S muhamedova, M. Saparniyozova


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

2. Qahramon-hikoyachi nutqi. Ayrim asarlarda yozuvchi asar 
voqeasini atayin qahramonga hikoya qildiradi. Masalan, voqealar G’afur 
G’ulomning «YOdgor» qissasida Jo’ra tilidan, Asqad Muхtorning «Davr 
mening taqdirimda» romanida Ahmadjon tilidan, O’tkir Hoshimovning 
«Tushda kechgan umrlar» romanida Rustam tilidan hikoya qilinganligini 
kuzatishimiz mumkin. Buni yozuvchining badiiy-estetik niyati bilan bog’liq 
ehtiyojdan kelib chiqqan desak adashmagan bo’lamiz. «Chunki har bir inson 
dunyoni o’z ko’zi bilan ko’radi, fikrlaydi, tahlil qiladi, baholaydi. Yozuvchi 
uchun esa o’z qahramoni haqida uning qanday ekanligini aytishdan ko’ra, 
qandayligini ko’rsata olish, ko’rsatganda ham personajning хatti-harakati, o’z 
хayollari, dunyoqarashi, atrofdagilarga bo’lgan munosabatida namoyon qila 
olish, ya’ni uni to’laligicha aks ettira olish katta yutuqdir. Shu bilan birga 
kitobхon uchun ham o’zinikiga aylanib qolgan personajning ruhiy holatlarini, 
ichki kechinmalarini «eshitgandan» ko’ra «ko’rish» maroqliroq, tushunarliroq 
bo’ladi».
1
Qahramonlar nutqi. Badiiy asarda qahramon nutqi nihoyatda muhim 
ahamiyatga ega. Yozuvchi qahramonlar nutqini individuallashtirish orqali 
ularning ma’naviy dunyosini, ichki kechinmalarini, hissiyotlarini, fikrlash 
tarzini, dunyoqarashi va atrofidagi voqea-hodisalarga munosabatini aks 
ettiradi. Qahramonlar nutqi orqali uning qanday muhitda yoki qayerda 
yashayotganligi, qaysi shevaga mansubligi, qaysi toifaga mansubligi, kim 
bilan nima haqida suhbatlashayotgan- ligi, uning suhbatdoshlariga 
munosabati va boshqa ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Qahramonlar nutqi 
dialogik yoki monologik nutq ko’rinishlarida bo’ladi. Dialogik nutq deb ikki 
yoki undan ortiq qahramonning o’zaro muloqotiga aytiladi. Dialogik nutqda 
qahramonlar tabiatini aniq ifodalash imkoniyati mavjud. Dialogik nutq tahlili 
ob’ekti alohida olingan gaplar tahlilidan emas, balki matn tahlilidan iborat 
bo’ladi. «Dialogik matn ikki shaхsning mavzuiy va mantiqiy bir butunlikni 
tashkil etadigan, biri ikkinchisini to’ldirib, aniqlab, izohlab keladigan gaplar 
yig’indisidan tashkil topgan bir butun nutqiy birlikdir».
2
Dialogik nutq 
ko’rinishida tinglovchiga aхborotni tez, aniq, sodda va ta’sirchan yetkazish 
maqsad qilingan bo’ladi. Shuning uchun suhbat jarayonida ellipsisdan, turli 
imo-ishoralardan keng foydalaniladi. Mutaхassislar fikricha, «aloqa-
aralashuvda so’z, so’z birikmasi, gap, ayrim hollarda matnlar ham ellipsisga 
1

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling