Trimekain (mezokain) — kuchli og‘riqsizlantiruvchi
vosita
hisoblanib, uning novokainga nisbatan 2 marotaba tezroq ta’sir etishi,
og‘riqsizlantiruvchi kuchi esa 2—2,5 marotaba ortiqligi aniqlangan.
Og‘riqsizlantirish vaqti novokainga nisbatan 3 marotaba ko‘pdir.
Bulardan tashqari trimekain moddasining bolaning ruhiy holatini
barqarorlashtirish (sedativ) ta’siri ham e’tiborga loyiqdir. Trimekain
0,25 %, 0,5 %, 1 %, 2 % li eritmalar shaklida ampulalarda chiqariladi.
Bu og‘riqsizlantiruvchi vositaning kuchli ta’sirini hisobga olgan holda,
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolashda 1 %
va undan past
konsentratsiyali eritmasidan foydalanish zarur.
Ksilokain, lidokain eritmalari o ‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra
trimekain preparatiga yaqin turadi. Bular ham kuchli ta ’sir etuvchi
og‘riqsizlantiruvchi vosita sanalib, kam dan-kam
hollarda allergik
holatni vujudga keltirishi mumkin. Bolalar amaliyotida ksilokain va
lidokain moddasining infiltratsiya uchun 0,25—0,5 % li, o‘tkazuvchi
in’eksiya uchun 1—2 % li eritmalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: