S muhamedova, M. Saparniyozova
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy mashg\'ulot uchun
Kоduхоv V.I. Urоvni yazika / Russkiy yazik. Ensiklopediya. -M.: Sоv.
ensiklopediya, 1979. -S.359-360. 4 Benvenist E. Urоvni lingvisticheskоgо analiza / Nоvоe v lingvistike. Vip.4. -M.: Izd-vо inоstrannоy lit-ri, 1965.-S.446-447. 5 Blох M.Ya. Teоreticheskie оsnоvi grammatiki. –M.: Visshaya shkоla, 1986, s. 47. www.ziyouz.com kutubxonasi 25 “suprapropozematik”) muallifning umumlashtiruvchi jihat, ya’ni har ikkisida ham propozemani nazardan qochirmaganligi diqqatga sazovor. Ba’zi tadqiqotchilar matnga alohida sath sifatida qarash mumkinligini aytadilar, ammo ayni paytda matn tilning emas, balki nutqning sathi bo’la olishini ta’kidlaydilar. Bunda matnning nutq jarayoni hodisasi sifatida sistemaliligiga urg’u beradilar. 1 Bunday talqindan kelib chiqiladigan bo’lsa, tabiiyki, mantiqan matnga til hodisasi emas, balki faqat nutq hodisasi sifatida qarash lozim. Holbuki, matnning mohiyatan, eng avvalo, til hodisasi ekanligi bugungi matn lingvistikasida deyarli e’tirof etib bo’lingan bir haqiqatdir. Shuningdek, matnning asosiy va birlamchi til belgisi ekanligi haqidagi qarash ham tilshunoslikda turg’unlashgan. Shuning uchun ham matn faqat nutq sathiga oiddir degan fikrga qo’shilish qiyin. Bu munosabat bilan O.L.Kamenskayaning “Matn va kommunikatsiya” nomli kitobida til sistemasida alohida matn sathining mavjudligini ko’rsatish maqsadidagi bir qiyosini shu o’rinda keltirish joiz. 2 Uning fikricha, til birliklarining kommunikativ vazifani bajarishdagi ishtiroki darajasi ham til sistemasini pog’onalashtirish (stratifikatsiya) uchun asos hisoblanadi. Ana shundan kelib chiqqan holda u til sistemasidagi sathlarni ajratish va asoslashning maqbul tamoyillaridan biri til strukturasini bilim strukturasi bilan qiyoslash bo’lishi mumkinligini aytadi. Uningcha, insoniyat to’plagan bilimlarning hajmi favqulodda ulkan va bu bilim muayyan tarkiblanishga ega. Bilim strukturasi modelida eng yuqori umumlashgan sathni shartli ravishda “dunyo haqidagi jami bilim” deyish mumkin. Dunyo haqidagi jami bilim konkret fanlar bilim sohasiga (tilshunoslik, fizika kabi), shuningdek, kundalik turmush bilimlariga ajraladi, bu eng yuqoridan keyingi quyi sath bo’ladi. Har qanday bilim sohasidagi konkret bilim hamisha tarkiblangan bo’ladi. U ayrim ilmiy qoidalar (nazariyalar) va faktlar – mazkur modelda yana bir sathni tashkil etuvchi “bilim fragmentlari”dan tarkib topadi. Bilim fragmentlari, o’z navbatida, mazkur modelda yana bir alohida sathni tashkil etuvchi ayrim hukmlar – muayyan ob’ektlar va ular o’rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimlardan tuziladi. Hukmlar esa bilimning yanada quyi sathini yuzaga keltiruvchi tushunchalar – ob’ektlar yoki ular o’rtasidagi munosabatlar haqidagi elementar bilimlardan hosil bo’ladi. Tushunchalar, o’z navbatida, keyingi sath elementlarini yuzaga keltruvchi tugallanmagan tushunchalar – ob’ekt yoki munosabatlar haqidagi tugallanmagan bilimlardan tashkil topadi. Keyingi, aytish mumkin bo’lsa, so’nggi sath esa tushunchalarni farqlash sathidir. Ana shu mulohazalardan keyin O.L.Kamenskaya til kommunikatsiya vositasi sifatida ayni paytda bilimni namoyon qilish (ob’ektivatsiya) 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling