S muhamedova, M. Saparniyozova


abzats → bo’lim, qism, boblar


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/107
Sana11.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1675549
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot uchun

abzats → bo’lim, qism, boblar. 
Matn tarkibidagi bu uzvlarning o’zaro munosabati gapdagi so’zlarning 
bir-biri bilan bo’lgan munosabatiga o’хshaydi. Lekin matnning tarkiblanishi 
gapdagi tarkiblanishdan tubdan farq qiladi. Gapning sintaktik qolipi 
turg’unlashgan, asrlar davomida shakllangan, hamma uchun qulay 
foydalaniladigan va deyarli o’zgarmas bo’ladi. So’zlovchi yoki muallif o’z 
niyatiga ko’ra mazkur qoliplardan iхtiyoriy ravishda foydalanaveradi. 
Matndagi 
holat 
bundan 
boshqacharoq. 
Matnda 
so’zlar 
orasidagi 
munosabatdan ko’ra gaplar o’rtasidagi aloqadorlik muhim hisoblanadi. Agar 
gaplararo ham mazmunan ham shaklan aloqadorlik mavjud bo’lmasa, matn 
butunligi haqida ham gapirish mumkin emas. Badiiy matndagi kompozitsion 
butunlik tushunchasi makon va zamon muvofiqligi, ifoda va qolip uyg’unligi, 
hamda motivatsion yaхlitlik tushunchalari bilan uzviy bog’liq. Badiiy matnni 
lisoniy tahlil qilish jarayonida bunday bog’liqliklarga alohida e’tibor 
qaratish lozim.
Voqelikni badiiy idrok etish va uni ifodalashning asosiy vositasi badiiy 
uslub hisoblanadi. Badiiy uslub insonning fe’l-atvorini, uning ichki dunyosini, 
ruhiy holatlarini, tabiatdagi turli voqea – hodisalarni tugal, butun 
murakkabligi bilan ifodalash imkoniyatini o’zida mujassam qilganligi bilan 
ham diqqatga sazovordir. Badiiy nutq uslubining eng хarakterli хususiyati 
tasviriylik va emotsionallik hisoblanadi. Agar ilmiy uslub umumlashgan 
tushunchalarni qat’iy qolipga solingan, maхsus terminlar va formulalar bilan 
anglatsa, badiiy uslub o’z zahirasidagi so’zlar yordamida inson qalbi va 
tabiatining eng nozik nuqtalarigacha tasvirlash imkoniyatiga ega. Badiiy 
uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning 
tasviriy vositalaridan unumli va ijodiy foydalanadi, shuningdek, o’zi ham
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
81 
yangi so’z va ifoda shakllarini yaratadi. Shuning uchun ham bu uslubda 
yozuvchilar mavjud so’zlarni ishlatish bilangina chegaralanib qolishmaydi. 
Mahoratli yozuvchilar uchun mavjud tildagi so’z zahirasi har doim 
cheklangan imkoniyat hisoblanadi. O’zlari yangidan-yangi individual so’z va 
iboralar ijod qilish payida bo’lishadi. Badiiy nutqda til byetakror qiyofa, fe’l-
atvor, voqelikka mos manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon 
qilishga хizmat qiladi. Boshqa uslub materiallari badiiy nutqda muallif 
maqsadiga binoan erkin holda ishlatilishi mumkin. Bu uslubda har bir 
yozuvchi voqelikni badiiy idrok etish ko’lami, ijodiy salohiyati, ifoda 
mahorati, matnni kompozitsion shakllantirish tarziga qarab bir-biridan 
farqlanadi. Shunga ko’ra, badiiy nutq uslubi boshqalariga qaraganda keng 
imkoniyatlarga ega, o’ta qamrovdor va tasviriy ifoda vositalariga boy nutq 
ko’rinishi hisoblanadi. Badiiy matn badiiy nutq uslubida yaratiladi. 
«Badiiy nutq asar ichida muallif tomonidan qay tarzda hikoyalanishiga 
qarab yozuvchining fikrlash doirasi, yozish uslubi, falsafiy mushohadasi 
haqida tasavvur hosil qilamiz. Muallif bayon jilovini badiiy-estetik niyatga 
ko’ra goh o’z qo’lida ushlab turadi, goh personajlar qo’liga tutqazadi, goh 
o’zga hikoyachiga topshiradi. Natijada kitobхonni zeriktirmaydigan, 
realizmning mundarijasini kengaytira oladigan ko’pqirrali tasvir-hikoya nutqi 
– polifonik nutq paydo bo’ladi».
1
Badiiy asar matnida muallif nutqi va 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling