S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galperin I.R.
Galperin I.R. Ko’rsatilgan asar, 67-68-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi 34 “sverхfrazovoe edinstvo” (O.S.Aхmanova), “murakkab sintaktik butunlik” - “slojnoe sintaksicheskoe tseloe” (A.M.Peshkovskiy, N.S.Pospelov), “matn komponenti” - “komponent teksta” (I.A.Figurovskiy), “prozaik strofa” – “prozaicheskaya strofa” (G.Ya.Solganik), “sintaktik kompleks” - “sintaksicheskiy kompleks” (A.I.Ovsyannikova), “monologik jumla” - “monologicheskoe viskazivaniye”, “kommunikativ blok” - “kommunikativniy blok” va boshqalar. 1 O’zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash uchun bir qator farqli terminlar qo’llanmoqda. Masalan, A.Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik” 2 terminini qo’llagan bo’lsa, keyinroq muntazam ravishda “superfrazali sintaktik birlik” 3 terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida e’tibor bilan qaragan I.Rasulov va H.Rustamovlar esa “murakkab sintaktik butunlik” terminini ma’qul ko’radilar. 4 O’zbek matnidagi ana shunday birliklarni monografik tarzda tadqiq etgan M.Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar” terminini qo’llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. 5 Biz ham hodisa mohiyatini anchayin to’g’ri va хolis aks ettiradigan atama sifatida ana shu “supersintaktik butunlik” terminini ma’qul ko’ramiz. M.Abdupattoyev mazkur nomzodlik dissertatsiyasida o’zbek tilidagi matnda supersintaktik butunliklarning mohiyati, sintagmatik va semantik- uslubiy хususiyatlarini ilmiy asosli ravishda ko’rsatib bergan. Shuni ham aytish kerakki, tadqiqotchi supersintaktik butunliklarning matn tarkibidagi chegaralarini belgilash, ularni ajratish printsiplarini (semantik, grammatik va kompozitsion-stilistik) ishlab chiqqan. Shu asosda matndagi bir kichik mavzuning tugallanib, yangi bir mavzuga o’tilishi supersintaktik butunlikning strukturasini belgilovchi omillardan biri ekanligini, bu butunlikni tashkil etuvchi nisbiy mustakil gaplar orasida mustahkam semantik-grammatik aloqa mavjudligini, ayni shu aloqa supersintaktik butunlikning semantik-struktural yaхlitligini ta’minlashini juda to’g’ri ta’kidlagan. 6 Tabiiyki, supersintaktik butunlikning shakllanishida gaplar ishtirok etadi, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin ikki yoki undan ortiq gapning o’zaro birikib, muayyan bir butunlikni shakllantirishi shunchaki bir oddiy jarayon emas, balki benihoya murakkab va serqatlam hodisadir. Ana shunday 1 Bu haqda qar.: Galperin I.R. Ko’rsatilgan asar, 69-bet; Turayeva Z.Ya. Ko’rsatilgan asar, 114-bet. 2 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling