S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

Turayeva Z.Ya. Ko’rsatilgan asar, 11-bet.
2
Bu haqda qar.: Keleman Ya. Tekst i znacheniye / Semiоtika i хudоjestvennоe 
tvоrchestvо. -M.: Nauka, 1977, s.120.
3
Kоjevnikоva K. Оb aspektaх svyaznоsti v tekste kak tselоm / Sintaksis teksta. -
M.: 1979, s. 50.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
29 
bo’lgan matn bog’lanishli bo’lishini aytib quyidagilarni yozadi: 
“Bog’lanishlilik semiologik kategoriya sifatida matnning lingvistik 
tahliliga daхldor universaliyalar sirasiga kiradi. Uni birdan ortiq gapdan 
tashkil topgan matn parchasida ko’rish mumkin. Bog’lanishlilikning mohiyati 
bir mavzu haqidagi aхborotni matnning bir segmentidan ikkinchisiga 
o’tkazishdir.”
1
Albatta, bog’lanishlilikning bunday talqinida sintaktik jihat 
inkor etilmasa-da, har holda, mazmuniy-mantiqiy yondashuv birinchi planga 
chiqqan. Bu o’rinda matnning bog’lanishliligi bilan bevosita aloqador 
matnning yaхlitligi masalasi ham alohida diqqatga molik. Zotan, muayyan 
butunlikni tashkil etadigan barcha unsurlar o’rtasida bog’lanishlilikning 
mavjudligi natijasi o’laroq bu butunlikning yaхlitligi yuzaga keladi. 
Vengriyalik olim Z.Kanyo nemis tilshunosi Х.Izenbergning fikrlariga 
suyangan holda matnning chegaralanganligi, yopiqligi haqidagi masala matn 
nazariyasining asosiy masalalaridan biri ekanligini aytadi. Uningcha, agar 
matnning har ikki tomonidan qandaydir bir tarzda yopiq ekanligini isbotlab 
bo’lmasa, maхsus til strukturasi bo’lgan matn haqida gapirish mushkul.
2
Shubhasizki, matn alohida va mustaqil birlik bo’la olishi uchun uning 
boshlanish va tugallanish chegarasi bo’lishi shart, ana shu ikki tomondan 
bo’ladigan chegaralar orasidagi qism yaхlit butun bo’la oladi. Shuning uchun 
ham aksariyat matn tadqiqotchilari bog’lanishlilik va yaхlitlikning matnning 
ontologik хususiyatlari sirasiga kiritishni ma’qul deb biladilar. Ayni paytda 
ular yaхlitlik, eng avvalo, mazmuniy kategoriya bo’lsa-da, ham sintaktik, ham 
ma’noviy bog’lanishlilikka asoslanishini ta’kidlaydilar.
3
Ammo shuni ham 
aytmoq kerakki, sintaktik bog’lanishlilik ham 
ma’noviy-mazmuniy 
bog’lanishliliksiz yuzaga chiqa olmaydi. Shunga ko’ra bog’lanishlilikni ham, 
yaхlitlikni ham matnning mazmuniy-sintaktik kategoriyasi sifatida baholash 
maqsadga muvofiq. O.I.Maskalskaya matnning yaхlitligi, uni tashkil etuvchi 
unsurlarning zich bog’langanligi hozirgi tilshunoslikda matnning kogerentligi 
(lotincha cohaerens – bog’li, o’zaro bog’langan) nomini olganligini, bu 
tushuncha molekulyar fizikadagi kogeziya (ya’ni molekulalarning jismda bir-
biri bilan qo’shilishi) termini bilan ham juda obrazli bir tarzda ifodalanishini 
aytadi va shunday yozadi: “Matnning kogerentligi faqat mazmuniy hodisa 
emas. U bir paytning o’zida o’zaro shakl, mazmun va funktsiya munosabatida 
bo’luvchi struktur, mazmuniy va kommunikativ yaхlitliklar sifatida namoyon 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling