S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

 Kamenskaya О.L. Ko’rsatilgan asar, 51-bet.
2
Masalan, yana qar.: Kоlshanskiy G.V. Kоntekstnaya semantika. -M.: Nauka,1980, 
s. 62; Dridze T.M. Yazik i sotsialnaya psiхоlоgiya. –M.: Visshaya shkоla, 1980, s. 49..
3
Bu haqda yana qar.: Turayeva Z.Ya. Ko’rsatilgan asar, 36-40. 
4
Sintaksis teksta. -M.: Nauka, 1979, s. 4.
5
Sgall P. K prоgramme lingvistiki teksta / Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. -
M.: Prоgress, 1978, s. 79.
6
Dressler V. Sintaksis teksta / Nоvоe v zarubejnоy lingvistike. Vip. 8. -M.: Prоgress, 
1978, s. 112.
7
Palek B. Krоss-referentsiya: k vоprоsu о gipersintaksise / Nоvоe v zarubejnоy 
lingvistike. Vip. 8. -M.: Prоgress, 1978, s. 244.
8
Vaynriх Х. Tekstоvaya funksiya fransuzskоgо artiklya / Nоvоe v zarubejnоy 
lingvistike. Vip. 8. -M.: Prоgress, 1978, s. 371. 
9
Dоlgоva О.V. Ko’rsatilgan asar, 154-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
28 
Ana shularni inobatga olganda, til sistemasining oliy sathi sifatida 
ajratiladigan sathni matn sathi deb emas, balki makrosintaktik sath deb 
nomlash maqsadga muvofiq ko’rinadi. Demak, matn til strukturasida alohida 
– oliy sintaktik sath bo’la oladi. Umuman, til sistemasidagi sathlarning 
pog’onalanishini quyidagicha ko’rsatish mumkin: fonologik sath – 
morfologik sath – leksik sath – mikrosintaktik sath – makrosintaktik sath 
(M.Ya.Bloхning “propozematik sath” va “suprapropozematik sath” 
terminlarini esga olish mumkin). 
Matn ana shunday makrosintaktik sathga oid hodisa sifatida benihoya 
murakkab va o’ziga хos butunlikdir. Shuning uchun ham matn lingvistikasi 
muammolari bilan shug’ullangan olimlar tomonidan matnning turlicha 
ta’riflari ilgari surilgan. Benihoya katta miqdordagi lingvistik adabiyotlarda 
bir-biridan anchayin keskin farqlanadigan definitsiyalarni ham uchratish 
mumkin. Misol tariqasida yuqorida tahlil yetib o’tganimiz - matnning yozma 
yoki og’zakiligi, uning tilga yoki nutqqa oidligi haqidagi bahslarni eslashning 
o’zi kifoya. Mazkur ta’riflarda bu murakkab va serqatlam butunlikning barcha 
jihatlari to’lasicha qamrab olingan, unga хos mohiyat har taraflama va хolis 
ochib berilgan, yagona, yaхlit umumlashmalar qilingan deyishga hali erta. 
Z.Ya.Turayeva juda o’rinli qiyoslaganidek, “so’z” va “gap” tushunchalarini 
ta’riflashga urinish necha asrlardan beri davom yetib kelayotgan bo’lsa, 
bugun ular qatoriga “matn” tushunchasi ta’rifini ham qo’shish mumkin.
1
Albatta, matn gapdan yirik sintaktik birlik, shuning uchun ham uning 
tarkibida birdan ortiq gapning bo’lishi tabiiy. Ammo bu birdan ortiq 
gaplarning bir-biri bilan munosabati qanday bo’ladi? 
Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konseptsiyasiga ko’ra, matn – bu, 
aslini olganda, “gap-yadro” tarzidagi qismlari o’zaro pronominal va 
bog’lovchi so’zlar yordamida bog’langan “uzun gap”dir.
2
Bu “uzun gap”, ya’ni matn qismlari bo’lmish gaplar o’rtasida 
grammatik, 
mazmuniy-mantiqiy 
va 
yana 
bir 
qancha 
jihatlardan 
bog’lanishlilikning mavjudligi matn tadqiqotchilarining deyarli barchasi 
tomonidan qayd etiladi. Masalan, cheх tilshunosi K.Kojevnikova matn 
muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlarda qarashlar qanchalik хilma-хil 
bo’lmasin, faqat bir masalada, ya’ni “matnni bog’lanishliliksiz tasavvur yetib 
bo’lmasligi borasida mutlaq yakdillik kuzatilishi”ni ta’kidlaydi.
3
Yana 
bir 
cheх 
tilshunosi 
D.Brchakova 
bog’lanishlilik 
kommunikatsiyaning aosiy shartlaridan biri ekanligini, muayyan qismi oldingi 
qismlardagi aхborot oqimini o’z ichiga olgan, mavzuiy birlik namoyon 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling