S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Tayanch iboralar
Mehnat resursi, mehnat unumdorligi, iqtisodiy faol va nofaol aholi, ish- chi kuchi, ishsiz, friksion ishsizlik, strukturaviy ishsizlik, davriy ishsizlik, ishsizlik darajasi, mehnat bozori birjasi, 16 yoshga to‘lganlar koeffitsi- yenti, ishga jalb qilingan o‘smirlar va pensionerlar koeffitsiyenti, mehnat 119 resurslarining bandlik koeffitsiyenti, iqtisodiy faol aholining yuklama koef- fitsiyenti, aholi yosh tarkibining samaradorlik koeffitsiyenti, ish haqi fondi. Namunaviy masalalar 1-masala. Temir yo’l korxonada joriy yilning 1.01. holatiga ko‘ra: xodimlarning ro’yxatdagi soni 1520 kishini, o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni esa 1500 kishini tashkil qildi. Ishga kabul qilinganlar soni – 120 kishi, ishdan bo‘shatilgan soni – 150 kishi, shu jumladan 110tasi uzrsiz. Yil davomida doimiy ishlagan xodimlar soni – 1250 kishi. Korxonada ish kuchi harakati va oqim ko‘rsatkichlarini aniqlang: 1. Ish kuchi aylanma ko‘rsatkichi : Xa= Xk +Xb = 120+150=270 kishi. 2. Ish kuchi aylanmasi koeffitsiyenti : Ka= Xa/ Xr = 270/ 1500*100%=18,0% 3. Ish kuchi oqimi koeffitsiyenti : Ko= Xub/ Xr =110/ 1500*100%=7,5%. 4. Ish kuchi doimiylik koeffitsiyenti : Kd= Xdi/ Xr = 1250/1500*100%= 83,3%. 2-masala Temir yo’l korxonaning ma’lumotlari asosida ish vaqti fondlarini hisoblang: 10.4.1-jadval Ro‘yxatdagi o‘rtacha ishchilar soni, kishi 500 Ishchilar ishlagan ish vaqti, kishi-kun 110790 Kunlik bekor turgan vaqti, kishi-kun 10 Ishga kelmagan kunlar, kishi-kun 71700 - yillik ta’til 9000 - o‘quv ta’tili 120 - xomiladorlik ta’tili 480 - kasallik 5000 - boshqa qonuniy ishga kelmaslik 250 - ma’muriyat ruxsati bilan ishga kelmaslik 300 - sababsiz ishga kelmaslik 50 Bayram va dam olish kunlari, kishi-kun 56500 Ishchilar ishlagan xaqiqiy ish vaqti, kishi-soat 875241 - ish vaqtidan tashqari (сверхурочно) 11079 Aniqlang: 1. Kalendar ish vaqti fondi = 110790+10+71700=182500 kishi-kun. (500*365=182500 kishi-kun) 2. Tabel ish vaqti fondi = 182500-56500=126000 kishi-kun. 3. Maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi = 182500-56500-9000=117000 kishi-kun. 120 10.4.2-jadval Ish vaqti resurslari Kishi-kun Kishi- soat Ish vaqtidan foydalanish Kishi-kun Kishi-soat 1. KVF 182500 1.Hak.Ish vaqti 110790 2. Bayram va dam olish 56500 2.Smena mobaynida tanaffuslar 3. Tabel IV 126000 3.Smena vaqt fondi 610 4. Navbatdagi ta’til 9000 4.Sababli foydalanil- magan IV 5550 5. Maks. imk. IV 117000 5. Ish vaqti yo’qotishlari 50 6. Mak imkon. IV 117000 Aniqlang: 1. Kalendar fondini ishlatilish koeffitsiyenti: K kfi = ishlagan vaqti, kishi-kun / KFV = 110790/182500= 0,6071 yoki 60,71% 2. Maksimal imkoniyati vaqt fondini ishlatilish koeffitsiyenti: K mivf = ishlagan vaqti, kishi-kun / MIVF = 110790/117000= 0,9469 yoki 94,69% 3. Sababli ishlatilmagan vaqt fondi ulushini: Usiv = sababli ishlatilmagan vaqti, kishi-kun / MIVF = 120+480+500+250/117000= 0,05 yoki 5% 4. Yo’qotishlar vaqti ulushini: Uyiv = yo’qotishlar, kishi-kun / MIVF = 10+300+50/117000= 0,0031 yoki 0,31% 5. O‘rtacha ish davri davomiyligi: O‘ID= Ishchilar ishlagan ish vaqti, kishi-kun / Ro’yxatdagi o‘rtacha ishchilar soni = 110790/500 = 221,58 kun 6. O‘rtacha bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kelmagan kunlar : O‘kmk= umumiy kelmagan kunlar / Ro’yxatdagi o‘rtacha ishchilar soni = 182500-110790-10 / 500 = 143,4 kun 7. O‘rtacha bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kunlik bekor turish kunlar O‘btk= bekor turgan kunlar / Ro’yxatdagi o‘rtacha ishchilar soni = 10 / 500 = 0,02 kun Jami: 221,58+143,4+0,02=365 kun Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling