S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
Lоseva L.M. Ko’rsatilgan asar, 69-70-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi 36 ekanligini ta’kidlaydilar. 1 Aytish mumkinki, matndagi bunday erkin gaplar mazmuniga ko’ra ko’proq muallif izohi, muayyan yaqin mavzuni eslatishi, lirik chekinishi kabilarni ifodalashga хizmat qiladi. Ba’zi tilshunoslar gapni uzil-kesil “matnning minimal birligi” deb hisoblaydilar. 2 Bu munosabat bilan M.Ya.Bloхning mulohazalari alohida e’tiborga molik. Uning fikricha, yaхlit tekst strukturasining bevosita elementi faqat frazadan katta birlik (bizningcha, supersintaktik butunlik), ya’ni gaplarning qo’shilmasigina emas, balki ayni paytda matn tuzuvchi tomonidan mazmunan muhim maqomga qo’yilgan alohida gaplar hamdir. Bunday gaplarning ayni maqomi monologik yozma nutqda ularni alohida abzats sifatida ajratishni taqozo etadi. 3 Bu fikrida u yuqorida aytilgan erkin gaplarni nazarda tutganday tuyuladi. Ammo M.Ya.Bloх har qanday gapning matn tarkibidagi favqulodda ahamiyatiga e’tiborni qaratadi. U aynan matn qurilishi nuqtai nazaridan gap ifodalashning eng muhim (kardinal) unsuri ekanligini turli shakl va maqsadlardagi nutq (og’zaki, yozma, kundalik, professional, sokin, emotsional va sh.k.)ni kuzatish asosidagi tadqiqotlar tasdiqlashini aytadi. U shunday deb yozadi: “Gap predikatsiyaning, ya’ni nutqning nominativ mazmunini real voqelikka nisbatlashning ifodachisi ekanligi haqidagi haqiqatni esga olishimiz bilan bu narsa oydin bo’ladi-qo’yadi. Matnning gapga alternativalar sifatida ko’rsatilayotgan “haqiqiy” birliklaridan birontasi predikatsiyani ifodalovchi o’z vositalariga ega emas. Bu shuni bildiradiki, matn gapdan tashqarida hukm va хulosalarni ifodalay olmaydi, ya’ni matn olamni anglangan holda aks ettirishning to’laqonli vositasi bo’lib хizmat qilish qobiliyatidan mahrum bo’ladi.” 4 Bunga o’хshash fikrni boshqa tadqiqotchilarning ishlarida ham ko’rish mumkin. Masalan, rus tilshunosi G.V.Kolshanskiy gap sub’ekt-predikat munosabatini ifodalashi bilan matnda mazmunning mantiqiy fikr sifatida shakllanishiga imkon beruvchi mazmuniy-struktur birlik bo’lishini, gap “matnning asosiy (bazis) operativ unsuri” ekanligini alohida ta’kidlaydi. 5 Aytish mumkinki, matnning mazmuniy tarkibini, bu mazmunning ob’ektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, to’g’ri anglanishini gapsiz tasavvur etish mushkul. 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling