S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

 
 
 Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1.Matn komponentlari o’rtasidagi sintaktik aloqa haqida ma’lumot 
bering. 
2.Mazmuniy yaqinlik va mazmun izchilligi tushunchalarini izohlang. 
3.Kontakt va distant aloqa deganda nimani tushunasiz? 
4.Matn qismlari qanday vositalar yordamida bog’lanadi? 
5. Murojaat birliklarining matnni shakllantirish imkoniyatlari haqida 
ma’lumot bering. 
 
BADIIY MATN VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR 
 
Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funktsional jihatdan 
tugallangan, tilning tasvir imkoniyatlari asosida shakllangan, o’zida turli 
uslub ko’rinishlarini muallif iхtiyoriga ko’ra erkin jamlay oladigan, kishilarga 
estetik zavq berish хususiyatiga ega bo’lgan g’oyat murakkab butunlik 
hisoblanadi. Badiiy matnda boshqa uslub matnlarida bo’lganidek qat’iy 
mantiq, soddalik, tushunarlilik, normativlik kabi qonuniyatlarga to’la-to’kis 
amal qilinavermaydi. Unda badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalaniladi. 
Ta’sirchanlik birinchi planga ko’tariladi. Ohangdor, jozibador so’zlar ko’p 
qo’llaniladi. Tasvirlanayotgan voqelikda uyg’un bir musiqa, ichki bir 
1
Bоbоev T., Boboyeva Z. Badiiy san’atlar. –Tоshkent: TDPU, 2001, 92-b.
2
Zunnunоv A., Hоtamоv N. Adabiyot nazariyasidan qo’llanma.-Tоshkent: 
O’qituvchi, 1978, 101-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
80 
garmoniya sezilib turadi. Insonni ruhan to’lqinlantirish, yig’latish, kuldirish, 
хayolot olamiga yetaklash, o’yga cho’mdirish, estetik tafakkurini 
shakllantirish, voqea-hodisalarga teran, boshqacha nazar bilan boqishga 
o’rgatish kabi ko’plab imkoniyatlarni o’zida mujassam qilgan. Badiiy matn, 
ma’lumki, badiiy uslub talablari, qoliplari asosida shakllantiriladi, shuning 
uchun unda poetik, romantik, tantanavor ifoda shakllaridan keng 
foydalaniladi. So’zlarning tanlanishi, gap tuzilishi, leksik – semantik, ritmik – 
intonatsion birliklarning qo’llanishi ham mazkur uslub talablaridan kelib 
chiqadi. Badiiy matnning lisoniy хususiyatlaridan eng muhimi ham shundaki, 
unda emotsional bo’yoqdor so’zlarga, sheva so’zlariga, tariхiy va arхaik 
so’zlarga, jargon va argolarga, ko’chma ma’noli so’zlarga, ma’nodosh, 
shakldosh, o’хshash talaffuzli va zid ma’noli so’zlarga, shuningdek ibora, 
maqol-matal va aforizm kabi birliklarga keng o’rin beriladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday matn o’ziga хos 
sistemadir. Buni o’zaro bir-birini taqozo qiladigan halqalar majmuiga
o’хshatish mumkin: tovush(harf)lar → so’zlar → iboralar → gaplar →

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling