlari ayirmasini qo‘shish bilan aniqlanadi. 
Tashish foydasi quyidagi omillarga bog‘liq: realizatsiya mahsulotining 
soni va sifati, tarif va tannarx. 
Korxona ishi samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘lmish- ishlab chiqarish 
rentabelligi (R), foydaning (P) mablag‘lar miqdoriga (kapital–K) nisbati 
tarzda aniqlanadi: 
R = (P / K) * 100 % 
Ishlab chiqarishga avanslangan mablag‘lar miqdori (K), buxgalteriya 
balansi aktivini quyidagi bandlar summasi ma’lum muddat bo‘yicha 
guruhlash asosida aniqlanadi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, hisorbot 
beruvchi shaxslarning avans va qarzlari, ishlab chiqarish zaxiralari, 
tugallanmagan ishlab chiqarish, kelajak davr xarajatlari, tayyor mahsulot, 
ortilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha 
xaridor va buyurtmachilarning debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari. 
Balans aktivining boshqa bandlari, ishlab chiqarishdan tashqaridagi, 
ya’ni ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot realizatsiyasida foydalanilmay-
digan mablag‘lar miqdorini tavsiflaydi. 
Mahsulot rentabelligi ko‘rsatkichi (tashish va yo‘nalish turlari bo‘yi-
cha) mos tarzda foydalarning foydalanish (ekspluatatsiya) xarajatlariga nis-
bati asosida aniqlanadi: 
R
pg

pl 
= (P
pg
/ E
pg 
) *100% 
Temir yo‘l transporti statistikasi ma’lumotlari, alohida foydalanish 
(ekspluatatsiya) ko‘rsatkichlari, daromad stavkasi va tannarxning ishlab 
chiqarish va mahsulot rentabelligi o‘zgarishiga bo‘lgan ta’sirini aniqlashga 
imkon beradi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling